229
boʻlgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan
shaxs boʻlmasa yoki vakil rozi boʻlmasa, majburiyat boʻyicha kim kreditor
ekanligi xususida aniqlik yoʻqligi koʻrinib turgan boʻlsa, xususan bu haqda
kreditor bilan boshqa shaxslar oʻrtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan
kreditorning ijroni qabul qilishdan boʻyin tovlashi yoki uning tomonidan
boshqacha yoʻl bilan kechiktirilishi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Pul summasini yoki qimmatli qogʻozlarni notarius yoxud sudning
depozitga qoʻyishi, majburiyatni bajarishi hisoblanadi.
Depozitga pul yoki qimmatli qogʻozlar qoʻygan notarius yoxud sud
kreditorni bundan xabardor qiladi.
Notarial idoraning depozitga qarzni qoʻyish yoʻli bilan majbu-
riyatning bajarilishiga oid munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining
“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunning
74-moddasida aytilishicha, pul summalari va qimmatli qogʻozlar depozitga
qoʻyilganligi haqida notarius kreditorga xabar qiladi va uning talabi
boʻyicha unga tegishli boʻlgan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni
topshiradi.
Majburiyatning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi FKning
241-moddasida koʻrsatilgan. Umuman, majburiyatning bajarilishi FKning
241-moddasida koʻrsatilganidek, uchinchi shaxs zimmasiga ham
yuklatilishi mumkin. Qonunda aytilishicha, agar qonun hujjatlarida yoki
shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek uchinchi shaxs
taraflardan biri bilan tegishli shartnoma orqali bogʻliq boʻlsa,
shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning bajarilishi uchinchi shaxs
zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Majburiyatning bajarilishini uchinchi shaxs zimmasiga yuklash
uchun quyidagi asoslar boʻlishi kerak:
1) belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan boʻlishi, chunonchi, yukni
bir necha transport korxonasi ishtirokida tashishda shartnoma faqat bir
transport korxonasi (yukni joʻnatish punkti) bilan tuzilsa ham,
majburiyatni
bajarishda
(yukni
tashishda)
boshqa
transport
korxonalarining ishtiroki transport qonunlarida koʻrsatilgan boʻlishi kerak;
2) ma’muriy jihatdan boʻysunish holatining boʻlishi, masalan,
qurilish tresti bilan oʻziga boʻysungan qurilish boshqarmasiga
majburiyatni
bajarishni topshirishi kerak;
3) majburiyatning bajarilishi uchinchi shaxs zimmasiga yuklanishi
shartnoma bilan belgilangan boʻlishi kerak. Chunonchi, ta’minotchi
tashkilot mahsulotni yetkazuvchidan olib, oʻzi iste’molchilarga
230
yubormasdan, bu vazifani (majburiyatni bajarishni) oʻzaro kelishuv
boʻyicha mahsulot yetkazib beruvchiga yuklashi ham mumkin.
Bunday hollarda FKning 241-moddasi, 2-bandida koʻrsatilganidek,
agar qonun, shartnoma yoki majburiyat mazmunidan majburiyatni
qarzdorning shaxsan oʻzi bajarishiga majburiligi anglashilmasa, kreditor
qarzdor uchun uchinchi shaxs tomonidan taklif qilingan ijroni qabul qilishi
shart.
Biroq majburiyat bajarilmaganligi uchun, basharti qonun hujjatlari
yoki shartnomada uchinchi shaxsning javobgar boʻlishi nazarda tutilmagan
boʻlsa, shartnomadagi taraf javobgar boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: