Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UCHUN



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   205
 
20-MAVZUMAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UCHUN 
JAVOBGARLIK 
 
Majburiyatlarning  buzilishi  va  buning  uchun  fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik  tushunchasi.  Majburiyatlarni  buzganlik  uchun  javobgarlik 
asoslari.  Qarzdorning  zararni  toʻlash  majburiyati.  Qarzdorning 
javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari. Majburiyatning qarzdor va kreditor 
tomonidan kechiktirilishi oqibatlari.  
 
Majburiyatlarning buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik mohiyati va ahamiyati 
 
Ma’lumki,  jamiyatimiz  hayotining  eng  muhim  tamoyillaridan  biri 
qonun  ustuvorligi  hisoblanadi.  Uning  mohiyati  shundan  iboratki,  siyosiy 
ijtimoiy,  eng  avvalo  iqtisodiy  munosabatlar  faqat  qonun  bilan  tartibga 
solinadi,  uning  barcha  qatnashchilari  esa  hech  bir  istisnosiz  huquq 
normalarini buzganligi uchun javobgar boʻladi. Bozor mexanizmining eng 
asosiy  xususiyatlaridan  biri  xoʻjalik  yurituvchi  subyektlar  oʻrtasida 
ularning  iqtisodiy  javobgarligi  va  toʻliq  iqtisodiy  mustaqilligi  asosida 
qonun  va  shartnomalar  intizomiga  qat’iy  rioya  qilish  hisoblanadi.  Qonun 
va  shartnomalar  mazmunida  esa  koʻp  hollarda  fuqarolar  va  yuridik 
shaxslar zimmasiga yuklangan majburiyatlar yotadi. 
Majburiyat  yuzasidan  qarzdor  boʻlgan  shaxs  uni  butunlay 
bajarmasligi  yoki  lozim  darajada  bajarmasligi,  majburiyatni  bajarish 
yuzasidan  belgilangan  huquq  normalariga  rioya  qilmasligi  huquqqa  xilof 
harakat  yoki  harakatsizlik  hisoblanib,  bu  hol  majburiyat  buzilganligidan 
dalolat  beradi.  Ya’ni  majburiyat  yuzasidan  qarzdor  shaxs  kreditorning 
subyektiv  huquqini  buzgan  hisoblanadi. 
Masalan,  sifatsiz  mahsulot  (tovar) 
yetkazib  berilgan  mahsulot  sotuvchi  tashkilot  –  qarzdor  sifatida  huquq  normasini, 
ya’ni, FKning tegishli moddasida koʻrsatilgan qoidani buzish bilan mahsulot oluvchi 
korxonaning  ya’ni  kreditor  tashkilot  qarzdor  tashkilotdan  shartnomaga  muvofiq, 
sifatli mahsulot (tovar)ning oʻziga topshirilishi boʻyicha huquqini ham buzadi. 
Qarzdorning harakatsizligi ham huquqqa xilof hisoblanishi mumkin. 
Bunday  harakatsizlik  qarzdorning  shunday  xatti-harakatidan  iborat  boʻlib 
koʻrinadiki,  bunda  qarzdor  oʻzi  amalga  oshirishi  lozim  boʻlgan  harakatni 
qilmaydi
.  Masalan,  uy-joy  ijarasi  shartnomasi  boʻyicha  tashkilotning  uyida 
yashovchi  fuqaro  belgilangan  ijara  haqini  toʻlamasligi  bilan  Uy-joy  kodeksining    
69-moddasida  belgilangan  qoidani  buzadi.  Shu  bilan  birga,  shartnomaga  muvofiq 
tarzda  qarzdordan  kvartira  haqining  oʻz  vaqtida  toʻlanishini  talab  qilish  huquqiga 


263 
 
ega  boʻlgan  tashkilotning  –  ijaraga  beruvchining,  ya’ni  kreditorning  subyektiv 
huquqi ham buziladi. 
Fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik  boʻyicha  qarzdor  tomonidan 
majburiyatning  bajarilmasligi  yoki  lozim  darajada  bajarmasligi  hollarida, 
qonun yoki shartnomada belgilangan sanksiyalar qoʻllaniladi. 
 
Majburiyatlarni  buzganlik  uchun  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik 
majburiyatni  bajarmagan  qarzdor  zimmasiga  zararlarni,  neustoykani 
kreditor foydasiga toʻlash vazifasini yuklashdan iboratdir. 
 
Birovga  zarar  yetkazish  tufayli  vujudga  keladigan  majburiyatlarda 
zarar  yetkazuvchi  jabrlangan  shaxsga  yetkazilgan  zararning  pul  bilan 
hisoblangan miqdorini toʻla ravishda toʻlaydi. Shartnoma boʻyicha olingan 
majburiyatlarning  bajarilmasligi  esa  kreditorning  koʻrgan  zararlarni 
toʻlatish uchun ham, qarzdordan neustoykaning undirilishi uchun ham asos 
boʻladi. 
Qarzdorning  majburiyatni  lozim  darajada  bajarmasligi,  ya’ni, 
majburiyatni  shartnoma  yoki  qonunda  koʻrsatilgan  shartlarga  muvofiq 
ravishda  bajarmasligi;  masalan,  mahsulotning  sifati,  topshirish  muddati, 
shartnomaning  bajarilish  joyi  kabi  shartlar  buzilishidan  iboratdir. 
Majburiyat  qarzdor  tomonidan  butunlay  bajarilmasa,  kreditor  sud  orqali 
majburiyatning  majburiy  tartibda  bajarilishini,  birinchi  navbatda,  albatta 
real  ravishda  bajarilishini,  agar  majburiyat  lozim  darajada  bajarilmagan 
boʻlsa,  uning  qonun  yoki  shartnomada  koʻrsatilgan  shartlarga  muvofiq 
bajarilishini talab qilishga haqli. 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish