Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Majоritar  saylоv  tizimi  deputatlarning  bir  оkrugdan  bitta  saylanshi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   250
Majоritar  saylоv  tizimi  deputatlarning  bir  оkrugdan  bitta  saylanshi 
bilan (nоmzоdlar qancha bо‘lishidan qat'iy nazar) saylоvchi aniq  nоmzоdga 
yoqlab  yoki  qarshi  оvоz  berishi  bilan  xarakterlanadi.  Bu  kо‘pchilik 
оvоzlarninng saylanadigan nоmzоdlarda bо‘lishini nazarda tutadi. Majоritar 
sо‘zining о‘zi ham fransuzcha “kо‘pchilik” sо‘zidan оlingan. Majоritar tizim 
jahоnda eng kо‘p tarqalgan tizim deb hisоblanadi. 
 
Bunda  saylоvchi  aniq  nоmzоd  uчun  emas,  partiяlar  taqdim  etgan 
rо‘yxatga  оvоz  berish  bilan  mamlakatdagi  siyosiy  partiyalarni  оlib 
bоrayotgan yo‘lini, saylоv dasturini ma'qullaydi.  
 


61 
 
Saylovda 
saylovchilarning 
qancha 
ovozini 
to’plaganligiga 
qarab, 
parlamentdagi,  (vakillik  organidagi)  deputatlik  o’rinlari  taqsimlanadi.  Bu  prinsipda 
ko’pchilik  ovozlar  kuymaydi,  ular  qanchadir  o’rinlarga  ega  bo’ladi.  Bu  prinsipda 
ovoz  uchun  aniq  nomzodlar  ko’rashmay  partiya  ro’yxatlari  orqali  partiyalar 
ko’rashadi.  Shuning  uchun  partiya  ro’yxatlarida  taniqli  kishilar  bo’lishiga  harakat 
qilishadi.  Ko’p  hollarda  partiyalar  ovozga  qo’yiladigan  saylov  ro’yxatini  tuzishda 
unga  kiritilayotganlarning  parlament  ishi  uchun  mutaxassis  bo’lishi,  qonunlar  qabul 
qilishdagi bilimi, o’quvi emas, qanday bo’lmasin, turli faoliyat orqali aholiga taniqli 
shaxslarning bo’lishiga harakat qilinadi. 
Agar  ayrim  mamlakatlarning  parlamentlari  tarkibini  ko’rsak,  jumladan, 
Rossiyani  parlamentida  mutlaqo  siyosatdan  uzoq,  yurisprudensiyaga  aloqasi  yo’q 
sportchilar,  artistlar  saylanganligini  ko’ramiz.  Ular  aholi  o’rtasida  o’z  yutuqlari 
natijasida (boshqaruv yoki siyosatda emas) tanilgan va hurmatga sazovor bo’lgan. 
Proporsional  tizim  natijasida  tashkil  qilingan  parlamentlarda  ko’pincha  kam 
sonli  deputat  bilan,  kichik  partiyalar  o’rniga  ega  bo’lishi  va  bu  parlamentda  kichik-
mayda  fraksiyalarni  vujudga  kelishiga  sabab  bo’ladi  va  bu  hol  parlamentda 
masalalarni hal qilinishini qiyinlashtiradi. 
Proporsional  saylov  tizimida  qonunlarda  siyosiy  partiyalar  albatta  to’plashi 
kerak  bo’lgan  ovozlarning  zarur  miqdori  belgilab  qo’yiladi.  Bu  jamiyatda  uncha 
ahamiyatga  ega  bo’lmagan  partiyalarning,  parlament  va  quyi  vakillik  organlarida 
o’rin  olishga  qo’yilgan  to’siq  hisoblanib,  u  turli  mamlakatlarda  turlicha  (7%,  5%, 
3%)  bo’lishi  mumkin.  Kam  sonli  deputat  o’rinlari  bilan  parlamentni  band  qilish 
parlament ko’pchiligini tashkil qilishda muammolarni vujudga keltiradi. Ayniqsa, bu 
parlamentar  respublikalarda  jiddiy  muammo  bo’ladi.  Bir  necha  partiya  fraksiyalari 
birlashib  ko’pchilikni  tashkil  etsa-da,  bu  birlikning  (bloklarni)  buzilib  ketishi  oson 
bo’ladi.  Ayrim  mamlakatlarda  to’siqlardan  o’ta  olmagan  partiyalarning  olgan 
ovozlari  ko’p  o’rin  olib  to’siqdan  o’tgan  partiyalar  o’rtasida  taqsimlanadi.  Ayrim 
mamlakatlarda esa ovozlar kuyib ketadi. 
Proporsional  saylov  tizimida  ovozlarni  taqsimlashning  turlicha  usullari 
mavjud
1
.
 
Nomzodlar  bo’yicha  partiya  ro’yxatlari  ayrim  mamlakatlarda  qattiq,  ayrim 
mamlakatlarda  yumshoq  bo’lishi  mumkin.  Qattiq  ro’yxat  bo’yicha  o’tkazilganda, 
ro’yxatdagilarning  yuqori  o’rinda  turganlari  ajratilgan  o’ringa  qarab  deputatlik 
mandatini  oladi.  Saylovchilar  ro’yxatdagilardan  qaysi  birlarining  deputat  bo’lishiga 
ta’sir  qila  olmaydi.  Partiya  organlari  ro’yxatni  qanday  tuzgan  bo’lsa  uning  yuqori 
o’rindagilariga deputatlik mandati tegadi. 
“Yumshoq ro’yxatda esa “ro’yxatning yuqori o’rnida turgan nomzodlar emas, 
saylovchilar  o’rtasida  obro’-e’tiborga  ko’proq  ega  nomzodlar  deputatlik  mandatiga 
ega  bo’ladi.  Bunda  saylovchilar  partiya  ro’yxatiga  umumiy  ovoz  berish  bilan, 
qo’shimcha  raishda  kimni  deputat  bo’lishini  xohlab,  nomzod  ro’parasiga  belgi 
qo’yadi. Bu belgi nomzodlarning o’rnini aniqlashda katta ahamiyatga ega. 
  
                                                           
1
 Bu  haqda  qarang:  Избирательное  право  и  избирательный  процесс  в  РФ.  M.:  “Норма”,  1999,  стр.97-101; 
Алебастрова И.А. Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009, стр.272-277. 


62 
 
Masalan,  birinchidan  boshlab,  yuqori  raqamgacha  ko’rsatilishi  (1,  2,  3,  4,  5  va  h.k.) 
nomzodlarni  birinchi,  ikkinchi,  uchinchi,  to’rtinchi  mavqеini  ko’rsatadi.  Bu  usul  saylovlarda 
deputatlik  o’rnini  taqsimlashda  partiya  organlari  emas,  hal  qiluvchi  rolni  saylovchi  o’ynashini 
ko’rsatadi. 
 
Xorijiy mamlakatlarda proporsional saylov tizimi deputat saylashda (parlament 
va  mahalliy  hokimiyat  organlarini)  qo’llaniladi.  Prezident  saylovida  esa  faqat 
mojaritar tizim amal qiladi. Chunki unda nomzod qaysi partiyadan ko’rsatilmasin (bir 
partiya  faqat  bitta  nomzod  ko’rsata  oladi)  saylovchi  partiyaga  emas  aniq  nomzodga 
ovoz beradi. 
Xorijiy  mamlakatlarning  saylov  tajribasida  bir  tartibdan  ikkinchisiga  o’tish 
holati uchrab turadi. 
Xorijiy  mamlakatlarda  saylov  tizimini  yana  bir  ko’p  tarqalgan  turi  aralash 
saylov tizimidir. 
 
Dastlabki  davrlarda  Rossiya  Davlat  Dumasining  (quyi  palata)  450  deputatini 
225  tasi  majoritar  tizim  bo’yicha,  225  tasi  proporsional  tizimda  saylanar  edi. 
Keyinchalik  deputatlarning  barcha  450  tasi  proporsional  tizim  asosida  saylanadigan 
bo’ldi. Hozir yana Davlat Dumasini aralash usulda tashkil etishga o’tilyapdi. 
 
 
 
Ukraina  parlamenti  Oliy  Radaga  bo’lib  o’tgan  2014-yil  oktyabr  saylovlarida 
saylovning  aralash  tizimidan  foydalanildi.  Mamlakatda  qaysi  saylov  tizimidan 
foydalanishni  konstitusiya  va  qonunlarda  belgilab  qo’yiladi.  Bu  tizimning  ijobiy 
tomoni  proporsional  tizimda  partiya  ro’yxati  bo’yicha  deputat  bo’la  olmagan,  lekin 
ko’zga ko’ringan, ko’pchilikka yoquvchi partiya boshchilari (liderlar) mojaritar tizim 
orqali parlamentga deputat bo’lib saylanishi imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Xorijiy  mamlakatlarning  saylov  o’tkazish  tajribalarida  yana  boshqa  saylov 
tizimlari, ovoz berish, natijalarni aniqlashning boshqacha usullari ham mavjud. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish