Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov tizimi turlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   250
4-§. Saylov tizimi turlari 
Saylov  tizimi  tor  ma’noda  ovoz  berish  natijasini  aniqlashga  qarab  turlarga 
bo’linadi. 
Jahon tajribasida bir necha xil tizim mavjudligi yuridik adabiyotlarda uchraydi. 
Bular  asosan  majoritar  va  proporsional  tizimlardir
1
.  Ayrim  adabiyotlarda  ularning 
boshqa turlari, jumladan, aralash tizimi mavjudligi ko’rsatilgan
2
. Bu ham haqiqat. 
Eng  ko’p  qo’llaniladigan  saylov  tizimi  –  majoritar,  proporsional  va  aralash 
shakldagi tizimlardir. 
Bu  tizimlar  asosan  ovoz  berish  tartibi,  ovozlarni  aniqlash,  ovozlarni  deputat 
saylashda taqsimlanishi, saylovni necha mandatli saylov ekanligi bilan aniqlanadi va 
bir-biridan  farq  qiladi.  Ularning  birontasini  demokratik  boshqasini  nodemokratik 
deyishga asos yo’q. Ularning ijobiy shu bilan salbiy tomonlari mavjud.  
Majoritar  tizim  siyosiy  partiyalar  hali  uncha  kuchli  bo’lmagan,  aholini  o’z 
taraflariga  og’dirish  uchun  tegishli  ishlar  amalga  oshirmagan  davlatlarda  foydalidir. 
Bunday  saylovda  vakillik  organlariga  deputat  bo’lib  partiya  a’zolari  emas,  partiya 
tomonidan  ko’rsatilgan,  so’zga  chechan,  saylovchilarni  o’z  dasturiga  ishontira 
oladigan  kishilar  saylanadi.  Bu  saylovda  saylovchilar  nomzodlarning  qilgan  ishlari, 
                                                           
1
 Tajixanоv  U.  va  bоshqalar.  О’zbekistоn  Respublikasining  Kоnstitutsiyaviy  huquqi.  T.:“  Sharq”,  2001,  480-481-
betlar; Husanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013, 298-bet 
2
 Qarang: Алебастрова И.А. Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009, стр.271-279 


60 
 
xizmatlari,  dasturlarini  taqqoslaydi  va  o’ziga  ma’qulini  tanlaydi.  Bu  tizimda  ham 
okruglarda nomzodlar, asosan, partiya nomidan qatnashadi, lekin yakka asosda ovoz 
oladi, ovoz partiya uchun emas shaxsan nomzodga beriladi. 
 
 
Majoritar  tizimning  ham  ko’rinishlari  har  xil.  Uning  bir  ko’rinishida  boshqa 
nomzodlarga  nisbatan  ko’proq  ovoz  olgan  nomzod  saylangan  bo’ladi.  Bunda 
saylanish  uchun  qancha  ovoz  olish  kerakligi  ko’rsatilmagan.  Bu  ko’rinish  AQSh, 
Xindiston va Rossiya da qo’llaniladi. Bu mamlakatlarning qonunlarida aksariyat ovoz 
berishda  qancha  saylovchi  ishtirok  etishi  shartligi  ham  ko’rsatilmaydi.  Angliya 
qonuniga  asosan  okrugdan  bir  nomzod  ko’rsatilgan  bo’lsa,  saylovsiz  saylanish 
mumkin, uning saylanishi uchun nomzodning o’z ovozi kifoya bo’ladi
1
.
 
Ayrim mamlakatlarda majoritar tizimda saylanish uchun ko’pchilik ovoz talab 
etiladi.  O’zbekiston  saylov  tizimi  ham  majoritar  tizim  bo’lib,  unda  shu  tizimning 
ko’pchilik  ovoz  olish  tartibi  qo’llaniladi.  Ovoz  berishda  kamida  33  foiz  saylovchi 
ishtirok etib, (ro’yхatga olinganlar) ularning yarmidan ko’pini (50 foiz + 1ta ovozni) 
olgan  nomzod  deputat,  Prezident  bo’lib  saylanadi.  Majoritar  tizimning  yana  boshqa 
ko’rinishlari  ham  mavjud
2
.  Majoritar  tizimning  eng  muhim  ijobiy  tomoni  (yutug’i) 
saylovchi  aniq  bir  shaxsga  ovoz  beradi.  Bu  keyinchalik  saylangan  shaxs  bilan 
saylovchi  o’rtasida  bevosita  aloqadorlikni  o’rnatadi.  Deputatlar  o’z  faoliyati 
yuzasidan  saylovchilarga  axborot  berib  boradi,  vakillik  organlarida  shu  okrug 
saylovchilarining  manfaatini  ifodalaydi,  ularning  nomidan  faoliyat  ko’rsatadi. 
Majoritar  tizimning  salbiy  tomoni,  unda  ko’plab  saylovchilar  ovozi  kuyib  ketadi, 
saylanmagan nomzodlarga berilgan ovozlar bu 49% gacha bo’lishi mumkin. 
Saylov  tizimining  ikkinchi  ko’p  tarqalgan  turi  proporsional  saylov  tizimidir. 
Proporsional saylov tizimi siyosiy partiyalar kuchli mamlakatlarda bo’lishi maqsadga 
muvofiqdir. 
 
 
                                                           
1
 Qarang: Избирательное право и избирательный процесс в РФ. М.: “Норма”, 1999, 93-94 betlar. 
2
 Bu haqda qarang: Shu darslik. 94-96-betlar. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish