Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§.  Kuzatuvchilarning  davlat  organlari  va  saylov  komissiyalari  bilan



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   250
5-§.  Kuzatuvchilarning  davlat  organlari  va  saylov  komissiyalari  bilan 
munosabati 
Kuzatuvchilarning  davlat  organlari  va  saylov  komissiyalari  bilan  munosabati 
eng avvalo ularni rasmiylashtirishda vujudga keladi.  
Avvalgi  bandlarda  qayd  etilganidek,  xalqaro  kuzatuvchilarni  ro’yxatdan 
o’tkazish tartibini, Markaziy saylov komissiyasiga O’zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar  vazirligi  kiritadi.  Taklifda  kuzatuvchining  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi, 
yashash  joyi,  ish  joyi,  qaysi  davlat,  xalqaro  tashkilot  va  harakat  vakili  ekanligi, 
shuningdek O’zbekistonda bo’ladigan taxminiy joyi ko’rsatiladi. Shu taklifga asosan, 
Markaziy saylov komissiyasi kuzatuvchilar ro’yхatini ko’rib chiqib, ularni ro’yхatdan 
o’tkazish to’g’risida qaror qabul qiladi va kuzatuvchilarga belgilangan na’munadagi 
mandat  beradi.  Shu  mandat  xalqaro  kuzatuvchilarga  saylov  davrida  o’z  faoliyatini 
olib borish uchun asos bo’ladi. 


162 
 
Tashqi ishlar vazirligi xorijiy kuzatuvchilarga o’z faoliyatini amalga oshirishda 
ko’maklashadilar.  Masalan,  kuzatuvchilarni  yuqori  malakali  tarjimon  bilan 
ta’minlash ishlarini amalga oshiradilar. 
Xorijiy  kuzatuvchilar  to’g’risidagi  Nizomga  asosan  kuzatuvchilar  hokimiyat 
organlariga  hamda  mansabdor  shaxslarga  saylov  o’tkazishni  kuzatish  natijalari 
bo’yicha  o’z  xulosalarini  taqdim  etadi.  Bu  munosabat  asosida  saylov  qonunchiligi 
takomillashadi, saylov o’tkazishdagi ba’zi muammolar hal qilinadi. 
Kuzatuvchilar  turli  bo’g’indagi  saylov  komissiyalari  bilan  aloqada, 
hamkorlikda  ish  olib  boradi.  Kuzatuvchilarning  faoliyatini  samarali  bo’lishiga  ko’p 
jihatdan  kuzatuvchilar  bilan  saylov  komissiyalari  o’rtasida  to’g’ri  munosabat 
o’rnatilishi ta’sir qiladi. 
Saylov  komissiyalari  kuzatuvchilarni  vakolatini  belgilovchi  hujjat  –  mandatni 
beradi. 
Kuzatuvchilar:  saylov  komissiyalari  majlislarida  ishtirok  etadi;  saylov 
komissiyalari  kuzatuvchilarni  tegishli  materiallar  bilan  ta’minlaydi;  ularni  kuzatuv 
olib borishlariga sharoit yaratadi. 
Kuzatuvchilar  saylov  komissiyasi  vakillariga,  ularning  ish  faoliyatlariga 
aralashmagan  holda  o’z  kuzatuvlari,  tavsiyalari  haqida  axborot  beradi,  ovoz  berish 
vaqti  tugagach,  saylov  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  haqida  hamda  saylovga 
tayyorgarlik  ko’rish  va  uni  o’tkazish  bo’yicha  o’z  fikrlarini  beradi;  saylov  ztkazish 
natijalari bo’yicha xulosalarini taqdim etadi. 
Kuzatuvchilar  ommaviy  axborot  vositalari  bilan  yaqin  munosabatda  ish 
yuritadi.  Saylovni  borishi  natijasi  haqidagi  fikrlarini  OAVlar  orqali  bayon  qiladi. 
Ularning  fikrlari,  xulosalari  natijasida  xorijiy  davlatlar,  xalqaro  harakatlar  va 
tashkilotlar  saylovlarga  baho  berishadi,  uni  e’tirof  еtishi  yoki  еtmasligi  mumkin. 
Saylovlarni  e’tirof  etilishi,  mamlakatning  demokratik  xususiyatiga  baho  berishga, 
undagi  demokratiya  darajasi  xalqaro  talablarga  qanchalik  javob  berishiga  baho 
berishda mezon bo’lishiga sabab bo’ladi. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish