Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Umumiy saylov prinsipi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   250
2-§. Umumiy saylov prinsipi 
Bu  prinsip  amal  qilgunga  qadar,  saylovlar  umumiy  bo’lmay,  ko’plab 
cheklashlar  orqali  fuqarolar  saylovda  ishtirok  etish  imkoniyatidan  mahrum  edilar. 
Sobiq  ittifoq  davrida,  SSSRning  1922-yilda  tashkil  etilishdan  boshlab,  to  1936-
yilgacha,  ya’ni  14  yil  umumiy  bo’lmagan  saylovlar  o’tkazilgan.  Buning  natijasida 
ko’plab fuqarolar ijtimoiy kelib chiqishiga qarab saylov huquqidan mahrum qilingan. 
Faqat 
1936-yilgi 
SSSR 
Konstitusiyasida, 
so’ng  1937-yilgi  O’zbekiston 
Konstitusiyasida rasman umumiy saylov prinsipi belgilab qo’yildi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o’z taraqqiyotini demokratik o’zgarishlar 
bilan  bog’lab  olib  borar  ekan,  demokratik  saylov  prinsiplarini  qonun  darajasida 
mustahkamlashga alohida e’tibor berdi. 
Qonunlarda  nafaqat  umumiy  saylov  huquqi  prinsip  darajasida  mustahkamlab 
qo’yildi  balki,  umumiy  saylov  prinsipi  tushunchasini  ham  saylov  qonunlarining 
alohida moddalarida belgilash yo’li tutildi. 
“O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida”gi  qonunning  2-
moddasi  “Umumiy  saylov  huquqi”  deb  nomlanib,  unda  “Qonunchilik  palatasiga 
deputatlar  saylovi  umumiydir.  Saylov  kuni  o’n  sakkiz  yoshga  to’lgan  O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.  
Qonunchilik palatasiga saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida 
besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar saylanish 
huquqiga egadirlar.  
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud 
hukmi  bilan  ozodlikdan  mahrum  etish  joylarida  saqlanayotgan  shaxslar  saylanishi 
mumkin  emas  va  saylovda  qatnashmaydilar”  –  deb  umumiy  saylov  huquqining 
qonuniy tushunchasi va shartlari mustahkamlab qo’yilgan. 
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi 
Qonunning  2-moddasi  ham  “Umumiy  saylov”  deb  atalib  unda  ham  aynan  shu 
qoidalar mustahkamlangan, faqat unda saylanish huquqi 21 yosh qilib belgilangan. 
“O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunda  bu 
prinsipni belgilashga boshqacha yondashilgan. 
Uning  2-moddasi  “Fuqarolarning  saylov  huquqi”  deb  nomlanib,  unda 
“O’zbekiston  Respublikasining  18  yoshga  to’lgan  fuqarolari  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega. 
                                                           
1
 Qarang:  Karimоv  I.A.  Mamlakatimizda  demоkratik  islоhatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarоlik  jamiyatini 
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi. T.: О’zbekistоn, 2010, 35-41-betlar. 


26 
 
Ijtimoiy  kelib  chiqishi,  ijtimoiy  va  mulkiy  ahvoliga,  irqiy  yoki  milliy 
mansubligiga,  jinsi,  ma’lumoti,  tili,  dinga  munosabatiga,  mashg’ulot  turi  va 
xususiyatiga  qarab  O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  saylov  huquqini  biron-
bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi. 
Sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan  fuqarolar,  shuningdek 
sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovida  qatnashmaydilar”  –  degan  qoidalar 
belgilangan  bo’lsa,  Qonunning  1-moddasida,  Prezident  lavozimiga  o’ttiz  besh 
yoshdan  kichik  bo’lmagan,  davlat  tilini  yaxshi  biladigan,  bevosita  saylovgacha 
kamida o’n yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi 
fuqarosi  saylanishi  mumkinligi  ko’rsatilgan.  Umumiy  saylov  huquqi  mamlakatdagi 
hamma  fuqarolarni  yoppasiga  emas,  ko’pchiligini,  ya’ni  voyaga  еtgan  fuqarolarni 
saylovda  ishtirok  etishini  bildiradi.  Saylov  huquqi  18  yosh  qilib  belgilangan  bu, 
shaxsning  voyaga  еtish  yoshi  bo’lib,  shu  paytdan  boshlab  shaxs  o’zini  harakatlari 
uchun o’zi javob berish, voqеalarni ongli anglash qobiliyatiga ega bo’ladi. 
 
Ba’zi mamlakatlarda (Eron, Kuba) aktiv saylov huquqi 16 belgilangan. Yosh chegarasini 18 
yosh  etib  belgilanishi  birdaniga  bo’lmagan,  ko’pchilik  mamlakatlarda  u  ancha  baland  bo’lib, 
yoshlarning olib borgan uzoq kurashlari, talablari natijasida, Angliya va Germaniyada 1970 yildan, 
Amerikada 1971 yildan, Fransiyada 1974 yildan, Italiyada 1975 yildan o’rnatilgan. 
 
Ko’pchilik  mamlakatlarda,  jumladan  O’zbekistonda  sud  tomonidan 
muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, sud hukmiga ko’ra ozodlikdan mahrum qilish 
joylarida saqlanayotganlar saylovda ishtirok etmaydi
1
.  
O’zbekiston  Konstitusiyasi  va  saylov  qonunlari,  saylanish  huquqlariga  ega 
bo’lish uchun yuqoriroq yosh chegarasi va boshqa turdagi cheklashlarni o’rnatgan. 
Mahalliy  kengash  deputatlari  bo’lib  saylanish  uchun  21  yoshga,  Oliy  Majlis 
Qonunchilik  palatasi  deputati  va  Senat  a’zosi  bo’lib  saylanish  uchun  25  yoshga, 
Prezident bo’lib saylanish uchun esa 35 yoshga to’lgan bo’lishi kerak. 
Yosh  chegarasi  turli  organlarning  huquqiy  holati,  hal  qiladigan  masalalar 
doirasining  hajmi  va  ahamiyatiga  qarab  o’rnatiladi.  Bu  fuqarolarni  ma’lum  bilmga, 
hayot tajribasiga ega bo’lishini nazarda tutadi. 
Bundan  tashqari  deputat  bo’lib  saylanish  uchun  mamlakatimizda  oxirgi  besh 
yil,  Prezident  bo’lib  saylanish  uchun  oxirgi  o’n  yil  muqim  yashagan  fuqarolar  shu 
o’rinlarga saylanish huquqiga ega bo’ladi. Prezident bo’lib saylanish uchun esa yana 
qo’shimcha davlat tilini yaxshi bilish kerak degan shart mavjud. Bunday va shunga 
o’xshash talablar boshqa davlatlarning saylov qonunchiligida ham nazarda tutilgan.  
 
Masalan,  AQSh  Prezidenti  bo’lib  saylanish  uchun  AQSh  fuqarosi  fuqarolikni  AQShda 
tug’ilish  natijasida  olishi  kerak.  Keyinchalik  fuqarolikni  olganlar  Prezident  bo’lib  saylanish 
huquqiga ega emas. 
 
Mamlakatimizda  umumiy  saylov  prinsipi  qonunlarda  belgilanibgina  qolmay, 
undan  amalda  ham  foydalaniladi,  uning  keng  amal  qilishi  uchun  yana  qo’shimcha 
                                                           
1
 Qarang: Коституционное право зарубежных стран. М: “Норма”, 2010, стр. 234. 


27 
 
tadbirlar belgilab berilmoqda. 2012-yil 19-dekabrda saylov qonunchiligiga kiritilgan 
o’zgartirish  va  qo’shimchalarga  asosan,  ishi  sudda  ko’rilguncha  vaqtincha  qamoq 
joylarida o’tirgan fuqarolar ham ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega bo’ldi. Bu 
umumiy  saylov  prinsipining  yanada  kengayganligini,  aybsizlik  prеzumpsiyasining 
amaliy ifodasi bildiradi. 
Saylovlarda  ishtirok  etish  huquqiga  ega  bo’lgan  fuqarolar  yig’indisi  “saylov 
korpusi”  deb  atalib,  “saylov  korpusi”ga  kiruvchi  fuqarolar  soni,  mamlakatdagi 
fuqarolarning  umumiy  sonidan  farq  qiladi,  kamroq  bo’ladi,  chunki  qonuniy 
cheklanganlar (yoshga qarab, sud yo’li bilan) barcha mamlakatlarda ham mavjud. 
Sud  hukmi  bilan  ozodlikdan  mahrum  qilish  joylarida  saqlanayotgan 
fuqarolarning  saylov  huquqi  vaqtincha  to’xtatilib,  ular  ozodlikdan  mahrum  qilish 
joyidan  chiqishi  bilan  saylov  huquqi  hеch  qanday  harakatlarni  amalga  oshirish 
nazarda 
tutilmasdan 
tiklangan 
hisoblanadi. 
Hozirgi 
kunda 
O’zbekiston 
qonunchiligida  o’tmishda  bo’lgan  (1959-yilgacha)  saylov  huquqidan  mahrum  qilish 
jazosi  yo’q.  Sovet  davrida  1959-yilgacha  qilingan  jinoyat  uchun  asosiy  jazo  bilan 
birga  qo’shimcha  jazo  sifatida,  ma’lum  muddatga  saylov  huquqidan  mahrum  qilish 
jazosi mavjud edi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish