Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov huquqi tushunchasi, predmeti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   250
 
1-§. Saylov huquqi tushunchasi, predmeti. 
Saylov  kishilik  jamiyatidagi  eng  qadimiy  tadbirlardan  hisoblanadi.  Albatta 
saylovlarni hozirgi darajadagi mazmunga ega bo’lishi uchun ko’p vaqt o’tdi. Saylov 
har  bir  ijtimoiy  tizimda  (davrda)  o’ziga  xos  ko’rinishda,  mazmunda  namoyon 
bo’lgan.  Masalan:  quldorlik,  feodal  tuzum  davridagi  saylovlar  kapitalizm,  sosializm 
davrlaridagi  saylovlardan  tubdan  farq  qilgan.  Har  bir  tuzum  saylov  mazmun 
mohiyatiga ta’sir qilgan bo’lsa, saylov ham o’z navbatida ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir 
qilgan. 
Saylov biror narsani yaratish, tashkil qilish vositasi bo’lib, u kishilarni, jamiyat 
a’zolarini xohish irodasini ro’yobga chiqarish vositasidir. Saylovda xohish-iroda ovoz 
berish  orqali  namoyon  bo’ladi.  Ovoz  berishni  esa  turlari  har  xil  bo’lib,  ular  orasida 
eng  ahamiyatlisi,  ommaviy  xarakterga  ega  bo’lgani  bu  –  hokimiyat  organlarini, 
tuzulmalarni  tuzishda  qo’llaniladigan  ovoz  berish,  ya’ni  saylovdir.  Bu  ovoz  berish 
qonunlarda  fuqarolarning  saylov  huquqi  sifatida  mustahkamlanib,  siyosiy  huquq 
tarzida e’tirof etiladi. 
Saylov  –  saylov  huquqi  orqali  namoyon  bo’ladi.  Saylovlar  XX  asrda  ayniqsa 
rivojlandi va  ahamiyati oshdi.  Xalqaro  miqyosdagi  munosabatlarga  aylandi.  Hozirgi 
paytda har qanday demokratik mamlakatlarda saylov huquqi mavjud ekan, u ma’lum 
xalqaro-huquqiy standartlarga mos kelishi zarur. Bunday standartlar, talablar ikkinchi 
jahon urushidan so’ng ishlab chiqilib, xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan. 
Fuqarolarning  saylov  huquqiga  egaligi  BMT  tomonidan  1948  yilda  qabul 
qilingan  “Inson  huquqlari  umumjahon  deklarasiyasi”  da  belgilab  qo’yilgan.  Uning 
21-moddasi  “a”  bandida  “Har  bir  inson  bevosita  yoki  erkin  saylangan  vakillar 
vositasi  orqali  o’z  mamlakatlarini  boshqarishda  qatnashish  huquqiga  ega”
1
 ekanligi 
yozib  qo’yilgan.  Хuddi  shu  mazmundagi  qoida  “Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar 
to’g’risidagi xalqaro Pakt”da ham mustahkamlangan
2

                                                           
1
 Qarang: Insоn huquqlari bо‘yicha xalqarо shartnоmalar. T.: “Adоlat”, 2004. 34-bet. 
2
 Qarang: Shu manba, 45-bet 


11 
 
Hozirgi  kunda  saylov  huquqi  fuqarolarning  davlat  tomonidan  kafolatlangan 
saylovlarda qatnashish huquqidir. 
Saylov huquqini aniq tushunish, bilish uchun, “saylov huquqi” atamasini bilish 
zarur.  Chunki  bu  atama  bir  necha  mazmunda  yoki  boshqacha  qilib  aytganda,  bir 
necha tushunchalarga nisbatan ishlatiladi. 
Ko’pchilik  manbalarda  saylov  huquqiga  ta’rif  berishda  u  ikki  ma’noda 
ishlatilishi hisobga olinadi va tushuncha shunga mos ravishda beriladi. 
“Saylov  huquqi”  ikki  ma’noda  ishlatiladi,  birinchisi  –  saylov  huquqi  saylov 
yo’li  bilan  shakllantiriladigan  davlat  organlari  faoliyatini  tartibga  soluvchi  huquqiy 
normalar  tizimidir.  Ikkinchisi    saylov  huquqi  fuqarolarning  saylab  qo’yiladigan 
organlarni  tuzishda  qatnashish,  ya’ni  unga  o’zlarining  saylanish  (passiv  saylov 
huquqi)  va  ularning  tarkibini  saylash  (faol  saylash  huquqi)  huquqlaridir.
1
 Bu 
ta’rifdagi  saylov  huquqi  normalari  saylov  yo’li  bilan  shakllantiriladigan  davlat 
organlari  faoliyatini  tartibga  soladi  degan  ta’rifga  qo’shilish  qiyin.  Chunki,  saylov 
huquqi  davlat  organlarini  tashkil  qilish  tartibinigina  belgilaydi,  ularning  faoliyatini 
esa boshqa huquqiy normalar masalan, “Parlament huquqi” tartibga soladi. 
“Saylov huquqi” atamasi shu ikki ma’no bilan tugallanmaydi. U yana boshqa 
ma’noda ham ishlatiladi.  

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish