Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash
Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash deganda mazkur mol-mulk
qismlarining sherik mulkdorlarni har birining egaligiga ularning umumiy
mulk huquqidagi ulushlariga mutanosib ravishda oʻtishiga va ushbu mol-
mulkka nisbatan umumiy ulushli mulkchilikning tugatilishiga aytiladi.
Umumiy mulkdan ulush ajratish – ushbu mulkni bir qismining umumiy
mulk ishtirokchisining mulkiga uning umumiy mulk huquqidagi ulushiga
mutanosib ravishda oʻtishiga va bu shaxs uchun umumiy mulkdagi
ulushga nisbatan huquqning bekor boʻlishiga aytiladi. Taqsimlash ham,
ajratish ham umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining oʻzaro kelishuvi
boʻyicha amalga oshishi mumkin. Bunda ularni har birining oʻz ulushini
ajratishni talab qilish huquqi boʻladi. Mazkur huquqni amalga oshirish
uchun ulushli mulkni boshqa ishtirokchilarining roziligi talab etilmaydi.
Ulushli mulkchilikda boʻlgan mol-mulkning turi uni taqsimlash yoki
undan ulush ajratishning tartibiga ta’sirini koʻrsatadi. Mol-mulk, basharti
qonunda yoʻl qoʻyilsa va mol-mulkka nomutanosib zarar etmasa, natura
shaklida taqsimlanishi mumkin. Xuddi shunday shart-sharoitda ulushni
ham naturada ajratish imkoni boʻladi. Agar natura shaklida mol-mulkni
taqsimlashga yoki ulush ajratishga yoʻl qoʻyilmasa, gap boshqa usullar
ustida ham borishi mumkin, masalan, butun mol-mulkni sotib, tushum
summasini ulushlar boʻyicha taqsimlash yoki ajralayotgan sherik
mulkdorga uning ulushi qiymatini toʻlab berish.
193
Boʻlinmas ashyo natura shaklida taqsimlanishi mumkin emas.
Taqsimlash ashyoni sotish va umumiy mulkni har bir ishtirokchisiga uning
umumiy mulk huquqidagi ulushiga mutanosib boʻlgan pul xissasini toʻlash
yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ulush sherik mulkdorlar tomonidan umumiy
mulkning ajralib chiqayotgan ishtirokchisiga tegishli pul badalini xissasini
toʻlash yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Natura shaklida umumiy mulkni taqsimlash (ulush ajratish)ning
imkoni boʻlmaganda muqobil yoʻl sifatida mol-mulkka (undagi ulushga)
mulk huquqini saqlab qolayotgan bir yoki bir necha sherik mulkdor
tomonidan boshqa sherik mulkdor(lar)ga pul badalini toʻlash (bunda ular
badal olganidan soʻng bu huquqni yoʻqotadilar) boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, pul yoki oʻzga turdagi badalni (xissani) toʻlash va
mol-mulkni natura shaklida taqsimlashni yoki ulushni ajratishni toʻligʻicha
oʻrnini bosmasdan, balki ular bilan birga kelishi mumkin, masalan, bunda
naturada ajratilayotgan mol-mulkning ulushli mulk ishtirokchisining ideal
miqdordagi ulushiga mutanosibligiga rioya qilishning imkoni boʻlmasa,
qolgan qismi pul badali yoki ishtirokchi roziligi bilan boshqacha mol-mulk
tarzida beriladi. Badalning miqdori taraflarning kelishuvi bilan, kelishuvga
erishilmagan taqdirda, sud tomonidan belgilanadi, zarur boʻlsa, baholash
faoliyati boʻyicha mutaxassislar jalb qilinadi, bunda taqsimlash paytida
umumiy mulkning real qiymatidan kelib chiqilib, naturada taqsimlashni
texnikaviy ta’minlash uchun sarflanadigan xarajatlar hamda bunday
taqsimlash natijasida umumiy mulkning yomonlashish ehtimoli hisobga
olinadi.
Basharti ulushli mulk ishtirokchilari taqsimlash va ajratishning usuli
va shartlari toʻgʻrisida oʻzaro bir toʻxtamga kelmasalar, yuzaga kelgan
nizo, fuqarolik huquqi toʻgʻrisidagi nizo sifatida sud tartibida hal etilmogʻi
kerak. Bunda xissasi ajralib chiqayotgan sherik mulkdor umumiy qoida
boʻyicha oʻzining ulushini aynan natura shaklida ajratilishini talab qilishga
haqlidir. Qachonki bunday ajratishni ulushga nisbatan aniq bajarishni
imkoni boʻlmasa, bu nomutanosiblik tegishli pul summasini toʻlash yoki
oʻzga tartibda badal toʻlash usuli bilan bartaraf etiladi. Naturadagi ulush
huquqidagi
ulushdan
ortib
ketish-ketmasligiga
bogʻliq ravishda
kompensatsiyani toʻlash boʻyicha majburiyat ulushli mulkni boshqa
ishtirokchilarining foydasiga ajralib chiqayotgan sherik mulkdor
zimmasiga, yoki aksincha, ajralayotgan sherik mulkdor foydasiga boshqa
sherik mulkdorlar zimmasiga yuklatiladi.
Sud amaliyotida arzimas ulushga ega sherik mulkdor uni ajratib
berishni talab qiladigan holatlar koʻp uchrab turadi (masalan, uch xonali
194
xonadonda 1/16 ulushga ega merosxoʻr uni ajratib berishni soʻraydi). Bu
holda sud arzimagan ulushga ega mulkdorga, uning roziligisiz,
kompensatsiya toʻlab berishni boshqa sherik mulkdorlar zimmasiga
yuklashga haqli. Ulushning qanchalik darajada arzimasligini sud
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |