Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   205
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISH ASOSLARI 
DASTLABKI USULDA 
HOSILA USULDA 
Mulkni yaratish va ko’paytirish 
Tadbirkorlik va mehnat faoliyati 
hamma yig’ib olishi mumkin 
bo'lgan ashyolarni mulkka 
aylantirish 
 
hazina 
topilma 
qarovsiz hayvon 
egasiz ashyo 
shartnoma va bitim 
Egalik huquqini vujudga 
keltiruvchi muddat 
xususiylashtirish 
vorislik asosida 


162 
 
Ashyoviy huquqlar 
 
Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar nafaqat mulkdorlarga, balki 
fuqarolik  muomalasining  boshqa  shaxslariga  ham  tegishli  boʻlishi 
mumkin,  shuning  uchun  ular  “cheklangan  ashyoviy  huquqlar”  deb 
nomlanadi.  Cheklangan  ashyoviy  huquqlar  har  doim  mulk  huquqining 
hosilasi  boʻlib,  ular  kamroq  huquqlar  hajmi  bilan  farq  qiladilar.  Mulkdor 
cheklangan  ashyoviy  huquqlar  amal  qilish  vaqtida  mol-mulkka  nisbatan 
mulk huquqini saqlab qoladi, lekin u yoki vaqtincha, yoki muddatsiz, yoki 
muayyan  darajada  ushbu  huquqni  amalga  oshirishda  oʻzini  cheklab 
qoʻyadi.  Demak,  cheklangan  ashyoviy  huquqlar  mavjudligi  mulkdorning 
huquqlarini oʻziga xos cheklanishidir.  
Bozor munosabatlariga oʻtilishi, barcha mulk shakllarini va ayniqsa, 
xususiy  mulk  huquqi  tengligini  e’tirof  etilishi,  tadbirkorlik  rivojlanishi 
cheklangan ashyoviy huquqlar vujudga kelishiga sabab boʻldi.  
Cheklangan ashyoviy huquqlarning obyekti boʻlib, odatda, har doim 
koʻchmas  mulk  hisoblanadi.  Cheklangan  ashyoviy  huquqlar  faqatgina 
muayyan  maqsadlarda  obyektdan  foydalanish  imkoniyatini  beradilar. 
Cheklangan  ashyoviy  huquqlar  ma’lum  ashyodan  uzoq  vaqt  davomida 
foydalanish,  boshqa  shaxsga  ashyoga  mulk  huquqi  oʻtish  sababli  ularda 
paydo  boʻlishi  mumkin  salbiy  oqibatlardan  oʻz  xavfsizligini  ta’minlash 
maqsadini koʻzlagan shaxslarning mulkiy manfaatlariga xizmat qiladilar.  
Cheklangan  ashyoviy  huquqlarning  roʻyxati  FKning  165-moddasi       
1-qismida  keltirilgan  boʻlib,  ularga  xoʻjalik  yuritish  huquqi  va  operativ 
boshqarish  huquqi,  meros  qilib  qoldiriladigan  yer  uchastkasiga  umrbod 
egalik  qilish  huquqi,  yer  uchastkasiga  doimiy  egalik  qilish  va  undan 
foydalanish huquqi, servitutlar kiradi.  
Cheklangan  ashyoviy  huquqlar  shartnoma,  bir  taraflama  bitim,  sud 
qarori,  davlat  organlari  va  mahalliy  oʻzini  oʻzi  boshqarish  organlarining 
aktlari 
va 
huquqiy 
vorislik 
asosida 
yuzaga 
keladi. 
Masalan,                      
FK 173-moddasining 4-qismida servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs 
bilan oʻzga  yer uchastkasining egasi oʻrtasidagi bitimga  muvofiq servitut 
belgilanishini  nazarda  tutadi.  FK  173-moddasida  foydalanish  uchun 
qoʻshni  uchastkadan  cheklangan  foydalanish  huquqi  oʻrnatilishi  talab 
qilinadigan  yer  uchastkasi  mulkdori  va  qoʻshni  yer  uchastkasining 
mulkdori  oʻrtasidagi  servitutni  belgilash  xususida  nizo  paydo  boʻlgan 
holda, servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi boʻyicha sud 
tomonidan hal etiladi, va mazkur holatda qoʻshni uchastkadan cheklangan 
foydalanish huquqi sud qarori bilan oʻrnatilgan asos va hajmlarda yuzaga 
keladi.  


163 
 
Cheklangan  ashyoviy  huquqlar  qonun,  shartnoma,  ashyoviy  huquq 
tegishli  boʻlgan  tomonning  bir  taraflama  harakati,  sud  qarori  asosida, 
xususiy  alomatli  ashyo  nobud  yoki  yoʻq  boʻlishi,  bir  shaxsning  oʻzida 
cheklangan  ashyoviy  mulk  mulkdori  va  obyekti  toʻgʻri  kelishi,  shunday 
huquqlar  foydasiga  oʻrnatilgan  shaxsning  oʻlimi  yoki  yuridik  shaxs 
tugatilishi sababli toʻxtatilishi mumkin.  
Cheklangan  ashyoviy  huquqlar  vujudga  kelishi  va  bekor  boʻlishi 
davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.  
FKning  165-moddasida  mulk  huquqiga  qoʻshimcha  qilib  beshta 
ashyoviy  huquqlar  aytib  oʻtiladi:  xoʻjalik  yuritish  huquqi  va  operativ 
boshqarish  huquqi,  meros  qilib  qoldiriladigan  yer  uchastkasiga  umrbod 
egalik  qilish  huquqi,  yer  uchastkasiga  doimiy  egalik  qilish  va  undan 
foydalanish huquqi va servitutlar.  
Ushbu ashyoviy huquqlarning mazmuni FK va  Yer Kodeksi tegishli 
normalarida belgilanadi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish