Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Majburiyatni buzganlik uchun



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   205
Majburiyatni buzganlik uchun 
javobgarlik sharti 
Huquqqa hilof harakat 
yoki harakatsizlik 
Zarar yetishi  
Huquqqa hilof harakat 
yoki harakatsizlik  va 
zarar o’rtasida sababiy 
bog’lanish  
Zarar yetkazuvchi aybi 


267 
 
Majburiyatni  bajarish  yuzasidan  topshirilgan  mol-mulk  shartnoma 
shartlariga  muvofiq  kelmaganda  va  kreditor  bunday  hollarda  mol-mulkni 
qarzdorga  qaytarishga  majbur  boʻlganida  kreditor  xarajatlarni 
undirilishidan  qat’i  nazar,  mol-mulk  uchun  toʻlangan  pul  summalarining 
oʻziga qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. 
Kreditor qarzdorning oʻz vazifasini bajarmaganligi tufayli yoʻqotgan 
mol-mulkining qiymatini yoki  mol-mulkning zararlanishi natijasida uning 
qiymati  kamayishidan  kelgan  summalarning  toʻlanishini  talab  qilishi 
mumkin. Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida shartnomaviy narxlar 
amal  qiladi.  Uning  asosiy  xususiyati  shundan  iboratki,  ba’zi  hollarda 
majburiyat  vujudga  kelgan  paytdagi  narx  bilan  zararni  undirish  vaqtidagi 
baholar  oʻrtasida  tafovut  boʻlishi  mumkin.  Qonunda  ushbu  holatlar  ham 
koʻzda  tutiladi.  FKning  324-moddasi  2-qismi  mazmuniga  koʻra,  agar 
qonun  hujjatlari  yoki  shartnomada  oʻzgacha  tartib  nazarda  tutilmagan 
boʻlsa,  zararni  aniqlashda  majburiyat  bajarilishi  kerak  boʻlgan  joyda, 
qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, 
talab  ixtiyoriy  qanoatlantirilmagan  boʻlsa,  da’vo  qoʻzgʻatilgan  kunda 
mavjud  boʻlgan  narxlar  e’tiborga  olinadi.  Sud  vaziyatga  qarab,  zararni 
toʻlash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni 
e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin. 
Kreditor  tomonidan  olinmagan  va  toʻlanilishini  qarzdordan  talab 
qilishga  haqli  boʻlgan  daromadlar  deganda,  qarzdor  oʻz  majburiyatini 
lozim  darajada  bajarmaganida  kreditorning  olishi  mumkin  boʻlgan 
daromadlar  tushuniladi.  Bu  ayniqsa,  pul  majburiyatini  bajarmaganlik 
uchun  javobgarlik  belgilashda  yaqqol  namoyon  boʻladi.  FKning  337-
moddasiga  asosan  boshqa  shaxslarning  pul  mablagʻlarini  gʻayriqonuniy 
ushlab  qolish,  ularni  qaytarib  berishdan  bosh  tortish,  ularni  toʻlashni 
boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish 
yoki jamgʻarish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablagʻlar 
summasiga foiz toʻlanishi kerak. 
Foizlar  miqdori  kreditor  yashaydigan  joyda,  kreditor  yuridik  shaxs 
boʻlganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli 
qismi bajarilgan kunda mavjud boʻlgan bank foizining hisob stavkasi bilan 
belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida, sud kreditorning talabini 
da’vo qoʻzgʻatilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining 
hisob  stavkasiga  qarab  qondirishi  mumkin.  Ushbu  qoidalar  qonunda  yoki 
shartnomada  boshqa  foiz  miqdori  belgilanmagan  boʻlsa  qoʻllaniladi. 
Kreditorning  pul  mablagʻlaridan  qonunsiz  foydalanish  tufayli  unga 
yetkazilgan  zarar  yuqorida  koʻrsatilgan  foizlar  summasidan  oshib  ketsa, 


268 
 
kreditor  qarzdordan  zararning  bu  summadan  ortiqcha  boʻlgan  qismini 
toʻlashni talab qilishga haqli.  
Muayyan  ishni  bajarish  majburiyatini  bajarmaslik  oqibatlari         
330-moddada  belgilanganidek,  majburiyatni  real  ravishda,  aslicha 
bajarilishini  ta’minlashga  qaratiladi.  FKning  mazkur  normasi  qarzdor 
tomonidan 
majburiyatning 
bajarilmaganida 
shartnoma 
yuzasidan 
bajarilishi  lozim  boʻlgan  ishni,  birinchi  navbatda,  oʻzi  bajarishi  yoki 
bajarishni boshqa shaxsga topshirishi va mazkur ishni bajarish uchun zarur 
xarajatlarning toʻlanishini qarzdor zimmasiga qoʻyish huquqini beradi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish