Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   250
SAYLОV HUQUQI 
ISHTIRОKCHILARI 
(SUB’ЕKTLARI) 
 
SIYOSIY PARTIYALAR, 
EKОLОGIK HARAKAT 
FUQARОLAR 
SAYLОV 
KОMISSAYALARI 
VAKILLAR 
KUZATUVCHILAR 
ОMMAVIY AXBОRОT 
VОSITALARI 
NОMZОDLAR 
FUQARОLARNI О’ZINI О’ZI 
BОSHQARISH ОRGANLARI 
DAVLAT ОRGANLARI 


72 
 
qilish  joylarda  saqlanayotgan  shaxslar  saylanishi  mumkin  emas  va  saylovda 
qatnashmaydilar.  Boshqa  har  qanday  hollarda  fuqarolarning  saylov  huquqlarini 
to’g’ridan  to’g’ri  yoki  bilvosita  cheklashga  yo’l  qo’yilmaydi”  –  deb  belgilanishi 
fuqarolarning 
konstitusiyaviy 
maqomga 
ega 
saylov-huquqiy 
munosabatlar 
ishtirokchisi darajasiga ko’taradi. 
Shu bilan birga fuqarolarning saylov-huquqiy munosabati ishtirokchisi bo’lishi 
uchun  yana  qo’shimcha  talablar  qo’yiladi.  Saylov qonunlariga  asosan  fuqaro  saylov 
huquqi  munosabatlarini  ishtirokchisi  bo’lish  uchun  ma’lum  yoshga  to’lgan  bo’lishi, 
O’zbekiston fuqarosi saylash huquqiga ega bo’lishi uchun 18 yoshga to’lgan bo’lishi 
zarur.  Bundan  tashqari  yana  ayrim  saylov-huquqiy  munosabatlarining  ishtirokchisi 
bo’lishi uchun yana boshqa talablar ham mavjud. 
 
 Masalan, mahalliy kengash deputati bo’lib saylanishi uchun fuqaro 21 yoshga, Qonunchilik 
palatasi  deputati  bo’lib  saylanishi  uchun  25  yoshga  to’lishi,  oxirgi  besh  yil  muqim  O’zbekistonda 
yashagan  bo’lishi,  Prezident  bo’lib  saylanishi  uchun  –  35  yoshga  to’lgan,  oxirgi  o’n  yil 
O’zbеkistonda muqim yashagan va davlat tilini yaxshi biladigan bo’lishi kerak. Shu tartib bo’lmasa 
fuqaro  deputat  yoki  prezident  saylovida  ayrim  munosabatlar  (saylanishi  bilan  bog’liq 
munosabatlarda) ishtirokchisi bo’la olmaydi. 
 
Fuqaroning  saylov-huquqiy  munosabatlari  ishtirokchisi  sifatidagi  maqomi 
faqat ulkarning ovoz berishdagi ishtiroki bilan tugamaydi. 
Fuqarolar ovoz berishdan tashqari yana boshqa saylov tadbirlarida ham ishtirok 
etadi.  Faqat  ularning  saylov  tadbirlarida  ishtiroklari  bir  biridan  farq  qiladi.  Ayrim 
tadbirlarda ular bevosida va faqat o’z nomidan ishtirok etadilar. 
 
 Masalan,  ovoz  berishda,  nomzodlar  bilan  uchrashuvlarda.  Ayrim  tadbirlarda  ularning 
ishtiroki  vakillik  xarakterida  bo’ladi.  Masalan:  saylov  komissiyalari  tarkibida,  ishonchli  vakil, 
vakolatli vakil, siyosiy partiya a’zosi sifatidagi ishtiroki bunga misol bo’ladi.  
 
Endi  fuqarolarning  saylov-huquqiy  munosabatidagi  ishtirokini  tartib  bilan 
ko’rib chiqamiz. 
1.  Eng  muhim  va  hal  qiluvchi  ishtirok  –  bu  ovoz  berishda  ishtiroki.  Chunki 
saylovning  asosiy  maqsadi  vakillik  organlarini  yoki  prezidentni  saylashdir.  Barcha 
tadbirlar  hamda  ular  yuzasidan  vujudga  keladigan  munosabatlar  shu  masalani  hal 
qilishga  qaratilgan.  Ovoz  berishda  fuqarolar  shaxsan  ishtirok  etadi  u  hеch  kimni 
manfaatini ifoda etmaydi va hеch kim oldida mas’uliyati yo’q. 
2.  O’bekiston  fuqarolarining  ma’lum  qismi  turli  siyosiy  partiyalarga  a’zo 
bo’lib, ularni tarkibida saylov munosabatlarida ishtirok etadi. Bunda partiya manfaati 
ustuvor  hisoblanadi,  fuqaro  partiya  a’zosi  sifatida  ko’pchilikka  itoat  etadi.  Uning 
partiyaviylik  majburiyati  mavjud  bo’ladi.  Bundan  tashqari  fuqarolar  Ekoharakat 
tarkibida ham saylov munosabatlarida ishtirok etadi. 
3. Fuqarolar turli saylov komissiyalarni tarkibida turib saylov munosabatlarida 
ishtirok  etadi.  Agar  turli  saylov  komissiyalar  tarkibini  tuzish  tartibini  ko’radigan 
bo’lsak,  saylov  qomissiyalari  tarkibiga  nomzodlar  turli  tuzulmalar  tomonidan 
ko’rsatilib,  komissiya  a’zolari  kimlarningdir  vakili  hisoblanadi.  Ular  komissiya 
tarkibida alohida fuqaro emas, komissiya a’zosi sifatida ishtirok etadi. 


73 
 
4.  Fuqarolarning  ommaviy  axborot  vositalari  faoliyatida  ishtiroki,  ommaviy 
axborot vositalarini ishini yurgizish, tegishli joylarga еtkazish va saylov o’tkazish va 
tashkil qilish borasida o’z fikrlarini bildirishda ko’rinadi. 
5. Fuqarolar deputatlikka va prezidentlikka nomzod sifatida ishtirok etadi. 
6.  Fuqarolar  kuzatuvchilar,  ishonchli  vakillar  va  vakolatli  vakillar  sifatida 
tashviqot – targ’ibot ishlarida ishtirok etadi. 
7. Fuqarolar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok 
etish bilan saylov-huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi.  
8.  Va  nihoyat  davlat  organlarining  saylov  munosabatlarida  ishtiroki  fuqarolar 
orqali  ta’minlanadi.  Chunki  davlat  organlarining  saylovga  bog’liq  vazifalari  fuqaro 
hisoblanuvchi davlat xizmatchilari tomonidan ta’minlanadi. 
Yuqorida ko’rsatilgan 8 ta holatning faqat bittasida, ya’ni- birinchisida fuqaro 
saylov munosabatida bevosita o’z nomidan ishtirok etsa, qolgan еttitasida kimningdir 
vakili sifatida, ularning nomidan ishtirok etadi.  
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish