Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov tizimi tushunchasi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   250
 
1-§. Saylov tizimi tushunchasi 
Saylov  huquqi  bilan  birga  saylov  tizimi  atamasi  ham  ko’p  ishlatiladigan 
atamadir. Saylov tizimi haqida yuridik adabiyotlarda, darsliklarda bir-biriga o’xshash 
hamda bir-biridan farq qiluvchi ta’riflar mavjud. 
“Saylov  tizimi  –  jamiyatda  davlatning  vakillik  organlarini  saylash  yo’li  bilan 
yuzaga  keluvchi  davlat-siyosiy  munosabatlari  tizimidir”
1
 –  degan  tushuncha  saylov 
tizimining  ba’zi  tomonlarini  chetda  qoldirgan.  Bu  tushuncha  faqat  davlat  vakillik 
organlariga  saylov  bilan  bog’liq  munosabatlarnigina  e’tiborga  olib,  fuqarolarning 
o’zini  o’zi  boshqarish  organlariga  saylov  munosabatlarini  yoki  umuman  saylov 
tizimining muhim elementi (qismi) saylov munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy 
normalarini chetda qoldirgan. 
Ko’pchilik  adabiyotlarda  saylov  tizimi  ikki-keng  va  tor  ma’noda  ishlatilishi 
ta’kidlanadi.

Rossiyalik 
olimlar 
I.V.Graf 
hamda 
D.G.Sharomskixlar 
tomonidan 
tayyorlangan  “Хorijiy  mamlakatlar  konstitusiyaviy  huquqi”  darsligida  saylov  tizimi 
keng ma’noda saylov bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni bildiradi, 
deb ko’rsatilgan bo’lib unda ham saylov tizimi faqat davlat organlariga saylov bilan 
chegaralanadi. 
Alеbastrova  I.A.  tomonidan  tayyorlangan  darslikda,  saylov  tizimi  keng 
ma’noda  saylov  bilan  bog’liq  barcha  narsalarni  yig’indisi  hisoblanib  u  o’z  ichiga 
saylov huquqini va saylov o’tkazish amaliyotini ham oladi degan ta’rif mavjud. 
Bu  tushuncha  ancha  keng  bo’lib,  saylov  tizimini  to’laroq  ifodalaydi.  Chunki 
saylov  bilan  bog’liq  barcha  harakatlar  yig’indisi  saylov  tizimini  tashkil  etishi 
haqiqatdir. 
Darsliklardagi  yana  bir  fikrga  asosan  saylov  tizimi  barcha  saylov  o’tkazilishi 
bilan  bog’liq  tartiblar,  tadbirlarni  mustahkamlovchi,  o’rnatuvchi  huquqiy  normalar 
yig’indisidir.  Saylov  tizimi  –  bu  saylov  o’tkazilishi  tartibi  va  shu  tartiblarni 
mustahkamlovchi huquqiy normalar yig’indisidir. Saylov o’tkazish tartiblari huquqiy 
normalar bilan belgilanadi va ular birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.
3
 
 
                                                           
1
 Tajixanоv U. va bоshqalar. О’zbekistоn Respublikasining Kоnstitutsiyaviy huquqi. T.: “ Sharq”, 2001, 479-bet. 
2
 Qarang: Избирательное право и избирательный процесс в РФ. М.: “Норма”, 1999, стр.93; Алебастрова И.А. 
Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009, стр.271; Husanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. 
T.: “Adоlat”, 2013, 298-bet. 
3
 Qarang: Husanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013, 298-bet. 


54 
 
 
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XXIII bobi (117-modda) “Saylov 
tizimi” deb nomlangan. Unga ko’ra: “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat 
hokimiyati  vakillik  organlariga  saylash  va  saylanish  huquqiga  egadirlar.  Har  bir 
saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish irodasini bildirish tengligi 
va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  hamda  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i 
Kengesiga,  viloyatlar  tumanlar,  shaharlar  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga 
saylov  tegishincha  ularning  konstitusiyaviy  vakolati  tugaydigan  yilda  –  dekabr 
oyining  uchinchi  o’n  kunligi  birinchi  yakshanbasida  o’tkaziladi.  Saylovlar  umumiy, 
teng,  to’g’ridan-to’g’ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin  ovoz  berish  yo’li  bilan 
o’tkaziladi.  O’zbekiston  Respublikasining  o’n  sakkiz  yoshga  to’lgan  fuqarolari 
saylash huquqiga egadirlar. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Oliy 
Majlisining 
Senati 
a’zolari 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  viloyatlar  tumanlar  va  shaharlar 
davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  deputatlarining  qo’shma  majlislarida  mazkur 
deputatlar saylanganidan so’ng bir yil ichida saylanadilar. 
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud 
hukmi  bilan  ozodlikdan  mahrum  qilish  joylarida  saqlanayotgan  shaxslar  saylanishi 
mumkin  emas  va  saylovda  qatnashmaydilar.  Boshqa  har  qanday  hollarda 
fuqarolarning  saylov  huquqlarini  to’g’ridan-to’g’ri  yoki  bilvosita  cheklashga  yo’l 
qo’yilmaydi. 
O’zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bir  vaqtning  o’zida  ikkidan  ortiq  davlat 
hokimiyati vakillik organlarining deputati bo’lishi mumkin emas. 
Saylov o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”
1
.
 
Saylov 
tizimi 
haqida 
normalar 
hamma 
mamlakatlarning 
(Rossiya 
Konstitusiyasida ham) konstitusiyalarida alohida bobda mustahkamlanmagan. 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitusiyasidagi  “Saylov  tizimi”  haqidagi 
normalar,  saylov  tizimi  xususidagi  ilmiy  ta’riflarni  asosli  ekanligini  ko’rsatadi. 
Konstitusiyaviy normalar saylov munosabatlarining vujudga kelishiga ta’sir qiladi va 
ularni  tartibga  soladi,  saylov  tartiblarini  o’rnatadi  va  tartibga  soladi,  saylov 
huquqining  muhim  prinsiplarini  mustahkamlaydi  va  saylov  tizimining  muhim 
elementlaridan hisoblanuvchi – qonunchilikni vujudga kelishiga asos bo’ladi. 
                                                           
1
16-aprel 2014-yilgi Kоnstitusiyaga kiritilgan о‘zgartish va qо‘shimchaga asоsan Kоnstitusiyaning 117-mоddasi 6-
9-qismlar bilan tо‘ldirildi. Ular Markaziy saylоv kоmissiyasi faоliyatiga taall’uqli nоrmalardan ibоrat. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish