Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov huquqi o’quv kursi sifatida va uning vazifasi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   250
 
4-§. Saylov huquqi o’quv kursi sifatida va uning vazifasi 
Mamlakatimizda  saylov  huquqining  rivojlanib  borishi  (fuqarolar  saylov 
huquqining  kengayishi,  ta’minlanishining  kuchayishi,  saylov  qonunchiligining 
takomillashib  borishi)  yangi  saylov-huquqiy  munosabatlarini  vujudga  keltirmoqda. 
Bu  esa  mazkur  masala  haqida  asosiy  bilimlar  bo’lishini,  ularni  aholiga,  bo’lajak 
huquqshunoslarga  еtkazish  zaruratini  tug’diradi.  Toshkеnt  davlat  yuridik  instituti 
o’quv  rejasida  magistrlar  uchun  “Saylov  huquqi  va  jarayoni”  maxsus  o’quv  kursi 
o’qitilishi nazarda tutilib, uning dasturi asosida o’quv qo’llanmasi tayyorlangan edi
2

TDYuU  tashkil  etilgach,  uning  o’quv  rejalarida  bakalavr  bosqichi  uchun 
“Saylov  huquqi”ni  alohida  o’quv  kursi  sifatida  o’qitish  nazarda  tutilgan  ekan,  bu 
albatta  shu  kursda  beriladigan  boshlang’ich  va  asosiy  bilimlarni  o’zida 
mujassamlashtirgan darslik bo’lishi zarurligini keltirib chiqardi va shu bois quyidagi 
darslik  tayyorlandi.  Bu  darslik  saylov,  uning  ahamiyati  va  saylov  huquqi  asosida 
vakillik  organlariga  saylovlar  tashkil  qilish  hamda  o’tkazish  bilan  bog’liq  masalalar 
haqida  malakali  ma’lumot  berishni  va  talabalarni  mustaqil  ishlashga,  izlanishga 
yo’llashni nazarda tutadi. 
Mustaqillikka  erishganimizdan  to  hozirgi  kungacha  o’tkazilib  kelinayotgan 
siyosiy  va  davlat  qurilishidagi  islohotlar  davlat  hokimiyati  vakillik  organlarini  va 
jumladan  fuqarolarning  o’zini-o’zi  boshqarish  organlarini  tashkil  qilishni 
demokratlashtirishni  maqsad  qilib  qo’yadi.  O’tkazilayotgan  demokratik  islohotlarni, 
saylov  tizimini  islohotisiz  tasavvur  qilib  bo’lmaydi  va  usiz  tegishli  natijaga  ham 
erishib bo’lmaydi. Saylov tizimining islohoti hamma vaqt demokratik islohotlarning 
tarkibiy, ajralmas qismi bo’lib qolaveradi. Buning isbotini O’zbekistonning Birinchi 
Prezidenti  tomonidan  ilgari  surilgan  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni 
yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  Konsepsiyasi”da 
“O’zbekistonda  saylov  huquqi  erkinligini  ta’minlash  va  saylov  qonunchiligini 
                                                           
1
 Markaziy  saylоv  kоmissiyasi  qabul  qiladigan  hujjatlar,  ularni  yuridik  tabiati,  maqsadi,  darslikninng  8-mavzusida 
batafsil berilgan. 
2
Qarang: О.Turg‘unоv “Saylоv huquqi va jarayoni”. О‘quv qо‘llanma. T.: 2009 й. 


18 
 
rivojlantirish”  –  deb  nomlangan  maxsus  bo’limning  mavjudligidan  ham  ko’rsa 
bo’ladi. 
Saylov  huquqi  rivojlanar  ekan,  saylov  huquqi  va  qonunchiligini  ilmiy  tadqiq 
etish,  saylovlarni  tashkil  etish  va  o’tkazishning  muhim  masalalari  va  muammolarini 
еcha  olish  qobiliyatiga  ega  mutaxassis  kadrlarni  tayyorlash  davr  talabi  bo’lib 
qolaveradi.  
Saylov  huquqi,  saylov  tizimi  takomillashib  borgani  sari,  saylash  va  saylanish 
huquqi,  umumxalq  ovozida  (referendumda)  ishtirok  etish  huquqi  ommaviy 
huquqning eng muhim va markaziy masalalaridan bo’lib boraveradi. 
O’zbekistonda  o’tkazilayotgan  saylovlar  borgan  sari  sifat  jihatidan  yuqori 
saviyada  o’tkazilmoqda.  Saylovlar  endi  faqat  umumiy,  to’g’ri,  teng  asosda  emas, 
balki  yanada  erkin  o’tishi  uchun  chora  tadbirlar  ko’rish  asosiy  vazifa  bo’lib 
qolmoqda. 
Har  qanday  fan,  o’quv  kursi  bir  biridan  o’zining  predmeti  bilan  farq  qiladi. 
“Saylov huquqi” o’quv kursining predmeti shu kurs o’rganayotgan narsalar, hodisalar 
hisoblanadi.  “Saylov  huquqi”  o’quv  kursi  saylov-huquqiy  munosabatlarni  va  ularni 
tartibga soluvchi huquqiy normalarni o’rganadi. Bunda qanday ijtimoiy munosabatlar 
saylov-huquqiy munosabatlar bo’lishi, ular qanday vujudga keladi yoki bekor bo’ladi, 
qaysi  huquqiy  normalar  ijtimoiy  munosabatlarning  rivojlanishiga  to’sqinlik  qiladi, 
ya’ni eskirib qolgan degan masalalar o’rganilib, tahlil qilinib, muammolar aniqlanib, 
ularni hal etish yo’llari haqida fikr, mulohazalar bildiriladi. 
Saylov  murakkab  jarayon  bo’lib,  u  uch  elementdan  tashkil  topgan,  ya’ni  – 
saylov  huquqi,  saylov  jarayoni,  saylov  tizimi.  Mazkur  o’quv  kursi  shu  masalalarni 
o’rganadi  va  ular  haqidagi  bilimlarni  fuqarolarga,  mutaxassislarga  еtkazadi.  O’quv 
kursini vazifasi ham shundan kelib chiqadi.  
Hozirgi  kunda  saylov  huquqi  faqat  davlat  hokimiyati  vakillik  organlarini 
shakllantirishdagina  qullanilmay,  fuqarolarning  o’zini-o’zi  boshqarishni  tashkil 
etishda  ham  asosiy  vosita  bo’lib  turibdi  va  bu  bilan  saylov  tizimining  demokratik 
xususiyatini yanada ko’proq aks ettirmoqda.  
Saylov  huquqi  fuqarolarning  va  ularning  jamoat  birlashmalari  (siyosiy 
partiyalar)  siyosiy  faoliyati  bilan  bog’liq  yuridik  xodisa  kategoriyasidir.  Shuning 
uchun  uning  mazmuni  jamiyat  va  davlat,  fuqaro  va  hokimiyat  o’rtasidagi 
munosabatlarning o’zgarishiga (demokratlashuviga) qarab o’zgarib boradi.  
Saylov  natijasida  hokimiyat  tarkibida  muntazam  o’zgarishlar  bo’lishi, 
yangilanib turishi, fuqarolarning siyosiy tizimga bo’lgan ta’sirini ta’minlaydi.  
Mamlakatimizda  saylov  qonunchiligini  demokratlashtirish  bo’yicha  ilgari 
surilgan,  ilmiy  asoslangan  g’oyalar  natijasida  saylov  qonunchiligi  takomillashdi  va 
ko’plab muammolar o’z еchimini topdi.  
Bu bilan hamma muammolar hal bo’ldi degani emas, hayot va u bilan yuog’liq 
ijtimoiy  munosabatlarning  rivojlanib  borishi  saylovlarni  o’tkazish  va  unda  ishtirok 
etishning  yangi  shakl  va  texnologiyalarini  ishlab  chiqish  zaruriyatini  vujudga 
keltiraveradi  va  buni  hal  qilish  uchun  mutaxassislarning  fuqarolarning  bilimini 
oshirishda  “Saylov  huquqi”ga  tayaniladi.  Ana  shu  narsa  saylov  huquqini  vazifasini 
belgilab beradi. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish