Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   205
 
Kafillik 
 
Kafillik  shartnomasiga  asosan,  bir  taraf  kafil,  boshqa  shaxs  oʻz 
majburiyatlarini  toʻla  yoki  qisman  bajarishi  uchun  uning  kreditori  oldida 
javob berishni oʻz zimmasiga oladi (FK 292-moddasining, birinchi qismi).  
Kafillikning  asosiy  funksiyasi  boshqa  ta’minlovchi  usullar  kabi 
majburiyatni bajarilishi ta’minlashning oʻziga xos xususiyatiga ega boʻlib 
qarzdor  majburiyatni  lozim  darajada  bajarishni  ragʻbatlantirmasdan, 
ehtimoliy yoʻqotishlar roʻy berganda kreditorning huquq va manfaatlarini 
qoplash vositasi boʻlib xizmat qiladi. Kafillik akstessor belgiga ega boʻlib, 
xususiy  huquqiy  ta’minlovchi  chora  sifatida  shartnomaviy  xarakterni 
oʻzida namoyon etadi. Kafillik qat’iy pullik majburiyatdir.  
 Kafillik  shartnomasi  bir  tomonlama  konsensual  va  haq  evaziga 
tuziladigan  shartnoma  hisoblanadi.  Kafillik  shartnomasi  tekinga  tuzilishi 
mumkin,  agar  bu  haqda  FKning  297-moddasiga  muvofiq  shartnomada 
koʻrsatilgan  boʻlsa.  Lekin  bunday  boʻlishi  kafilni  yetkazilgan  zararni 
toʻlashni qarzdordan talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi. 
1
 
Majburiyatning  bajarilishini  ta’minlash  usuli  sifatida  koʻriladigan 
kafillikning  mohiyati  shundaki,  kreditor  asosiy  majburiyat  bajarilmagan 
holda  oʻz  talablarini  faqat  asosiy  qarzdorgagina  qoʻymay,  balki  kafilga 
nisbatan ham qoʻya oladi.  
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bu holda taraflar 
kafillik  toʻgʻrisida  alohida  yozma  shartnoma  tuzishlari  shart  boʻlmaydi. 
Kafillik belgilanishida kafil asosiy qarzdor tomonidan beriladigan tilxatda 
qarzdor 
tomonidan 
majburiyatning 
lozim 
darajada 
bajarilishi 
javobgarligini  oʻz  zimmasiga  olganligini  koʻrsatib  belgi  qoʻysa  yoki 
qarzdorning  muayyan  majburiyat  yuzasidan  kafil  boʻlishini  kreditor 
                                                           
1
 Раҳмонқулов Х. Мажбурият ҳуқуқи. – Т.: ТДЮИ, 2005 й. – 128 б. 


244 
 
nomiga yozgan xatida bildirsa ham kifoya. Kreditor tomonidan da’vo bir 
vaqtning  oʻzida  kafil  va  qarzdorga  nisbatan  qarzdor  tomonidan  asosiy 
majburiyat  bajarilmaganligi  munosabati  bilan  taqdim  etilib,  solidar 
javobgarlik  toʻgʻrisidagi  qoidalarni  qoʻllash  lozim  boʻlgan  hollarda, 
bunday  javobgarlik  faqat  kafil  yoki  faqat  qarzdorga  yuklatilishi  mumkin 
emas. Kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob berishlari kerak.  
Kafillik asosiy majburiyatga qoʻshimcha xarakterda boʻlishi shundan 
iboratki,  kafillik  bilan  faqat  asosiy  talab  ta’minlanishi  mumkin.  Agar 
asosiy  shartnoma  uning  shakliga  rioya  qilinmaganligi  sababli  yoki 
shartnomada  ishtirok  etuvchi  taraflarning  muomalaga  layoqatsiz  boʻlishi 
tufayli  va  boshqa  shu  kabi  sabablar  boʻyicha  haqiqiy  emas  deb  topilsa, 
mazkur  shartnomaga  qoʻshimcha  hisoblangan  kafillik  shartnomasi  ham 
oʻzining yuridik kuchini yoʻqotadi.  
Kafilning 
javobgarligi 
hajmi 
asosiy 
majburiyat 
yuzasidan 
qarzdorning javobgarligidan oshiq boʻlishi mumkin emas. Qarzdor qanday 
hajmda javobgar boʻlsa, kafil ham shu hajmda javobgar boʻladi. Xususan, 
kafillik  shartnomasi  bilan  boshqacha  hol  belgilanmagan  boʻlsa,  foizlar, 
zararlar va neustoykaning toʻlanishi uchun ham javobgar boʻladi.  
Kafilning javobgarligi qarzdor tomonidan kafillik bilan ta’minlangan 
majburiyatlarini  bajarmasligi  yoki  lozim  darajada  bajarmasligi  holatlarida 
vujudga  keladi.  Bu  holda,  bajarmaslik  yoki  lozim  darajada  bajarmaslik 
faqat  majburiyatga  nisbatan  boʻlishi  lozim.  Odatda,  kafil  kreditor  oldida 
solidar  javobgar  boʻladi.  Bunda  qonunda  yoki  kafillik  shartnomasida 
kafilning subsidiar javobgar boʻlishi nazarda tutilishi mumkin. Bu esa oʻz 
navbatida  majburiyatlar  subyektlarining  huquq  va  manfaatlarini  himoya 
qilishga xizmat qiladi.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish