Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Majburiyatlarning bajarilishi bilan bekor boʻlishi



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   205
 
Majburiyatlarning bajarilishi bilan bekor boʻlishi 
 
FKning 341-moddasida koʻrsatilganidek, majburiyat qoida tariqasida 
uning lozim darajada bajarilishi bilan bekor boʻladi. 
Majburiyatlar  bekor  boʻlishining  keng  tarqalgan  usullaridan  biri  – 
majburiyatni  tegishli  ravishda  ijro  etilishidir.  Majburiyatlarning  bekor 
boʻlishi uchun bajarish tegishli ravishda amalga oshirilmasa, majburiyatni 
bekor  qilmay,  balki  uni  buzganlik  uchun  mulkiy  javobgarlik  belgilanadi, 
ba’zi  hollarda  majburiyatni  real  ravishda  bajarish  vazifasi  ham  saqlanib 
qoladi. 
Ayrim majburiyatlar tegishli ravishda bajarilishi bilan bekor boʻladi, 
shu  bilan  birga,  majburiyatni  talab  darajasida  bajargan  shaxsga  shu 
shartnomani  qayta  tiklashda  imtiyozli  huquq  beriladi.  Masalan,  biror 
mulkni  ijaraga  olgan  shaxs  oʻz  zimmasiga  olgan  majburiyatini,  talab 
darajasida  bajarsa,  shu  mulkni  ijaraga  olish  uchun  yangi  shartnoma 
tuzishda boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi. 
Kreditor  ijroni  qabul  qila  turib,  qarzdorning  talabi  boʻyicha  unga 
ijroning  toʻla  yoki  qisman  qabul  qilinganligi  toʻgʻrisida  tilxat  berishga 
majbur.  Agar  qarzdor  majburiyatni  tasdiqlash  yuzasidan  kreditorga  qarz 
hujjati bergan boʻlsa, kreditor ijroni qabul qila turib, bu hujjatni qaytarishi, 
agar  uni  qaytarish  mumkin  boʻlmasa,  bu  toʻgʻrida  oʻzi  bergan  tilxatda 
koʻrsatishi lozim. Tilxat qaytarilayotgan qarz hujjatiga ustxat yozish bilan 
ham almashtirilishi mumkin. 


276 
 
Majburiyatning  bajarilganligini  isbotlovchi  boshqa  hujjatlar  ham 
boʻlishi  mumkin.  Sotilgan ashyolarni  oluvchiga joʻnatish uchun transport 
tashkilotiga  topshirilishi  yoki  oluvchiga  yuborish  uchun  aloqa  boʻlimiga 
berilishi toʻgʻrisidagi hujjat shular sirasiga kiradi. 
Qarz  hujjatining  qarzdor  qoʻlida  boʻlishi,  boshqa  bir  hol 
isbotlanmaguncha, majburiyatning bekor boʻlganligini tasdiqlaydi. 
Kreditor  tilxat  berishdan,  qarz  hujjatini  qaytarishdan  yoki  qaytarib 
berish  imkoniyati  yoʻqligini  tilxatda  koʻrsatishdan  bosh  tortgan  taqdirda, 
qarzdor  ijroni  toʻxtatib  turishga  haqli  boʻladi.  Bunday  hollarda  kreditor 
muddatni kechiktirgan hisoblanadi (FK 258-modda). 
Qarz 
hujjatining 
qaytarilishi 
yoki 
uni 
qaytarish 
mumkin 
boʻlmaganligi  toʻgʻrisidagi  tilxat  oʻrniga  berilgan  hujjat  ustiga  ijroning 
qabul  qilinganligi  haqida  yozib  berishi  majburiyatning  ijro  etilganligini 
isbotlash hujjatlaridan biri hisoblanadi.  
Qarz  hujjati  (tilxat)  qarzdor  tomonidan  kreditorga  beriladi.  Bunday 
hujjat  bilan  koʻpincha  maishiy  pudrat  shartnomalaridan  kelib  chiqqan 
majburiyatlar  guvohlantiriladi.  Qarz  hujjati  kreditor  qoʻlida  boʻlishi  – 
majburiyatning  mavjudligini  isbotlovchi  dalil  hisoblanadi  va  unga 
majburiyatning  bajarilishini  talab  qilish  huquqini,  masalan,  qarz  pulining 
toʻlanishini, buyurtma qilingan narsaning berilishini talab qilish huquqini 
beradi. 
Kreditor  majburiyatning  ijrosini  qabul  qila  turib,  qarzdorga  qarz 
hujjatini  qaytarishga  majbur.  Qarzdor  esa  majburiyatning  bajarilganligini 
tasdiqlaydigan hujjatni oʻziga berilishini kreditordan talab qilish huquqiga 
ega. 
Ayrim hollarda  majburiyatning bajarilganligi toʻgʻrisida kreditordan 
alohida  hujjat  olmay,  balki  qarzdorning  tilxati  ustiga  majburiyatning 
bajarilganligini, masalan, qarz pulining butunlay yoki qisman olinganligini 
yozish  mumkin.  Oʻz  xarakteriga  koʻra  qarz  hujjati  to  majburiyat  tegishli 
suratda  bajarilgunga  qadar  kreditorda  boʻlishi  kerak.  Qarz  hujjatining 
qarzdorga  qaytarilishi  majburiyatning  bajarilganligini  bildiradi.  Shuning 
uchun  qarz  hujjatining  qarzdor  qoʻlida  boʻlishi  boshqa  bir  hol 
isbotlanmaguncha,  majburiyatning  bajarilganligini  va  shu  bilan  uning 
bekor boʻlganligini tasdiqlaydi. 
Basharti  kreditor  yoʻq  boʻlsa  yoki  u  ijroni  qabul  qilishdan  bosh 
tortsa,  yoxud  boshqa  sabablarga  koʻra  qabul  qilish  muddatini  oʻtkazib 
yuborsa,  shuningdek  muomala  layoqatiga  ega  boʻlmasa  yoki  muomala 
layoqati  cheklangan  boʻlsa,  ijroni  qabul  qilishga  rozi  boʻlgan  vakil  pulni 
qimmatli qogʻozni notarial idoraning depozitiga qoʻyishi mumkin. Bunday 


277 
 
hollarda  pulni  yoki  qimmatli  qogʻozni  kreditor  nomiga  notarial  idoraning 
depozitga qoʻyish, majburiyatni lozim darajada bajarish boʻlib hisoblanadi. 
Yuridik  shaxslar  oʻrtasidagi  munosabatlarda  majburiyatning 
bajarilishi  tegishli  hujjatlar  bilan  rasmiylashtiriladi.  Yuborilgan  tovarlar 
yoki  koʻrsatilgan  xizmatlar  uchun  toʻlangan  summani  tasdiqlaydigan 
hisob-kitoblar  yoki  toʻlanganlik  haqida  ma’lumotnoma  ana  shunday 
hujjatlar hisoblanadi. Ular tashkilotlar mablagʻlari hisobidan pul toʻlovlari 
va boshqa xarajatlarning toʻgʻri sarflanganligini tasdiqlash hamda tegishli 
nazorat olib borish imkonini beradi. 
Majburiyatni  ijro  etilgan  deb  baholash  uchun  uni  amalda  ijro 
etilganlik  faktining  oʻzi  yetarli  emas.  Majburiyat  amalda  ijro  etilgandan 
tashqari  u  qonun  yoki  shartnomada  belgilangan  tartibda  yuridik 
rasmiylashtirilgan  boʻlishi  shart.  Masalan  FKning  489-494-moddalarida 
korxona  oldi-sotdi  shartnomasining  ijrosini  yuridik  rasmiylashtirish 
asoslari  va  tartibi  belgilangan.  FKning  680-moddasida  kapital  qurilish 
boʻyicha pudrat shartnomasining yuridik rasmiylashtirish asoslari va tartibi 
oʻz  mujassamini topgan. Faqat ushbu shartlarga rioya  qilingan hollardagi 
majburiyat  ham  amalda  ham  yuridik  ijro  qilingan  hisoblanadi  va  u  bekor 
boʻladi. 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish