Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylovda ommaviy axborot vositalari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   250
 
6-§. Saylovda ommaviy axborot vositalari 
O’zbekiston  Respublikasida  saylovlarning  demokratiyaviyligi  ularni  oshkoro 
o’tishi  bilan bog’liq.  Saylovlarga oshkoralik  baxsh  etishning  turli  vositalari  mavjud 
bo’lib,  shular  orasida  saylovlarda  ommaviy  axborot  vositalarini  ishtiroki  alohida 
ahamiyatga ega. 
Saylov qonunchiligida jumladan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to’g’risida”gi  qonunning  5-moddasida,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga 
saylov  to’g’risida”gi  qonunning  6-moddasida,  “Xalq  deputatlari,  tuman  va  shahar 


75 
 
Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  qonunning  6-moddasida,  “O’zbekiston 
Respublikasi  Ommaviy  axborot  vositalari  saylovga  tayyorgarlikni  borishi  va  saylov 
o’tkazilganligini yoritib boradilar” – degan qoida mavjud bo’lib, shu qoida ommaviy 
axborot vositalarini saylov ishtirokchisiga aylantiradi. 
Saylov  kampaniyasi  boshlanganligi  e’lon  qilinishi  bilan  ommaviy  axborot 
vositalarining saylovlarda ishtiroki boshlanadi. 
Ommaviy  axborot  vositalarining  saylov  ishtirokchisi  sifatidagi  vazifasi  faqat 
saylovga  tayyorgarlik  ko’rish,  saylov  o’tkazish  haqidagi  xabarlarni  berish  bilan 
cheklanmaydi.  Ommaviy  axborot  vositalari  saylov  kampaniyasi  davrida  eng  kuchli 
tashviqot  targ’ibot  ishlarini  olib  boruvchi  vositaga,  qurolga  aylanadi.  Ular  saylov 
davrida  saylov  ishtirokchilarining  matbuotda  va  efirda  teng  asosda  chiqishini 
ta’minlaydi. Hammaga bir xil imkoniyatlar yaratiladi. 
“Mamlakatlarimizda  demokratik  islohatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  Konsepsiyasi”  asosida  saylov  qonunchiligiga 
kiritilgan  o’zgarishlar  asosida,  saylov  oldi  tashviqotlarini  olib  borish  shartlarining 
turlari,  shakl  hamda  usullari  qonunlarda  aniq  belgilab  qo’yilar  ekan,  bu  ommaviy 
axborot vositalrining saylovdagi ishtirokiga yangicha mazmun baxsh etdi. 
Demokratik  saylovlarning  erkin  o’tishi,  fuqarolar  o’z  xohish  irodalarini  erkin 
bildirishini nazarda tutar ekan, buni ro’yobga chiqarishda ommaviy axborot vositalari 
alohida  rol  o’ynaydi.  Sababi,  saylov  to’g’risida,  saylov  qonunchiligi  to’g’risida, 
siyosiy  partiyalar  va  ularning  maqsadlari  haqida,  nomzodlar  va  ularning  dasturlari 
haqida  keng  va  holisona  ma’lumotga  ega  bo’lgan  fuqarogina  o’z  xohish-irodasini 
erkin va to’g’ri bildira oladi. Bunda eng asosiy manba ommaviy axborot vositalaridir. 
Shuning uchun ommaviy axborot vositalarining saylovlarda shunchaki ishtiroki emas, 
erkin ishtiroki alohida ahmiyatga ega.  
“Ommaviy  axborot  vositalari  erkinligi,  o’z  navbatida,  hokimiyat  vakillarini, 
nomzodlarini va boshqa baxslashayotgan kuchlarni hеch qanday mone’liksiz savolga 
tutish,  har  qanday  sеnzura,  qo’rqitish  yoki  siyosiy  tazyiq  o’tkazishlardan  holi 
ravishda tanqid qila olish huquqining ro’yobga chiqishini anglatadi”
1
.
 
O’zbekistonning  Birinchi  Prezidenti  2014-yil  23-yanvarda,  Oliy  Majlis 
Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo’shma  majlisidagi  ma’ruzasida  partiya 
fraksiyalari  o’rtasidagi  bahs-munozalarni  jamoatchilikka  еtkazishda  ommoviy 
axborot vositalarining faolligi еtarli darajada emasligini ta’kidlab o’tdi
2
.  
2015-yil  29-martda  bo’lib  o’tgan  Prezident  saylovini  600  dan  ortiq  ommaviy 
axborot  vositalari,  180  ga  yaqin  xorijiy  va  milliy  internetlar  yoritib  bordi.  Saylovga 
tayyorgarlik ko’rish va saylov jarayoni xaqida 12,7 mingdan ortiq maqola va axborot 
materiallari chop etildi, tele-radio eshittirishlar efirga uzatildi
3
.  

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish