Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Umumiy mulkdan ulush ajratish



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   205
Umumiy mulkdan ulush ajratish
 
Mulkdorning ulushi arzimas bo’lsa 
Amalda ajratib berish mumkin 
bo’lmasa  
Umumiy mulkdan foydalanishdan 
katta manfaatga ega bo’lmagan 
hollarda 


195 
 
ushbu  huquq  vositasida  ishtirokchilar  ma’lum  darajada  birgalikdagi 
egalarning  shaxsiy  tarkibini  nazorat  qilish  imkonini  qoʻlga  kiritadilar,  bu 
ham ular uchun sezilarli manfaatdir.  
Sotib  olishning  imtiyozli  huquqi  mexanizmi  shundan  iboratki, 
umumiy  mulkning  boshqa  ishtirokchilari  belgilangan  muddat  ichida 
ulushini  sotgan  ishtirokchi  tomonidan  tuzilgan  umumiy  mulk  huquqining 
oldi-sotdi  shartnomasi  boʻyicha  oluvchi  (xaridor)ning  huquq  va 
majburiyatlarini  oʻzlariga  oʻtkazishga  haqlidirlar.  Bu  huquq,  sotuvchi 
boshqa ishtirokchilarni ulush sotilishi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor 
qilish  boʻyicha  oʻziga  yuklatilgan  majburiyatni  bajarganidan  qat’i  nazar 
kelib chiqadi.  
Qonunda  imtiyozli  sotib  olish  huquqining  doirasi  belgilab  berilgan. 
Bu  huquq  toʻgʻrisida,  birinchidan,  ulush  umumiy  mulk  ishtirokchilari 
jumlasiga  kirmagan  uchinchi  shaxsga  sotilganda,  ikkinchidan  esa,  ulush 
(boshqacha  tarzda  tasarrufdan  chiqarilmasdan)  aynan  sotilganda  gap 
borishi mumkin. Bundan ikkita muhim amaliy xulosa kelib chiqadi. Sherik 
mulkdorlar,  ulush  ulardan  biriga  sotilayotganda  yoxud  u  sotilmasdan, 
qonunda yoʻl qoʻyilgan boshqa biron usulda tasarrufdan chiqarilayotganda 
imtiyozli  sotib  olish  huquqidan  foydalana  olmaydilar.  Har  ikkala  holda 
ham  sotib  olishning  imtiyozli  huquqi  toʻgʻrisida  gap  yuritish  mumkin 
emas.  Birinchi  holda  –  oʻz  ulushini  sotish  uchun  umumiy  mulk 
ishtirokchilaridan  istalgan  kishini  tanlab  olish  huquqi  aynan  sotuvchiga 
tegishli boʻlgani uchun: sotuvchi ulardan xohlagan birini tanlashi mumkin. 
Ikkinchi  holda  esa  ulush  hech  kimga  sotilmasdan,  boshqacha  tarzda 
(masalan,  hadya  sifatida)  tasarrufga  oʻtkazilgani  uchun,  bunda  uni 
imtiyozli  sotib  olish  huquqi  ham  boʻlmaydi.  Sherik  mulkdor,  qachonki  u 
ulushni sotuvchi taklif etgan narxda hamda taklif etilgan va barchaga teng 
boʻlgan boshqa shartlarda sotib olishga tayyor boʻlsa, imtiyozli sotib olish 
huquqidan foydalanishi mumkin.  
Ulushni imtiyozli sotib olish huquqi faqat umumiy ulushli mulkning 
(sotuvchidan)  boshqa  ishtirokchilariga  tatbiq  qilingani  sababli  mazkur 
huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.  
Kim  oshdi  savdosining  maqsadi  mol-mulkni  (va  shu  jumladan 
ulushni  ham)  boshlangʻichga  nisbatan  eng  baland  narx  taklif  qilgan 
shaxsga  sotishdan  iborat  boʻlgani  sababli,  ulush  kimoshdi  savdosida 
sotilganda  imtiyozli  sotib  olish  huquqi  qoʻllanilmaydi.  Shu  bilan  birga 
sherik  mulkdorlar  kimoshdi  savdosida  umumiy  asosda  ishtirok  etishlari 
mumkin.  


196 
 
Ulush 
qonunda 
nazarda 
tutilgan 
hollarda 
barcha 
sherik 
mulkdorlarning  roziligi  boʻlmaganda  ham  kimoshdi  savdosida  sotilishi 
mumkin,  masalan,  umumiy  ulushli  mulk  ishtirokchisining  majburiyatlari 
boʻyicha undiruv uning mol-mulkiga qaratilgan taqdirda.  
FKning 224-moddada nafaqat sherik mulkdorlar tomonidan imtiyozli 
sotib  olish  huquqining  mazmuni  ochib  beriladi,  balki  mazkur  huquqni 
amalga  oshirishning  tomonlarning  manfaatlarini  hisobga  oluvchi  tartib-
amaliyoti ham belgilanadi. Sotuvchi zimmasiga oʻz ulushini oʻzga shaxsga 
sotish  niyati  haqida  umumiy  mulkning  boshqa  ishtirokchilariga  yozma 
ravishda  ma’lum  qilib,  ulushning  narxini  va  uni  sotishning  boshqa 
shartlarini koʻrsatish majburiyati yuklanadi.  
Shu  sababli  qonun  sherik  mulkdorlar  uchun  ulushni  sotib  olish 
taklifiga  javob  qaytarish  muddatini  belgilaydi:  gap  koʻchmas  mulkdagi 
ulushni  sotish  toʻgʻrisida  borayotgan  boʻlsa,  bu  muddat  bir  oyni, 
koʻchadigan  mol-mulkdagi  ulush  sotilganda  esa  oʻn  kunni  tashkil  etadi. 
Muddat  ulushini  sotish  niyati  haqida  sherik  mulkdorlarga  xabar  berilgan 
kundan  hisoblanadi.  Oʻzining  yuridik  tabiatidan  kelib  chiqilsa,  bu 
huquqning  mavjudlik  davri,  amal  qilish  muddati  boʻlib,  u,  da’vo 
muddatidan  farqli  ravishda,  na  toʻxtatilishi,  na  uzilishi  va  na  tiklanishi 
mumkin emas.  
Basharti sherik mulkdorlar ulushni sotib olishdan voz kechsalar yoki 
sotuvchining  taklifiga  hech  bir  usulda  javob  qaytarmasalar,  koʻrsatilgan 
muddatlar  (mos  ravishda  oʻn  kun  yoki  bir  oy)  oʻtib  boʻlganidan  soʻng 
sotuvchi  ulushni  istalgan  shaxsga  sotib  yuborishga  haqli  boʻladi.  Sherik 
mulkdorlarning sukut saqlashi bu oʻrinda, ular ulushni imtiyozli sotib olish 
huquqini yoʻqotishi sifatida yuridik ahamiyat kasb etadi.  
Basharti  ulush  imtiyozli  sotib  olish  huquqini  buzgan  holda  sotilgan 
taqdirda  (masalan,  sotuvchi  ulushini  sotishi  toʻgʻrisida  boshqa  sherik 
mulkdorlarni  xabardor  qilmagan  yoki  javobni  kutish  muddati  tugashini 
kutmagan  boʻlsa  yoxud  ulushini  chet  shaxsga  sherik  mulkdorlarga  taklif 
qilinganidan  koʻra  imtiyozliroq  shartlarda  sotgan  boʻlsa),  umumiy 
mulkning  boshqa  har  qanday  ishtirokchisi  uch  oy  mobaynida  sotib 
oluvchining  huquq  va  majburiyatlarini  oʻzlariga  oʻtkazishni  sud  tartibida 
talab qilishga haqlidir.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish