Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. XUSUSIY MULK HUQUQI



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   205
 
12-MAVZU. XUSUSIY MULK HUQUQI 
 
Xususiy  mulk  huquqining  tushunchasi.  Xususiy  mulk  huquqi 
subyektlari  va  obyektlari.  Xususiy  mulk  huquqining  himoya  qilish 
kafolatlari.  
 
Xususiy mulk huquqining tushunchasi 
 
Oʻtish  davri  iqtisodiyoti  amalda  boʻlgan  mamlakatlarda  bozor 
iqtisodiyotini  barpo  etish  uchun  xususiy  mulk  hayotiy  ahamiyatga  ega. 
Xususiy mulk tadbirkorlik faoliyati uchun asos boʻlib xizmat qiladi va shu 
sababdan bozor munosabatlari tizimida alohida oʻrin tutadi. Mazkur jihatni 
inobatgan  olgan  holda,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  53-
moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston 
iqtisodiyotining asosini turli koʻrinishlardagi mulk tashkil etadi. Mulkning 
boshqa  koʻrinishlari  bilan  bir  qatorda,  xususiy  mulk  daxlsizdir  va  davlat 
tomonidan himoya qilinadi” deb koʻrsatilgan .  
Oʻzbekiston Respublikasida xususiy mulkni huquqiy tartibga solishni 
rivojlanishi  evolyutsion  yoʻl  bilan  sodir  boʻlganligini  ta’kidlash  joiz. 
Birinchi  bor,  mulkning  bir  koʻrinishi  sifatida  xususiy  mulk  1990-yil  31-
oktyabrdagi  “Oʻzbekiston  Respublikasida  mulkchilik  toʻgʻrisida”gi 
Qonunida koʻzda  tutilgan  edi.  Qonunning 7-moddasiga  muvofiq,  xususiy 
mulk  fuqarolarning  mulki  sifatida  muomalaga  kiradi,  nodavlat  yuridik 
shaxslarning va ularga qarashli birlashmalarning mulki esa va shuningdek, 
ijtimoiy  hamda  diniy  birlashmalarning  mulki  Qonunning  8-moddasida 
xususiy emas, balki jamoa mulki deb ta’riflanadi. Demak, mazkur Qonun 
tomonidan xususiy mulkning faqat bitta turi – fuqarolarning xususiy mulki 
tan olinadi.  
Harakatdagi  FKning  qabul  qilinishi  Oʻzbekiston  Respublikasida 
xususiy  mulk  huquqini  rivojlantirishdagi  hal  qiluvchi  bosqich  boʻldi. 
“Mulkchilik  toʻgʻrisida”  gi  Qonundan  farqli  ravishda  FK  xususiy  mulk 
huquqining  subyektiv  tarkibini  jiddiy  tarzda  kengaytirgan  holda,  uning 
tarkibiga nafaqat fuqarolarni, balki tijorat hamda notijorat nodavlat yuridik 
shaxslarni  ham  kiritdi.  Demak,  bugungi  kunda  xususiy  mulk  huquqi 
fuqarolarning  va  nodavlat  yuridik  shaxslarning  mulk  huquqi  sifatida 
muomalaga kirmoqda.  
Qolaversa, 2012 yil 24 sentyabrdagi “Xususiy mulkni himoya qilish 
va  mulkdorlar  huquqlarining  kafolatlari  toʻgʻrisida”gi  Qonunda  ham 
xususiy  mulk huquqi subyektlarining vakolatlarini yanada  mustahkamladi 
va tegishli kafolatlarni belgiladi.  


169 
 
Xususiy  mulk  huquqining  subyektlari,  ya’ni  fuqarolar  va  nodavlat 
yuridik  shaxslar  oʻz  xohishlariga  koʻra  va  oʻz  manfaatlari  yoʻlida, 
oʻzlariga  tegishli  mol-mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni 
tasarruf  etish  va  shuningdek  mulk  huquqining  har  qanday  buzilishlarini, 
ular  kim  tomonidan  sodir  etilishidan  qat’i  nazar,  bartaraf  qilishni  talab 
etishga haqlidirlar.  
Xususiy  mulk  egaligida  mavjud  boʻlgan  mulkning  miqdori  va 
qiymati  cheklanmaydi.  Masalan,  Uy-joy  Kodeksining  11-moddasining 
toʻrtinchi  qismiga  muvofiq,  uy-joylarga,  xonadonlarga,  uyning  bir 
qismiga,  xonadonning  bir  qismiga  mavjud  xususiy  mulk  egaligi  miqdor, 
oʻlcham  va  qiymat  boʻyicha  cheklanmaydi.  Lekin,  shu  bilan  birga, 
qonunchilikda  belgilangan  hollarda,  xususiy  va  ijtimoiy  manfaatlarini 
koʻzlash maqsadlarida ba’zi bir cheklashlar oʻrnatilishi mumkin. Masalan, 
“Giyohvandlik  vositalari  va  psixotropli  moddalar  toʻgʻrisida”  gi 
Qonunning  22-moddasiga  muvofiq,  yuridik  shaxslar  oʻzlarining  ishlab 
chiqarish  faoliyatida  foydalanish  uchun,  koʻrsatilgan  faoliyat  turi  uchun 
litsenziyaning  mavjudligi  va  yillik  ishlab  chiqarish  ehtiyojlaridan  ortiq 
boʻlmagan  miqdorda,  prekursorlarni  sotib  olishlari  mumkin  va  sotib 
olingan  yoki  buyurtirilgan  prekursor  miqdori  mazkur  ehtiyojlardan  ortib 
qolgan  har  bir  holatda  maxsus  vakolatli  organni  shu  haqda  xabardor 
qilishga  majburdirlar.  Monopolistik  faoliyatni  cheklash  va  unga  chek 
qoʻyish, hamda raqobatni rivojlantirish maqsadlarida, monopoliyaga qarshi 
qonunchilik  tomonidan  aksiyalarni  ma’lum  miqdorda  sotib  olish  uchun 
tegishli davlat organidan ruxsatnoma olinishi shartligi koʻzda tutilgan.  
Oʻzbekiston  Respublikasining  “Raqobat  toʻgʻrisida”gi  2012  yil         
6  yanvardagi  qonunining  17-moddasiga  koʻra,  ustav  fondidagi  (ustav 
kapitalidagi)  aksiyalarni  (ulushlarni)  olish  boʻyicha  bitimlar,  agar  bu 
bitimlarni  tuzish  paytida  tegishli  bitimda  ishtirok  etayotgan  shaxslar 
aktivlarining  jami  balans  qiymati  yoki  oxirgi  kalendar  yilda  tovarlarni 
realizastiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish  haqining yuz  ming 
baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri ustun 
mavqeni  egallab  turgan  xoʻjalik  yurituvchi  subyekt  boʻlsa,  shaxs  yoki 
shaxslar  guruhi  tomonidan  aksiyadorlik  jamiyati  aksiyalarini  olishga 
nisbatan,  agar  bunday  shaxs  yoki  shaxslar  guruhi  ushbu  olishga  qadar 
mazkur aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini tasarruf etmagan boʻlsa yoki 
mazkur  aksiyadorlik  jamiyatining  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi) 
aksiyalarning oʻttiz besh foizidan kamini tasarruf etgan boʻlsa, bunda ana 
shu  shaxs  yoki  shaxslar  guruhi  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi) 
aksiyalarning  oʻttiz  besh  va  undan  ortiq  foizini  tasarruf  etish  huquqini 
olish  boʻyicha  monopoliyaga  qarshi  organning  oldindan  roziligi  boʻlgan 
taqdirda tuziladi. 


170 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish