Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov huquqi – konstitusiyaviy institut



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   250
2-§. Saylov huquqi – konstitusiyaviy institut 
 Saylov  huquqi  fuqarolarning  asosiy,  siyosiy  huquqlaridan  hisoblanadi.  Bu 
huquq 
normalari 
avvalo 
Konstitusiyada 
mustahkamlangan. 
O’zbekiston 
Respublikasining  Konstitusiyasida  alohida  XXIII  bob,  saylov  tizimiga  bag’ishlanib, 
unda saylov huquqining asosiy qoidalari, prinsiplari belgilangan. 


13 
 
Hamma  mamlakatlarning  Konstitusiyasida  ham  saylov  masalasi,  huquqi 
(tizimi) uchun alohida bob yoki bo’lim ajratilmagan. 
Jumladan,  Rossiya  Konstitusiyasining  32-moddasi  2-,  3-bandlari  va  81-
moddasida  saylov  huquqiga  tegishli  normalar  mavjud.  Yuqoridagi  normalarda 
fuqarolarning  davlat  ishlarini  boshqarishda  ishtirok  etishi  saylov  huquqi  orqali 
amalga  oshishi,  kimlar  saylovda  ishtirok  etmasligi,  Rossiya  prezidentini  saylash 
prinsiplari,  prezident  nomzodiga  qo’yiladigan  talablar  belgilab  qo’yilib,  qolgan 
masalalar qonunlar bilan tartibga solinishi nazarda tutadi
1
.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasida  saylov  uchun  alohida  bob 
ajratilgani  saylovning  ahamiyati  yuqori  ekanligidan  kelib  chiqadi  va  bu  mazkur 
huquqiy institutning konstitusiyaviylik hususiyatini aniq ko’rsatadi. 
Konstitusiyaning  saylov  tizimi  haqidagi  normalari  fuqarolarning  saylov 
huquqiga  egaligini,  har  bir  saylovchi  teng  ekanligini,  ovoz  berishda  o’z  xohish-
irodasini  bildirishida  erkin  ekanligini  o’rnatadi  va  bu  huquqlar  qonun  bilan 
kafolatlanishini e’tirof etadi. 
Konstitusiyaning  117-moddasi  normalari  saylov  o’tkazishni  aniq  kunini 
o’rnatish  bilan  birga  saylovning  asosiy  prinsiplarini,  hamda  saylash  huquqi  yoshini 
belgilab qo’yadi. 
Konstitusiyaviy  norma  saylovlardagi  asosiy  cheklashni  belgilaydi,  unga  ko’ra 
natijasida  sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganlar,  shuningdek  sud 
xukmi  bilan  ozodlikdan  mahrum  etish  joylarida  saqlanayotgan  shaxslar  saylovda 
qatnashmaydi. 
Konstitusiya  normasida  boshqa  har  qanday  holatda  fuqarolarning  saylov 
huquqlarini cheklashga yo’l qo’yilmasligi ham belgilab qo’yilgan. 
2014-yil  16-aprelda  Konstitusiyaga  kiritilgan  qo’shimchaga  asosan  Markaziy 
saylov komissiyasining huquqiy holati, vazifasi, ish yuritish prinsiplari, tashkil etish 
tartibi  konstitusiyaviy  asosda  belgilandi,  natijada  saylov  huquqining  konstitusiyaviy 
asoslari yanada kengaydi. 
Saylov  huquqiga  taalluqli  konstitusiyaviy  normalar  faqat  konstitusiyaning 
XXIII  bobidagi  (117-modda)  normalar  bilan  cheklanmaydi.  Ular  konstitusiyaning 
boshqa bob va moddalaridagi normalarda ham uchraydi. 
 
Jumladan,  Konstitusiyaning  32-moddasida  fuqarolarning  davlat  organlarini  demokratik 
tarzda  tashkil  etishda  ishtirok  etish  huquqi  (saylov  huquqi),  Konstitusiyaning  90-moddasida 
O’zbekiston  Prezidenti  nomzodiga  qo’yiladigan  talablar  haqidagi  normalar,  prezident  saylovi 
muddati  va  saylov  prinsiplari  haqidagi  normalar,  Konstitusiyaning  96-moddasidagi  muddatdan 
tashqari  Prezident  saylovini  o’tkazish  haqidagi  normalar  saylov  huquqining  konstitusiyaviy 
asosidir. 
 
Saylov 
huquqining 
konstitusiyaviy 
asosini, 
bevosita 
konstitusiyaviy 
normalardan tashqari,  konstitusiyaviy  qonunlardagi saylovga  taalluqli  normalar  ham 
tashkil etadi. 
                                                           
1
 Qarang: Коментарий к Конституции РФ. М:, “БЕК” 1994, 101, 261- стр. 


14 
 
“Referendum  yakunlari  hamda  davlat  hokimiyati  tashkil  etilishining  asosiy 
prinsiplari  to’g’risida”gi
1
 konstitusiyaviy  qonun  va  “Davlat  boshqaruvini  yangilash 
va  yanada  demokratlaashtirish  hamda  mamlakatni  modernizasiya  qilishda  siyosiy 
partiyalarning  rolini  kuchaytirish  to’g’risida”gi  konstitusiyaviy  qonunning  ko’plab 
normalari saylov huquqining konstitusiyaviy asosini tashkil etadi. 
Saylov  huquqining  huquqiy  asoslari  faqat  konstitusiyaviy  asoslar  bilan 
cheklanmaydi.  Huquqiy  asos  konstitusiyaviy  asosga  nisbatan  keng  bo’lib,  huquqiy 
asoslar  boshqa  hujjatlardagi  normalardan,  ya’ni  qonun,  farmon,  qaror  va  boshqa 
normativ hujjat qoidalaridan iboratdir. 
Saylov  to’g’risidagi  maxsus  qonunlar  va  saylovga  tegishli  boshqa  hujjatlar 
hamda  ularning  normalari,  qoidalari  haqida  keyingi  paragraflarda  batafsilroq 
to’xtalamiz. 
Demokratik  jarayonlarni  o’sib  borishi  natijasida  hozirgi davrda  saylov huquqi 
va  qonunchiligi  mantiqiy  jihatdan  sekin-asta  ommaviy  huquqning  mustaqil 
tarmog’iga aylanib bormoqda
2
.
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish