Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


partiyalarning teng huquqliligi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   250

partiyalarning teng huquqliligi. 
Beshinchi  –  saylov  tizimining  barqarorlik,  taraqqiyot,  qonuniylik,  huquqiy 
tartibot, inson huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilganligi. 
Oltinchi  –  saylov  tizimining  xalqchilligi,  barcha  fuqarolar  uchun  tushunarli, 
qulay bo’lishi. 
Еttinchi  –  saylov  tizimining  uyushganligi  Konstitusiyaviy,  huquqiy,  sud 
nazorati ostida bo’lishi va qonuniy boshqarilishi. 
Sakkizinchi –saylov tizimining tejamli bo’lishi. 
To’qqizinchi  –  ovoz  berish  va  saylanishni  ziddiyatsiz  bo’lishi,  uning  uchun 
еtarli bo’lgan natijalarni olishga kafolat yaratilishi
1
.
 
Bu prinsiplarning maqsadi va qo’llanilishini ko’rib chiqamiz. 
1. Saylov tizimini Konstitusiyaga to’la mos kelishi prinsipi.  
Avvalo  Konstitusiyada  saylov  tizimi  haqida  maxsus  bobni  borligi,  saylov 
munosabatlarining  konstitusiyaviy-huquqiy  normalari  bilan  tartibga solinishi, saylov 
qonunlarining asosini konstitusiyaviy normalar tashkil etishi – bu prinsipni namoyon 
qiluvchi  belgilardir.  Saylov  tizimining  elementlari  –  tarkibiy  qismi  hisoblanuvchi 
fuqarolarning  saylov  huquqlari,  saylov  huquqining  prinsiplari,  saylov  o’tkazish 
tartiblari Konstitusiyada belgilangan. 
2.  Davlatchilik  va  hokimiyatni  legitimligi  (qonuniyligi)  prinsipi  –  bu  davlat 
hokimiyati  tuzilmalari  konstitusiya  asosida  tashkil  qilishda  va  konstitusiya  hamda 
qonunlarda  belgilangan  vakolatlarni,  qonunlarda  belgilangan  shakl  va  usullarda 
amalga oshirilishida ifodalanadi. Hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligi saylov 
tizimi  orqali  xalqni  hokimiyatni  tuzishda  faol  va  bevosita  ishtiroki  ta’minlanishini 
ko’rsatadi.  Davlat  hokimiyatini  xalq  manfaatlarini  ko’zlab  Konstitusiya  va  uning 
asosida  qabul  qilingan  qonunlar  vakolat  bergan  idoralar  tomonidangina  amalga 
                                                           
1
Saylоv  tizimining  prinsiplari  Shu  hоlatda,  Tajixanоv  U.  va  bоshqalar.  О’zbekistоn  Respublikasining 
kоnstitutsiyaviy huquqi. T.:“ Sharq”, 2001, 479-480-betlarda berilgan. 


56 
 
oshirilishi  davlat  hokimiyatining  lеgitimligini  bildiradi  va  u  saylov  tizimini 
belgilashga ta’sir qiladi. 
3.  Saylov  tizimining  tartibotlari  va  vazifalarning  qonuniyligi  va  huquqiy 
jihatdan ta’minlanganligi.  
Saylov  o’tkazish  tartiblari  Konstitusiya  va  saylov  to’g’isidagi  maxsus 
qonunlarda  va  boshqa  qonunlarda,  shuningdek,  Markaziy  saylov  komissiyasi 
tomonidan  qabul  qilinadigan  hujjatlar  bilan  belgilab  qo’yilgan.  Qonunlarda  saylov 
kampaniyasi  boshlanganligini  e’lon  qilishdan  tortib,  saylov  yakunlari  e’lon 
qilinguncha  bo’lgan  davrda  amalga  oshiriladigan  tadbirlarning  aniq  muddatlari, 
tartibi  aniq  belgilab  qo’yilgan.  Saylovning  (saylov  tizimining)  vazifasi  fuqarolarni 
davlat jamiyat ishlariga jalb qilish hamda demokratik hokimiyat tuzilmalarini tashkil 
etish vazifasi qonunlarda u yoki bu ko’rinishda belgilangan. 
4.  Saylov  tizimining  demokratligi,  fuqarolarning,  siyosiy  partiyalarning  teng 
huquqliligi.  
Bu saylovlar umumiy ekanligida, qonunda belgilangan hollardan tashqari hеch 
kim  saylov  huquqidan  mahrum  qilinmaslikda,  saylovlar  umum  e’tirof  etilgan 
prinsiplarda  o’tkazilishida  namoyon  bo’ladi.  Saylov  tizimining  demokratligi  yana 
saylovlarda  fuqarolar  o’z  xohish-irodasini  erkin,  ixtiyoriy  bildirishida  aks  etadi. 
Saylov  tizimining  muhim  shartlaridan  biri  unda  barcha  fuqarolarning,  siyosiy 
partiyalarning  teng  huquqligidir.  Bular  qonun  bilan  ta’minlangan.  Bu  prinsip  faqat 
fuqarolar  va  siyosiy  partiyalar  teng  huquqligi  bilangina  xarakterlanmay,  umuman 
saylovlardagi barcha saylov ishtirokchilarini teng huquqligi bilan xarakterlanadi. 
5.  Saylov  tizimining  barqarorlik,  taraqqiyot,  qonuniylik,  huquq-tartibot,  inson 
huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilganligi. 
 Saylov  huquqi  orqali  davlat  hokimiyati  tuzilmalari  tashkil  qilinadi.  Ularning 
natijasi,  qabul  qilgan  qarorlari  mamlakat  taraqqiyotiga  ta’sir  qiladi.  Saylovlarning 
adolatli  o’tishi  fuqarolar,  jamiyatning  turli  a’zolari  o’rtasida  totuvlik  bo’lishini,  bu 
esa  barqarorlik  bo’lishini  ta’minlaydi.  Saylov  tizimi  natijasida  vujudga  kelgan 
hokimiyat  organlari  legitim  bo’lib,  mamlakatda  qonuniylikni  ta’minlash,  huquqiy-
tartibotni  o’rnatilishida  muhim  rol  o’ynaydi.  Saylov  tizimi  fuqarolar  tengligini 
ta’minlash  bilan  birga,  uning  natijasida  vujudga  kelgan  hokimiyat  tuzilmalari 
fuqarolarning  birinchi  navbatda  saylov  huquqlarini,  qolaversa,  boshqa  barcha 
huquqlarini himoya qilinishini ta’minlaydi. 
6. Saylov tizimini xalqchilligi, uni barcha uchun tushunarli bo’lishi. 
Saylov-huquqiy  normalari  oddiy  fuqarolar  tushunadigan  tilda  vujudga  keladi. 
Bu sohadagi munosabatlarda barcha bir xil ishtirok etadi. Huquqiy normalar orasida 
saylov huquqlari eng ko’p tashviqot ob’ekti bo’ladi. Uning mazmun-mohiyati har bir 
fuqaroga еtkazilishi uchun katta ishlar olib boriladi. Uning normalarida hamma bir xil 
naf ko’rishi choralari belgilangan.  
7. Saylov tizimi konstitusiyaviy, huquqiy va sud nazoratida bo’lishi, u qonuniy 
boshqarilishi prinsipi, avvalo, saylov tizimini himoyalashni, uning buzilishlari oldini 
olishning,  ma’lum  sabablar  bilan  unga  zarar  еtkaziladigan  bo’lsa,  unga  qarshi  еtarli 
choralar  ko’rish  mexanizmi  mavjudligini  bildiradi.  Eng  muhim  yuridik  faktlar, 
munosabatlar  singari  saylov  tizimi  ham  Konstitusiya  bilan,  turli  maxsus  va  boshqa 
qonunlar  bilan,  shuningdek,  maxsus  normativ  hujjatlar  bilan  belgilanib  nazorat 


57 
 
qilinadi.  Saylov  tizimi  sud  tomonidan  alohida  himoya  qilinadi.  Konstitusiyaviy  sud 
saylov  qonunlarini,  boshqa  qonuniy  hujjatlarni  Konstitusiyaga  mosligini  nazorat 
qiladi,  zarur  deb  topsa  qonun  va  boshqa  qonuniy  hujjatlarni  bekor  qilishi  mumkin. 
Odil  sudlov  organlari  fuqarolarning,  nomzodlarning,  siyosiy  partiyalarning 
shikoyatlarini  ko’rib  chiqib  adolatni  tiklaydi.  Saylov  tizimi  doirasidagi  barcha 
tadbirlar qonun asosida boshqariladi. 
8.  Saylov  tizimini  tejamli  bo’lishi  prinsipi  ortiqcha  harajatlarni  oldini  oladi, 
hammaga  (saylov  ishtirokchilari  –  siyosiy  partiyalarga)  bir  xil  moliyaviy  mablag’ 
ajratadi. Saylov komissiyalarining faoliyat yuritishi uchun ham bir xil, dabdabalarsiz 
mablag’  ajratiladi.  O’zbekiston  saylov  tizimining  tejamkorligi  O’zbekistonda 
o’tadigan saylovlarni boshqa mamlakatlarda o’tadigan saylovlar bilan solishtirganda 
aniq bilinadi. 
9.  Saylovlarni  ziddiyatsiz  o’tishi,  kerakli  natijalarga  erishish  maqsadi  saylov 
tizimining  muhim  prinsipidir.  Saylovlarning  ziddiyatsiz  o’tishida  saylov  tizimini 
qonuniy  asoslarini  mustahkamligi,  saylovlarga  tayyorgarlik  ko’rish  adolat  asosida 
o’tishi  asosiy  sabab  bo’ladi.  Bundan  tashqari  saylovlarning  oshkora  o’tishi,  siyosiy 
partiyalar sog’lom raqobat doirasida bellashishi, bir-birini hurmat qilishi, ularga teng 
imkoniyatlar yaratishi sabab bo’ladi. Mo’ljallangan natijalarga ziddiyatsiz erishishda 
olib  borilayotgan  tashviqotlarning  sifati,  aholining  siyosiy  va  huquqiy  madaniyat 
darajasi muhim rol o’ynaydi. 
Bu prinsiplar bir-biri bilan bog’liq, biri ikkinchisini to’ldiradi. Ular maqsadi va 
vazifasiga  qarab  bir-biridan  farq  qiladi  va  birgalikda  saylov  tizimiga  baho  berishda 
muhim ko’rsatgich hisoblanadi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish