Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   250
5-§ Saylov turlari 
Saylovlar — turli tadbirlarning yig’indisi bo’lib, ular orasida davlat organlarini 
saylashga,  mansabdor  shaxslarga  vakolat  berishga  qaratilgan  ovoz  berish  bosh 
(asosiy) tadbir hisoblanadi.  
Saylovlarda  ovoz  berish  asosiy  tadbir,  saylovni  ro’yobga  chiqaruvchi  usuli 
hamda xalq xohish-irodasini to’g’ridan to’g’ri namoyon qilish vositasidir. 
Saylovlar  tajribada  turli  ko’rinishda,  mazmunda,  qamrovda  namoyon  bo’ladi, 
ya’ni ularning turlari har xildir. 
Saylovlar turlicha bo’lishiga eng avvalo saylov prinsiplari ta’sir qiladi. Shunga 
yarasha umumiy yoki umumiy bo’lmagan saylovlar teng va noteng (teng bo’lmagan) 
saylovlar, to’g’ri va pog’onali (egri) saylovlar, yashirin ovoz beriladigan yoki ochiq 
ovoz beriladigan saylovlarga bo’linadi. 
Saylovlar  Oliy  vakillik  organlariga  yoki  davlat  boshlig’i  –  prezidentlikka, 
hamda mahalliy vakillik organlariga bo’ladigan saylovlarga bo’linadi.  
Mamlakat  bo’yicha  o’tkaziladigan  umumxalq  saylovi  yoki  mamlakatning 
ayrim hududlarida shu hududlar organlari uchun o’tkaziladigan saylovlarga bo’linadi.  
Saylovlar konstitusiya va qonunlarga belgilangan muddatda tegishli organlarni 
(Prezidentni) vakolat muddati tugashi bilan o’tkaziladigan muddatli saylovlarga yoki 
turli sabablar tufayli o’tkaziladigan muddatsiz saylovlarga bo’linadi.  
 
Jumladan,  parlament  palatalari,  mahalliy  vakillik  organlaridan  qaysi  biri  muddatidan  oldin 
tarqatib yuborilganida yoki deputatlar o’rni bo’shab qolganida o’tkaziladigan saylovlarga bo’linadi. 
Saylovlar  tizimida  takroriy  ovoz  berish  saylovlari  ham  mavjud.  Saylovlar  davlat  hokimiyati 
organlariga yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkazilishi bilan ham bir biridan 
farq qiladi.  
 
Yana saylovlar fuqarolar tomonidan ovoz berish orqali o’tkaziladigan umumiy 
saylovlar  va  tegishli vakillik  organlari  faoliyatida turli  rahbar, yordamchi  organlarni 
tuzish,  yuqori  mansabdorlarni  lavozimiga  tasdiqlashda  o’tkaziladigan  saylovlar 
ko’rinishida bo’lishi mumkin.  
Xorijiy  mamlakatlarda  ko’p  mandatli  saylovlar  o’tkazish  tajribasi  uchraydi. 
Bunda  bir  okrugdan  bir  nega  deputat  saylanadi.  Shuningdek  ayrim  mamlakatlarda 
deputatlar bilan birga ularning o’rinbosarlari ham saylanadi. 
                                                           
1
 Xalq sо‘zi. 2015-yil 7-aprel. 


48 
 
Saylov  deganda  odatda  biror  bir  organni  shakllantirish,  mansabdor  shaxsni 
lavozimiga kirishi uchun vakolat berishdagi ovoz berish tushuniladi.  
Lekin  saylovlarni  ro’yobga  chiqishini  ta’minlovchi  ovoz  berish,  turli 
organlarni, mansabdor shaxslarni vakolatini tugashida ham qo’llaniladi.  
 
Masalan,  Bosh  vazirga  ishonchsizlik  votumi  bildirilganda,  Senat  Raisini  va  uning 
o’rinbosarlarini,  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  va  uning  o’rinbosarlarini  vakolat  muddatidan  oldin 
lavozimidan  ozod  qilish  ovoz  berish  orqali  amalga  oshirladi.  Xuddi  shuningdek,  Oliy  sud 
organlarining  raislari,  ularning  o’rinbosarlari,  sudyalar  Senatda  ovozga  qo’yilib  muddatidan  oldin 
lavozimidan ozod qilinadi. 
 
Bulardan tashqari, saylovlar  mamlakatdagi partiyalarning saylovda ishtirokiga 
qarab,  ko’p  partiyaviylik,  ikki  partiyaviylik  yoki  bir  partiyaviylik  asosida 
o’tkaziladigan saylovlar ko’rinishida bo’ladi. 
Umumiy,  to’g’ri,  teng,  pog’onali  saylovlar  va  yashirin  ovoz  berish  haqida 
saylov prinsiplari mavzusida batafsil to’xtalingan. 
O’zbekiston  Prezidenti  ilgari  surgan  Konsepsiyada  saylovga  to’la  mazmunga 
ega quyidagicha tushuncha beriladi. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo’lgan 
huquqiy  normalarning  nechog’lik  demokratik  ruhda  ekanini  namoyon  etadigan 
demokratik  huquqiy  davlatning  uzviy  belgisi,  xalqning  o’z  xohish-irodasini  erkin 
ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy 
shakli bo’lib, o’ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”
1

Konsepsiyada  qayd  qilinishicha,  shu  o’tgan  davr  mobaynida  yurtimizda 
samarali,  demokratik  prinsiplarni  shakllantirish  va  rivojlantirish  sohasida  g’oyat 
chuqur  o’zgarishlar  amalga  oshirildi.  Ushbu  sohaga  oid  ko’plab  qonun  hujjatlari 
qabul  qilindi.  Bularning  barchasi  milliy  saylov  tizimining  bosqichma-bosqich 
liberallashuvini,  ikki  palatali  parlament  saylovlarining  qonun  talablari  va  umum 
e’tirof  etilgan  xalqaro  prinsip  va  normalarga  to’la  mos  holda  o’tkazilishini 
ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasini shakllanishiga olib keldi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish