Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Majburiyatning qarzdor va kreditor tomonidan



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   205
Majburiyatning qarzdor va kreditor tomonidan  
kechiktirilishi oqibatlari 
 
FKning  337-339-moddalari  majburiyatning  bajarilishi  qarzdor  yoki 
kreditor  tomonidan  kechiktirilgani  uchun  javobgarlik  toʻgʻrisidagi 
masalani tartibga soladigan qoidalarni belgilaydi. 
Ijroning  qarzdor  tomonidan  kechiktirilishi  deb,  majburiyatning  u 
tomonidan belgilangan muddatda bajarilmasligi tushuniladi. 
Majburiyatning 
bajarilishini 
kechiktirgan 
qarzdor 
bunday 
kechiktirishi  natijasida  kreditorga  yetkazilgan  zararni  toʻlashga  majbur 
boʻladi.  Mazkur  zararning  toʻlanishini  qarzdorni  oʻz  majburiyatini  asl 
holida bajarishidan ozod qilmaydi. 
Qarzdorning aybi bilan majburiyatning ijro etilishining kechiktirilishi 
majburiyatning  keyinchalik  ijro  etilishi  imkoniyati  boʻlmasligi  uchun 
javobgarligini oshiradi. 


270 
 
Agar  majburiyatning  ijro  etilishi  kechiktirilgan  davrda  mazkur 
majburiyat qarzdorning aybidan qat’i nazar, ijro etilishi mumkin boʻlmasa 
ham, u oʻz aybi bilan majburiyatni ijro etmaganida qanday javobgarlikka 
tortiladigan  boʻlsa,  unga  nisbatan  xuddi  shunday  javobgarlik  belgilanadi. 
Bunday  hollarda  javobgarlikni  belgilash  uchun  qarzdor  tomonidan 
kechiktirilishi  asos  qilib  olinadi.  Chunki  qarzdor  sotilgan  narsani  yoki 
ijaraga  berilgan  ashyoni  oʻz  vaqtida  topshirganida  edi,  ashyo  tasodifan 
nobud boʻlmagan boʻlur edi, deb faraz qilinadi. 
Agar majburiyatning bajarilishi qarzdor tomonidan kechiktirilganligi 
tufayli  uning  keyinchalik  bajarilishiga  zarurat  qolmagan  boʻlsa,  kreditor 
FKning  337-moddasi  2-qismida  koʻrsatilganidek,  ijroni  qabul  qilishdan 
bosh tortishga va zararni toʻlashni talab qilishga haqli. 
Kreditorning kechiktirishi ham  muhim huquqiy oqibatlar tugʻdiradi. 
Fuqarolik qonunchiligi yuqorida aytilganidek, majburiyatning bajarilishida 
qarzdorning  ham,  kreditorning  ham  manfaatlari  bir  boʻlishi  zarurligini 
belgilaydi.  Modomiki,  taraflar  majburiyatni  bajarishda  bir-biriga 
koʻmaklashishlari  lozim  ekan,  kreditor  oʻzining  xatti-harakati  bilan 
majburiyatning  qarzdor  tomonidan  bajarilishiga  toʻsqinlik  qilmasligi, 
ijroni ogʻirlashtirmasligi kerak. 
Kreditorning 
kechiktirishi 
deganda, 
majburiyatning 
qarzdor 
tomonidan  bajarilishida  toʻsqinlik  qilishga  yoki  bunday  ijroning 
qiyinlashtirilishiga  qaratilgan  harakat  tushuniladi.  Bunday  harakatning 
oqibati uchun kreditor mulkiy javobgar boʻlishi, ya’ni bunday harakatning 
mulkiy oqibati kreditorning zimmasiga qoʻyilishi kerak. 
Kechiktirishning  oqibatlari  FKning  338-moddasida  koʻrsatilgan.  Bu 
moddada  kreditorning  shartnoma  boʻyicha  oʻziga  tegishli  narsani  qabul 
qilishni  kechiktirib  yuborishi  tufayli  yetkazilgan  zararni  undirib  olish 
huquqini  berishi  va  keyinchalik  majburiyatni  ijro  etish  mumkin  boʻlmay 
qolsa, uni javobgarlikdan ozod qilish, qarzdorning qasddan ish tutishi yoki 
qoʻpol  ehtiyotsizlik  qilish  hollari  bundan  mustasno  ekanligi,  pul 
majburiyati  boʻyicha  kreditor  ijroni  kechiktirib  yuborgan  vaqt  uchun 
qarzdor foizlar toʻlashga majbur emasligi koʻrsatilgan. 
Kreditorning  kechiktirishi  ikki  turdagi  xatti-harakatdan,  birinchidan, 
kreditor  oʻziga  qarzdor  tomonidan  lozim  darajadagi  ijroni  qabul 
qilmaslikdan, ikkinchidan, qarzdorning oʻz majburiyatini bajarishga qadar 
kreditor 
tomonidan 
lozim 
boʻlgan 
harakatning 

tomondan 
qilinmaganligidan iborat boʻlishi mumkin. 


271 
 
Chunonchi,  agar  mahsulot  oluvchi  mahsulotni  topshirishga  tayyor 
ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilingan boʻlsa-yu, uni belgilangan muddatda 
olib ketmasa majburiyatni kechiktirishga yoʻl qoʻygan hisoblanadi. 
Kreditor  oʻziga  yuklatilgan  harakatlarni  bajarmasa  va  bu  harakatni 
bajarmasdan turib qarzdor majburiyatini ijro eta olmaydigan hollarda ham 
kreditor  kechiktirgan  hisoblanadi.  Chunonchi,  mahsulot  yetkazib  berish 
shartnomasi  boʻyicha  mahsulot  uni  oluvchiga  bevosita  yuborilmay,  balki 
sotib 
oluvchining 
taqsimotiga 
(razkoryadka) 
muvofiq 
ravishda 
shartnomada  qatnashmagan  boshqa  tashkilotlarga  joʻnatilishi  lozim 
boʻlganida  belgilangan  muddatda  taqsimotning  berilmasligi  kreditorning 
kechiktirishini  anglatadi.  Boshqa  bir  misol:  qurilish  pudrati  shartnomasi 
boʻyicha buyurtmachi pudrat shartnomalari toʻgʻrisidagi qoidalar boʻyicha 
oʻz  zimmasidagi  harakatlarni  bajarmaganida  ham  kreditorning 
kechiktirishi koʻrinadi. 
Kreditor  majburiyatni  kechiktirishda  oʻz  aybi  yoki  oʻziga  qarashli 
shaxslarning 
aybi 
yoʻqligini 
isbotlay 
olmasa, 
majburiyatning 
kechiktirilishi  natijasida  qarzdorga  yetkazilgan  zararni  toʻlashga  majbur 
boʻladi.  Chunonchi,  belgilangan  muddatda  olib  ketilmagan  mahsulotlarni 
saqlash  bilan  bogʻliq  xarajatlarni  toʻlashi  shart.  Odatda,  bunday  hollarda 
neustoyka (penya, jarima) undiriladi.  
Kreditorning  kechiktirishi  koʻpincha  majburiyatning  bajarmasligida 
aybli  boʻlgan  qarzdorning  javobgarligi  toʻgʻrisida  da’vo  qoʻzgʻatilganda 
muhim  ahamiyatga  ega  boʻladi.  Chunki  bunday  hollarda  kreditorning 
ayblilik  darajasi  e’tiborga  olinib,  qarzdorning  javobgarligi  darajasi 
birmuncha kamaytirilishi mumkin. 
Agar  kechiktirish  kreditorning  oʻz  aybi  yoki  qonunga  yoxud 
kreditorning  topshirigʻiga  binoan  ijroni  qabul  qilish  yuklatilgani 
shaxslarning  qasdi  yoki  qoʻpol  ehtiyotsizligidan  emasligini  kreditor 
isbotlasa, u kechiktirish boʻyicha javobgarlikdan ozod boʻladi. 
Majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishida u tomondan berilgan 
tilxat  yoki  hujjatini  kreditor  qarzdorga  qaytarib  berishdan  bosh  tortganda 
ham kreditor kechiktirgan hisoblanadi. 
Yuqorida  aytilganidek,  kreditor  majburiyatning  qarzdor  tomonidan 
bajarilishida  unga  koʻmaklashishga  majbur.  Agar  u  oʻzining  bunday 
majburiyatini  bajarmasa,  oqibatlari  uchun  ham  javobgar  boʻladi. 
Kreditorning  majburiyatni  kechiktirish  oqibatlari  quyidagilardan  iborat 
boʻlishi mumkin: 
birinchidan,  majburiyatning  kechiktirilishi  natijasida  qarzdorga 
yetkazilgan  zararni  toʻlaydi;  masalan,  qarzdor  majburiyatini  bajarish 


272 
 
yuzasidan kerakli mahsulotlarni oʻz vaqtida yetkazgan boʻlsa-yu, kreditor 
boʻsh  ombor  binosining  boʻlmasligini  bahona  qilib,  mahsulotni  qabul 
qilishdan  bosh  tortsa,  qarzdor  mahsulotning  tashilishi  va  saqlanishi  bilan 
bogʻliq  oshiqcha  xarajatlardan  kelgan  zararlarni  kreditordan  undirishga 
haqli.  Bu  holda  kreditor  bunday  kechiktirishning  oʻz  qasdi  yoki 
ehtiyotsizligi  bilan  bogʻliq  boʻlmaganligini  yoki  bunday  kechiktirishda 
qonun yoxud kreditorning topshirigʻi boʻyicha majburiyatni bajarishni oʻz 
zimmasiga  olgan  boshqa  shaxslarning  qasd  yoki  ehtiyotsizligidan 
kelmaganligini  isbotlasa,  qarzdor  koʻrgan  zararlarni  toʻlashdan  ozod 
qilinadi; 
ikkinchidan,  kreditorning  kechiktirish  vaqti  uchun  qarzdor  pul 
majburiyatlari boʻyicha foizlar toʻlamaydi; 
uchinchidan,  agar  kreditor  qarzdorga  uning  bergan  tilxatini  yoki 
boshqa  qarz  hujjatini  qaytarishdan,  yoxud  tilxatda  qarz  hujjatining 
qaytarilishi  mumkin  boʻlmasligini  koʻrsatishdan  bosh  tortsa,  qarzdor  ijro 
etishni toʻxtatishga haqli. 
Bajarish  mumkin  boʻlmasligi  tushunchasi  ham  ma’lum  ahamiyatga 
ega.  Bajarish  mumkin  boʻlmasligi,  yuqorida  aytib  oʻtilganidek, 
majburiyatning  real  tarzda,  ya’ni  asl  holatda  bajarish  mumkin 
boʻlmasligini  bildiradi.  Bajarish  mumkin  boʻlmasligi  toʻgʻrisidagi  masala 
har  bir  muayyan  holatda  sud  tomonidan  mazkur  ishning  xususiyatlari 
e’tiborga olinib hal etiladi. 
Qarzdordan majburiyatning real tarzda bajarilishini ba’zi hollarda va 
ba’zi asoslar boʻyicha talab qilish mumkin boʻlmaydi. Bunga quyidagilarni 
koʻrsatish mumkin: 
1)  majburiyatning  aslicha  bajarilishi  mumkin  boʻlmasligi,  ya’ni 
majburiyat  narsasi  xususiy  alomatlari  bilan  belgilangan  ashyo  boʻlib,  uni 
aslicha  topshirish  mumkin  boʻlmagan  holatlarning  mavjudligi  yoki  biror-
bir holatning sodir boʻlishi sababli qarzdor majburiyatini ma’lum bir joyda 
bajara olmasligi kabi; 
2)  majburiyatning  huquqiy  jihatdan  bajarilishi  mumkin  boʻlmasligi, 
ya’ni ba’zi hollarda majburiyatning bajarilishi bunday majburiyat vujudga 
kelgandan soʻng qabul qilingan qonun hujjatlariga xilof keladigan boʻlsa, 
majburiyat bajarilmasligi mumkin
3)  ba’zi  hollarda  majburiyatning  real  bajarilishi  nihoyatda  qiyin 
boʻlishi  mumkin.  Masalan,  shartnoma  boʻyicha  biror-bir  majburiyatni 
shaxsan  bajarishga  majbur  qarzdorning  qattiq  betob  boʻlib  qolishini 
koʻrsatish mumkin. 


273 
 
Majburiyatning  bajarilishi  mumkin  boʻlmasligi  qarzdorni  kreditor 
oldida  boʻlgan  javobgarlikdan  ozod  qilmaydi.  Qarzdor  faqat 
majburiyatning  bajarilishi  mumkin  boʻlmasligida  oʻz  aybining  yoʻqligini 
isbot qilsagina, javobgarlikdan ozod boʻladi. Masalan, xususiy alomatlari 
bilan  belgilangan  ashyolar  ijaraga  oluvchining  qoʻlida  boʻlgan  vaqtda 
uning  aybidan  tashqari  nobud  boʻlsa,  qarzdor  kreditorga  zarar  yoki 
jarimani toʻlashdan ozod boʻladi. 
Agar  ashyolarning  nobud  boʻlishi  qarzdorning  mazkur  ashyolarga 
beparvolik  bilan,  ehtiyotsizlik  muomalasi  tufayli  boʻlsa,  kreditorga 
yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi. 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish