Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   250
Bu  haqida  batafsil: Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni  yanada chuqurlashtirish  va  fuqarоlik 
jamiyatini rivоjlantirsh kоnsepsiyasi T.: О’zbekistоn. 2010-yil. 35-36-betlar. 
2  
Qarang:  Баглай  М.В.  Конституционное  право  РФ.  М.,  “Норма”,  1998.,  стр-331;  Xusanоv  О.T. 
Kоnstitutsiyaviy huquq. T., “Adоlat”, 2013, 294-bet. 
3
 Saylоvning vazifasi haqida yana qarang: Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. Tоshkent “Adоlat” 2013-yil 296-
297-bet. 
 


46 
 
shakllantirilsa  ham,  bu  borada  ham  saylovdan  foydalaniladi,  jumladan,  Bosh 
vazirning  nomzodi  Oliy  Majlisda  tasdiqlanganda,  bu  tasdiqlash  deputat  va 
senatorlarning  ovoz  berishi  –  saylov  orqali  amalga  oshiriladi.  O’zbekiston 
Respublikasining Oliy sud organlari tarkibi ham Prezident taqdimiga binoan Senatda 
saylov yo’li bilan shakllantiriladi. Xuddi shuningdek hokimlar lavozimi ham tegishli 
Kengashlarda ovoz berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi. 
Bundan  tashqari,  jamoat  birlashmalari  faoliyatida,  fuqarolarning  o’zini  o’zi 
boshqarish organlari faoliyatida ham saylovlardan foydalaniladi.  
Umumiy  saylovlar xalq xohish-irodasini to’g’ridan-to’g’ri bildirishning shakli 
bo’lsa,  alohida  hollarda  (jamoat  birlashmalari,  vakillik  organlarida  o’tkaziladigan 
ichki  saylovlar,  masalan,  Senat  Raisi,  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  hamda  ularning 
o’rinbosarlarini saylash) shu organ a’zolarining xohish-irodasini bildirish usulidir.  
Demokratik  saylovlar  fuqarolar  o’rtasida  kelishmovchiliklar  bo’lishiga, 
masalalarni  zo’rlik  bilan  hal  qilinishiga  to’sqinlik  qiluvchi  shartlardan  hisoblanadi. 
Bu saylovlarning muhim rolidir.  
Agar  saylovlar  demokratik  o’tmasa,  u  jamiyatdagi  kuchlarni  bo’lininb 
ketishiga, qarama-qarshiliklarga sabab bo’ladi.  
Erkin  saylovlar  zo’ravon  tuzumidagi  davlatlarga  mos  emas,  “fashizm” 
“sosializm”  sharoitlarida  o’tkazilgan  saylovlar  faqat  qog’ozda,  so’zda  demokratik 
saylov bo’lib, shu tuzumlar manfaati yo’lida har qanday erkinlik yo’q qilinadi.  
Saylovlar  har  bir  mamlakatning  siyosiy  tizimini  aks  ettira  oladi  va  o’z 
navbatida  siyosiy  tizimiga  ta’sir  qiladi.  Bunday  ta’sir  yo  ijobiy  yoki  salbiy  bo’lishi 
mumkin.  
Saylov – hokimiyat uchun kurashning eng ma’qul yo’li. Saylovlarda hokimiyat 
uchun  kurash  qonuniy  va  vijdonan  olib  borilgandagina  jamiyatlarda  barqarorlikka, 
tartibga  erishish  mumkin.  Demak  qonuniy  va  vijdonli  kurash  asosida  o’tgan 
saylovlargina  mamlakatdagi  barqarorlikka  ijobiy  ta’sir  qiladi  va  uning  natijasida 
taraqqiyotga erishiladi. 
Saylovlar  davrida  fuqarolarning  hokimiyatga  nisbatan  ishonchi,  uni  qo’llab-
quvvatlashi  namoyon  bo’lishi  bilan  birga  aholini  ayrim  qatlamlari  vakillarining 
hokimiyatga nisbatan noroziliklari ham namoyon bo’ladi.  
Eng  muhimi  demokratik  saylov,  jamiyatda  adolat  o’rnatilishini  muhim 
vositasidir.  Bu  haqda  O’zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  shunday 
ta’kidlaydi:  “hayotda  adolat  o’rnatish,  albatta  ijtimoiy  taraqqiyotning  ko’pdan  ko’p 
omillariga  bog’liq.  Ammo  eng  muhim,  hal  qiluvchi  omillardan  biri  –  bu  erkin,  odil 
saylov  tizimidir.  Ya’ni  har  qaysi  pog’onada,  jamoami,  mahallami,  korxonami, 
tumanmi, shaharmi, viloyatmi, davlatmi uning rivoji va taqdiri ko’p jihatdan munosib 
yoki  nomunosib  shaxslarni,  shu  jumladan,  hayotimiz  kelajagini  ishonib  topshirgan 
noyib-deputatlarni saylab olishimizga bog’liqdir”
1
.
 
Bu  so’zlar,  qachon  aytilganidan  qat’iy  nazar,  qiymatini  hеch  qachon 
yo’qotmaydi  va  saylovlarning  jamiyat  hayotida  muhim  ahamiyatlaridan  biri,  u 
jamiyatda adolat saqlashning muhim vositasi hisoblanaveradi.  
                                                           
1
 Karimоv  I.A.  Xalq  ishоnchi-yuksak  ma'suliyat.  “Bizdan  оzоd  va  оbоd  vatan  qоlsin”.  Tоm-2.  T.:  О’zbekistоn 
1996-yil. 349-350-bet. 


47 
 
Agar fuqarolar demokratiyaga, adolatga ishonadigan bo’lsa, saylovlar har doim 
fuqarolar  uchun  bayram  hisoblanadi  va  ularni  ezgu  ishlarga  undaydi.  Bu  ham 
saylovlarni  fuqarolar  taqdirida,  mamlakat  hayotida  muhim  ahamiyatga  egaligini 
ko’rsatadi.  
O’zbekistonda bo’lib o’tayotgan saylovlar doimiy ravishda fuqarolarning keng 
faolligi asosida o’tmoqda.  
2015-yil  29-martda  bo’lib  o’tgan  Prezident  saylovida  ro’yxatga  kiritilgan  20 
million  798  ming  52  nafar  fuqarodan,  18  million  942  ming  349  tasi  ovoz  berishda 
ishtirok  etdi.  Bu  saylovchilarning  91,  08  foizini,  ya’ni  juda  yuqori  ko’rsatkichni 
tashkil etadi
1

 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish