3-§. Saylov huquqining manbalari
Saylov-huquqiy munosabatlar, saylovlarni tashkil qilish va o’tkazish uchun
saylov ishtirokchilarining tengligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlarini buzilishiga
yo’l qo’ymaslik, buzilgan huquqlarni tiklash murakkab masalalardan hisoblanadi.
Ularni amalda ro’yobga chiqishida qat’iy, aniq huquqiy normalar bo’lishi
zarur.
Saylovlar mustahkam huquqiy baza asosida o’tsagina tegishli maqsadga
erishish mumkin.
Saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan boshlab, saylov
yakunlari e’lon qilinguncha bo’lgan barcha tadbirlar, jarayonlar qat’iy huquqiy
normalar bilan tartibga solinishi talab etiladi. Chunki saylov siyosiy tadbir bo’lib,
kurashlardan iborat. Kurashsiz demokratik saylov bo’lmaydi. Kurashlar esa izdan
chiqib ketmasligi, vayronkorlik, buzg’unchilik, mamlakatning yo’q bo’lib ketishiga
olib kelmasligi uchun qonun talablari asosida o’tishi o’ta muhimdir. Buning uchun
saylov qonunchiligi mustahkam bo’lishi zarurdir.
Saylov-huquqiy munosabatlar doirasi, uning ishtirokchilari doirasi ancha keng.
Saylov-huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi, ishtirokchilarning maqomini
belgilovchi huquqiy normalar saylov huquqining manbasi bo’lib, bunday huquqiy
normalar o’z o’rnini turli qonuniy hujjatlarda topgan. Saylov-huquqiy munosabatlar
turli darajadagi qonunlar va huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinib, ular saylov
huquqini manbasi hisoblandi.
O’zbekiston Respublikasi saylov huquqining manbalari quydagilar hisoblanadi:
1. Saylov ahamiyati jihatidan konstitusiyaviy institut, shuning uchun uning
asosiy bosh manbasi konstitusiyadir. Konstitusiya saylovning asosiy prinsiplarini,
saylov fuqarolarning asosiy huquqi ekanligini, saylov o’tkazish muddatlari va vaqtini,
saylov o’tkazishga boshchilik qiladigan organ, Markaziy saylov komissiyasining
1
О‘zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi, 2002 yil, 4-5, 60-mоdda.
2
Bu haqda qarang: Избирательное право и избирательный процесс в РФ. М.: “НОРМА”; 1999, 10-11 стр.
15
maqomi, vazifasini belgilab beradi va saylov o’tkazish qonunlar bilan belgilanishini
qayd qilishi bilan, boshqa qonunlarni vujudga kelishiga asos yaratadi.
Konstitusiyaning maхsus XXIII bobi “Saylov tizimi”ga bag’ishlangan. Undan
tashqari, Konstitusiyaning 32, 77, 78-moddasining 14-bandi, 96, 98-moddaning
tegishli qismlari va 105-moddasida saylovga tegishli normalar mavjud.
2. O’zbekiston konstitusiyasining “Muqaddimasi”da хalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinishi qayd qilingan. Shunday ekan saylovga
taalluqli xalqaro hujjatlarni ham saylov huquqining manbasi hisoblash mumkin.
“Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi”da, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to’g’risida xalqaro Pakt” kabi hujjatlar saylov huquqining manbasi hisoblanadi.
3. O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy qonunlari saylov huquqining
manbasidir.
“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy
prinsiplari to’g’risida”gi
1
Konstitusiyaviy qonunning 3-, 5-, 6-moddalarida saylov
o’tkazish muddatlari, Qonunchilik palatasiga deputat saylash, Senat a’zolarini saylash
masalasi tartibga solingan.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi
konstitusiyaviy qonunning 4-, 6-moddalari saylov munosabatini, saylovlarning
huquqiy asosini belgilaydi
2
, xuddi shuningdek, “O’zbekiston Respublikasining Oliy
Majlisining Senati to’g’risida”gi
3
konstitusiyaviy qonunning 4-, 6-moddalari Senatni
shakllantirishdagi saylov munosabatlarini tartibga soladi.
2007-yil
11-apreldagi
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning
rolini kuchaytirish to’g’risida”gi konstitusiyaviy qonunda ham saylovga taalluqli,
ya’ni saylovda siyosiy partiyalarning olgan o’rinlarini qonunchilik hokimiyati roli
haqida normalar mavjud.
Saylov huquqi manbasi bo’lib O’zbekiston Respublikasining qonunlari
hisoblanadi. Qonunlarni ikki guruhga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi guruhga faqat saylovga tegishli maxsus qonunlarni, ikkinchi guruhga turli
masalalarni tartibga soluvchi o’zida saylov munosabatlariga tegishli normalar mavjud
qonunlarni kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining saylovga tegishli maxsus qonunlari quyidagilar.
1. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi 1991-yil 18-
noyabrdagi qonun (bunga hozirgi davrda ko’plab o’zgartirishlar kiritilgan)
4
.
2. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi 2003-yilda
(yangi tahrirda) qabul qilingan qonun
5
.
3. “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi
1994-yil 5-maydagi qonun
6
.
1
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2002 yil, № 4–5, 60-mоdda
2
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2003 yil, № 5, 67-mоdda
3
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2003 yil, № 5, 67-mоdda
4
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining axbоrоtnоmasi, 2003 й. 9-10-sоn, 134-mоdda
5
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining axbоrоtnоmasi, 2003 й. 9-10-sоn, 134-mоdda
6
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi palatalarining axbоrоtnоmasi, 2008 yil, № 12, 637-mоdda
16
4. “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosini chaqirib olish
to’g’risida”gi 2004-yil 2-dekabrdagi qonun
1
.
5. “O’zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi
1998-yil 30-apreldagi qonun
2
.
6. “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi 1994-yil 5-
maydagi qonun
3
.
7. “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
to’g’risida”gi 2004-yil 26-aprelda qabul qilingan qonun. Bu qonun 2013-yil 22-
aprelda yangi tahrirda qabul qilingan
4
.
Bu maxsus saylovga taalluqli qonunlarning dastlabki uchtasi turli hokimiyat
organlari — Prezident, Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga saylovlarning barcha
asosiy munosabatlarini tartibga solsa, 4-qonun vakillik organlarining deputatlari va
senatorlarini vakolat muddatidan oldin chaqirib olish asoslari tartibini belgilab
qo’ygan. 5-qonun shu saylovlarni tashkil qilish va o’tkazishga mas’ul tuzilma
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini tartibga soladi. 6-qonun saylov qonunchiligi
tizimida alohida o’ringa ega. Konstitusiya va boshqa qonunlarda fuqarolarning saylov
huquqlari еtarli darajada kafolatlangan bo’lsa-da, kafolatlarni yanada kuchaytirish,
kafolatlarni asl holga aylantirish maqsadida bu qonun qabul qilingan. Fuqarolarning
saylov huquqlari alohida qonunda belgilanishi O’zbekiston qonunchiligining o’ziga
xos xususiyatidir. Bunday qonun barcha davlatlarda ham mavjud emas.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib qo’ygan
ekan, so’zsiz, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beradi.
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy
asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko’lamini kengaytrish… alohida
dolzarb ahamiyat kasb etadi” deb ta’kidlagan O’zbekistonning Birinchi Prezidenti
5
.
Shuningdek Birinchi Prezident tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyada
“Fuqarolar
yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi qonunga o’zini
o’zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha,
oqsoqollar va ularning maslahatchilarni eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini,
mahalla roli va ahamiyati oshirilishini ta’minlaydigan chora tadbirlarni nazarda
tutadigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish taklif qilindi. Uning natijasida mazkur
qonun 2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilindi.
Fuqarolar yigini raislari va maslahatchilarini saylovi ham O’zbekiston saylov
tizimining tarkibiy qismidir. Shuning uchun bu saylovning takomillashuvi, o’z
navbatida, saylov tizimini takomillashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Saylov huquqi manbalari bo’lib yuqorida tilga olingan, turli masalalarni
tartibga solish uchun qabul qilingan, lekin o’zida saylov munosabatlariga taalluqli
normalar mavjud bo’lgan boshqa qonunlar (2-guruh) ham hisoblanadi.
1
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi palatalarining axbоrоtnоmasi. –2005. – № 1. – 12- mоdda.
2
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining axbоrоtnоmasi 2005 yil, №1 18 mоdda
3
О’zbekistоn Respublikasi qоnun hujjatlari tо‘plami, 2013 й., 17-sоn, 220-mоdda
4
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi palatalarining axbоrоtnоmasi, 2008 yil, № 12, 637-mоdda
5
I.A.Karimоv. Mamalakatimimiзda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirish Kоnseпsiyasi. – T.: “О’zbekistоn”, 2010. 45-bet.
17
“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunning 16-moddasi, “Siyosiy
partiyalar
to’g’risida”gi qonunning 7-, 8-moddalaridagi normalar saylov
munosabatlariga taalluqli bo’lgani uchun ularni ham saylov huquqini manbasi sifatida
e’tirof etish mumkin.
Saylov huquqi manbalari tizimida Markaziy saylov komissiyasining qabul
qiladigan huquqiy hujjatlari alohida o’rin egallaydi.
“Markaziy saylov kommisiyasi to’g’risida”gi qonunning 5-moddasi 3-
xatboshisida Markaziy saylov komissiyasi saylovni tashkil etishga oid masalalar
yuzasidan o’z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yo’riqnomalar chiqaradi
hamda nizomlarni tasdiqlaydi degan qoida mavjud.
Masalan, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovi to’g’risida”gi qonunning 57-
moddasida davlat hokimiyati vakillik organlarida Senat a’zosini saylash tartibi to’g’risidagi nizom
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilishi kerakligi belgilab qo’yilgan
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |