Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov-huquqiy munosabatlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   250
1-§. Saylov-huquqiy munosabatlari. 
“Saylov  huquqi”ni  huquq  institut  hisoblab  o’qitilar  ekan,  saylov-huquqiy 
munosabatlarni, ularni ishtirokchilarini aniqlash lozim bo’ladi. 
Saylov-huquqiy  munosabatlari  konstitusiyaviy  huquq  munsabatlarining 
ajralmas  qismidir.  Avvalo,  aytish  kerakki,  saylov-huquqiy  munosabatlar  ham 
konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlar  kabi  ijtimoiy  munosabatlarning  bir  qismi 
bo’lib,  ular  ham  ijtimoiy  munosabatlar  singari  insonlar  va  jamiyatning  boshqa 
tuzilmalari  o’rtasida  vujudga  keladi.  Saylov-huquqiy  munosabatlar  saylov  tufayli 
vujudga  kelib,  konstitusiyaviy  normalardan  tashqari  saylov  to’g’risidagi  qonunlar 
bilan  ham  tartibga  solinadi.  Saylov-huquqiy  munosabatlar  ham  konstitusiyaviy-
huquqiy  munosabatlar  singari  hokimiyatchilikni  amalga  oshirish  jarayonida  vujudga 
keladi. 
Saylov-huquqiy  munosabatlari  hokimiyatni  tashkil  qilish,  aniqrog’i  vakillik 
hokimiyati  organlarini  shakllantirish,  davlat  boshlig’ini  saylash  jarayonida, 
fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish vaqtida vujudga keladi. 
Bu  munosabatlar  saylov  kampaniyasi  boshlanganligini  e’lon  qilingandan  to 
saylov  natijasi  rasman  e’lon  qilingan  vaqtgacha  bo’lgan,  shu  jarayonga  tegishli 
bo’lgan barcha tadbirlarni o’tkazish, rasmiylashtirish oqibatida vujudga keladi. 
Saylov-huquqiy  munosabatlari  konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlarning 
tarkibiy  qismi  bo’lsa-da,  uning  ishtirokchilari  konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlar 
ishtirokchilaridan farqlanadi. Ya’ni o’ziga xos xususiyatlarga ega. 
Saylov-huquqiy  munosabatlarida  ham  konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlar 
singari  ishtirokchilarning  huquqiy  layoqati,  maqomi  belgilab  qo’yiladi.  Saylov-
huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilari  huquqiy  layoqatiga  ma’lum  talablar  qo’yiladi. 
Masalan passiv saylov yoshi, nomzodlarga qo’yiladigan talablar va boshqalar. 
Saylov-huquqiy  munosabatlar  obekti,  ularning  konstitusiyaviy-huquqiy 
munosabatlarga,  ob’ektiga  nisbatan  torroqdir.  Agar  konstitusiyaviy-huquqiy 
munosabatlar 
obektiga 
mulkiy 
munosabatlar 
ham 
kirsa, 
saylov-huquqiy 
munosabatlarga mulkiy munosabatlar kirmaydi.  
Konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlar  davlat  hokimiyatini  shakllantirish  va 
faoliyatini  tashkil  qilish  natijasida  kelib  chiqadigan  munosabatlardan  iborat  bo’lsa, 
saylov-huquqiy munosabatlar faqat hokimiyat tuzilmalarini shakllantirish natijasidagi 
munosabatlardan iborat bo’ladi. 


69 
 
Yuridik  adabiyotlarda  konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlar  asosli  ravishda 
“doimiy huquqiy munosabatlar”ga va “muvaqqat huquqiy munosabatlar”ga bo’linib, 
saylov-huquqiy  munosabatlari  ikkinchi  turdagi  munosabatga  kirishi  ko’rsatilgan
1

Lekin  saylov-huquqiy  munosabatlarini  faqat  saylov  kampaniyalari  davrida  vujudga 
keladigan  munosabatlar  bilan  cheklash  to’g’ri  emas.  Chunki  saylov  kampaniyasi 
instituti  umumiy  saylovlar  davriga  xos  bo’lib,  saylov  kampaniyasi  boshlanganligi 
e’lon  qilinmasdan,  alohida  o’rni  bo’shab  qolgan  joylarda  saylov  o’tkazilishi  ham 
mumkin.  Bunda  huquqiy  munosabatlar  muvaqqat  huquqiy  munosabat  bo’lsa-da,  u 
saylov  kampaniya  davrida  emas,  boshqa  vaqtlarda  (alohida  saylovlarda)  vujudga 
keladi. Shu saylov tugagach munosabatlar ham tugaydi. 
Demokratik  islohotlar  natijasida  fuqarolik  jamiyatini  shaklanib  rivojlanib 
borishi  yangi  munosabatlarni  vujudga  kelishi  uchun  sharoit  yaratadi  va  ijtimoiy 
munosabatlar, shuningdek, huquqiy munosabatlar doirasi kengayib boradi, bu saylov 
munosabatlarini ham kengayib borishiga olib keladi. 
Birinchi  Prezident  tomonidan  ilgari  surilgan  “Mamlakatimizda  demokratik 
islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish” 
Konsepsiyasi Saylovlarni yanada erkin o’tkazish, siyosiy partiyalar o’rtasida sog’lom 
raqobatni  kuchayib  borishi,  shu  borada  ularga  teng  imkoniyatlar  yaratish  zaruriyati 
saylov-huquqiy munosabatlar doirasini yanada kengaytirishga olib keladi.  
Konsepsiya 
asosida 
saylov 
qonunchiligiga 
kiritilgan 
o’zgartirishlar, 
muddatidan  avval  ovoz  berish  munosabati  bilan  vujudga  keladigan  saylov 
munosabatlarini,  shuningdek,  birinchi  marta  saylov  huquqida  uchraydigan  qamoq 
joylarida  saqlanayotganlarni  saylovda  (ovoz  berishda)  ishtiroki  natijasida  vujudga 
keladigan munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutdi. 
“Huquqiy  munosabatlarni  vujudga  kelishi,  tugatishda  yuridik  fakt  muhim  rol 
o’ynaydi. Yuridik fakt huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradigan, o’zgartiradigan, 
tugatadigan voqеa yoki harakatdir”.

 Saylov  natijasidagi  ijtimoiy  munosabatlar  faktlarning  vujudga  kelishi, 
o’zgarishi,  bekor  bo’lishi  natijasida  paydo  bo’ladi.  Qanday  faktlar  yuridik  faktlar 
bo’lishini qonunchilik belgilaydi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish