Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Majburiyatlarning hisobga oʻtkazish yoʻli bilan bekor boʻlishi



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   205
Majburiyatlarning hisobga oʻtkazish yoʻli bilan bekor boʻlishi 
 
Hisobga oʻtkazish – bu majburiyatni bekor qiladigan shunday usulki, 
buning  vositasida  muddati  toʻlgan  yoki  qisman  muddati  koʻrsatilmagan 
yoxud talab qilish payti bilan belgilangan muqobil oʻxshash talab hisobga 
oʻtkazilishi  bilan  majburiyat  toʻliq  yoki  qisman  bekor  boʻladi  (FKning 
343-m)  masalan,  chunonchi,  kim  oshdi  savdosida  gʻolib  chiqqan  shaxs 
bilan  shartnoma  tuzishda  u  toʻlagan  zakalat  summasi  tuzilgan  shartnoma 
boʻyicha majburiyatlarni bajarishda hisobga oʻtkaziladi). 
Hisobga  oʻtkazish  oʻz-oʻzicha  avtomatik  ravishda  amalga 
oshirilmaydi.  Fuqarolik  huquqi  nuqtai  nazaridan  hisobga  oʻtkazish  bir 
tomonlama  bitim  boʻlib  koʻringani  tufayli  bunga  bir  tomonning 
hisoblashish toʻgʻrisidagi arizasi kifoya qiladi. 
Hisobga  oʻtkazish–majburiyatlarning  bajarilishini  osonlashtiradi, 
chunki  bu  usul  taraflarni  bir-birlariga  pul  toʻlash  bilan  boʻlgan  oshiqcha 
harakatlarni  qilishdan  ozod  qiladi  va  har  ikki  kreditorning  oʻzaro 
manfaatlarini ta’minlaydi. 
Muqobil  (qarshi)  talabni  hisobga  oʻtkazish  fuqarolar  ishtirok  etgan 
munosabatlarda  ham,  tashkilotlar  oʻrtasidagi  munosabatlarda  ham 


278 
 
qoʻllaniladi.  Tashkilotlar  oʻrtasidagi  oʻzaro  munosabatlarga  muqobil 
(qarshi)  talabni  hisobga  oʻtkazish,  bank  orqali  hisoblashish  shaklida 
amalga  oshiriladi.  Bank  tashkilotlar  ixtiyoridagi  pul  mablagʻlarining 
aylanishini  tezlatish  maqsadida  naqd  pulsiz  oʻzaro  hisoblashishni  amalga 
oshiradi. 
Bank orqali hisobga oʻtkazish FKning tegishli moddalaridan tashqari 
vakolatli  organlar  tomonidan  chiqarilgan  maxsus  hujjatlar  bilan  ham 
tartibga solinadi. 
Qonun  muqobil  (qarshi)  talab  hisobi  yoʻli  bilan  majburiyatlarning 
bekor boʻlishi uchun quyidagi uch talabni qoʻyadi: 
1)  majburiyatlar  qaytarma  boʻlishi,  ya’ni  kreditorlar  bir-biriga 
nisbatan  qarzdor  boʻlishi  kerak
.  Masalan,  ijaraga  oluvchi  ijaraga  beruvchiga 
ijara haqi uchun 200.000 soʻm toʻlashi kerak boʻlsa, ijaraga beruvchi undan 200.000 
soʻm qarz boʻlsa – muqobil talab hisobidir; 
2)  qarama-qarshi  talab  bir  xilda,  talab  qilinadigan  narsaning 
alomatlari  ham  shu  turda  boʻlishi  kerak
.  Masalan,  pulga  pul,  bugʻdoyga 
bugʻdoy  kabi.  Agar  qarama-qarshi  talabning  narsasi  bir  xilda  boʻlmasa,  oʻzaro 
muqobil  talabni  hisobga  oʻtkazish  mumkin  emas.  Masalan,  bir  tomon  bir  ashyo 
yuzasidan  vindikatsion  da’vo  qoʻzgʻatsa,  ikkinchi  tomon  esa  shartnoma  boʻyicha 
koʻrsatilgan  xizmatni  talab  qilsa,  bunday  talablar  oʻzaro  qarshi  talabni  hisobga 
oʻtkazish  yoʻli  bilan  bekor  boʻlmaydi,  ya’ni  muqobil  (qarshi)  talabni  hisobga 
oʻtkazish yoʻli bilan hisoblashish mumkin emas; 
3)  bir  xildagi  qarama-qarshi  talabni  hisobga  oʻtkazishda  ularni 
bajarish  muddatlari  toʻlgan  boʻlishi  kerak.  Agar  bajarish  muddati 
koʻrsatilmagan  yoki  talab  qilish  payti  bilan  belgilangan  boʻlsa, 
majburiyatni  bajarishning  hisoblanishi  har  qachon  talab  etilishi  mumkin. 
Shuning  uchun  bunday  talabni  oʻzaro  hisobga  oʻtkazishda  bajarish 
muddati ahamiyatsizdir. Biroq kreditor bajarish muddati toʻlmagan talabini 
shu  kreditordan  talab  qilish  muddati  toʻlgan  qarzdorning  talabiga  qarshi 
oʻzaro hisobga oʻtkazishga haqli emas. 
Talabdan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechilgan  taqdirda  qarzdor 
oʻzining dastlabki kreditoriga muqobil talabni yangi kreditorning talabiga 
qarshi hisobga oʻtkazishga haqli. 
Agar  talab  qarzdor  bu  talabdan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz 
kechilgani toʻgʻrisidagi bildirishni olgan paytgacha mavjud boʻlgan asosga 
koʻra  vujudga  kelgan  boʻlsa  va  talab  qilish  muddati  ana  shu  bildirish 
olguncha  kelgan  boʻlsa  yoki  ushbu  muddat  koʻrsatilmagan  yoxud  talab 
qilish payti bilan belgilangan boʻlsa, hisobga olish amalga oshiriladi  (FK 
345-modda). 


279 
 
Majburiyatlarni  hisobga  oʻtkazishni  bekor  boʻlishining  eng  koʻp 
tarqalganlaridan  biri  kliring  hisoblanadi.  Oʻzbekiston  Respublikasining 
“Birja  va  birja  faoliyati  toʻgʻrisida”gi  qonunning  6-moddasida  birja 
huquqlari  sifatida  birja  a’zolarining  va  ular  mijozlarining  oʻzaro 
majburiyatlarini  belgilashni,  aniqlashtirishni  hamda  hisobga  olishni 
(kliring),  shuningdek  bankda  ochilgan  maxsus  hisobvaraqlar  orqali  ular 
oʻrtasidagi  oʻzaro  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishi  ham  belgilangan. 
Kliringni  amalga  oshirish  tartibi  Birjalarning  ichki  tartib  qoidalari  orqali 
belgilanadi.  
Birjadan  tashqaridagi  hisob-kitob  munosabatlarida  (uch  va  undan 
ortiq  subyektlar  oʻrtasidagi)  hisob-kitoblarda  hisobga  oʻtkazish  orqali 
majburiyatlarni bekor boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.  
1996  yil  9  avgust  1504-sonli  “Budjet  bilan  hisob-kitoblar  uchun 
xoʻjalik  yurituvchi  subyektlarning  mas’uliyatini  oshirish  chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmoniga  asosan 
uchinchi shaxslar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish