Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylovlarda kuzatuvchilar, ularning turlari va vazifasi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   250
3-§. Saylovlarda kuzatuvchilar, ularning turlari va vazifasi. 
Saylovlarni  demokratik  oshkora  o’tishida  kuzatuvchilar  muhim  rol  o’ynaydi. 
Kuzatuvchilar faoliyati xalqaro ahamiyatga ega bo’lib, saylovlarni xalqaro miqyosda 
e’tirof etilishini ta’minlovchi institutdir. 
Saylovlarni  kuzatish  bo’yicha  еvropa  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti 
(еXHT) maxsus qo’llanma qabul qilgan.

Unda kuzatuvchilarga yordam berish maqsadida: 

saylovlarni baholash mezonlari; 

kuzatuv dasturini tuzish; 

qonunchilikni tahlil qilish; 

saylov bilan bog’liq munosabatlarni monitoring qilish; 

saylovchilarni ro’yхatga olish va saylov uchastkalari chegaralarin baholash; 

saylov jarayonini boshqarishni monitoring qilish; 

nomzodlarni va siyosiy partiyalarni ro’yхatga olishni nazorat qilish; 

OAVlarini monitoring qilish bo’yicha tavsiyalar berilgan bo’lib, shu tavsiyalar 
asosida kuzatuvchilar o’z faoliyatini tashkil qilsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Kuzatuvchilar  vazifasi,  ularni  rasmiylashtirish,  vakolatlari,  burchlari 
O’zbekiston  qonunchiligida  еtarli  darajada  belgilangan  bo’lib,  undan  tashqari,  bu 
masalalar  yana  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  tasdiqlangan  (2014-yil  11-
sеntyabrdagi  618-son  qarori)  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 
palatasiga  saylovda  boshqa  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar  va  harakatlardan 
qatnashadigan kuzatuvchilar to’g’risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi. 
“O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunning  5-
moddasida “Saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga doir barcha tadbirlarda, 
shuningdek,  har  bir  saylov  uchastkasida  saylov  kuni  ovoz  berish  xonalarida  va 
ovozlarni  sanab  chiqishda,  Prezidentlikka  nomzod  ko’rsatgan  siyosiy  partiyalardan 
bittadan kuzatuvchi, matbuot, televidenie va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro 
                                                           
1
 Qarang:  “Saylоvlarni  kuzatish  bо‘yicha  EXHTning  demоkratik  institutlar  va  insоn  huquqlari  bо‘yicha  byurоsi 
qо‘llanmasi”. – Saylоvlarni о‘tkazishda xalqarо tajriba va standartlar. –T.: 1998 й. 


159 
 
tashkilotlar  va  harakatlardan  kuzatuvchilar  qatnashish  huquqiga  egadirlar”  –  deb 
ko’rsatilgan. 
“O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida”gi  va  “Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning 6-
moddalarida  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazishning  barcha  tadbirlarida, 
shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda nomzod 
ko’rsatgan  partiyalardan  bittadan  kuzatuvchi,  OAV  vakillari,  boshqa  davlatlar, 
xalqaro  tashkilotlar  va  harakatlardan  kuzatuvchilar  qatnashish  huquqiga  egaligi 
ko’rsatilgan. 
Qoidaga  ko’ra  kuzatuvchilar  nomzod  ko’rsatgan  subektlarning  manfaatini 
ifodalashi  kerakligi  uchun,  mahalliy  Kengashlarga  (tuman  va  shahar  Kengashi) 
saylovlarda  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlaridan  ham  kuzatuvchi 
bo’lishi  qonunda  nazarda  tutilgan.  Chunki  ular  shu  saylovda  nomzod  ko’rsatish 
huquqiga ega.  
Manfaatdor  tashkilotlar  o’z  kuzatuvchilari  to’g’risida  okrug  saylov 
komissiyalariga saylovga kechi bilan o’n besh kun qolganda ma’lum qiladilar. Okrug 
saylov komissiyasi besh kun ichida Prezident va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 
saylovda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan namunadagi, mahalliy 
Kengashlarga  saylovda  viloyat,  tuman  va  shahar  saylov  komissiyasi  belgilagan 
namunadagi mandatni kuzatuvchilarga beradi. 
Qonun  normalaridan  ko’rinib  turibdiki  kuzatuvchilar  milliy  va  xalqaro 
kuzatuvchilarga bo’linadi. Ularni har ikkalasini rasmiylashtirishning asosiy tartiblari 
saylov qonunchiligida belgilangan bo’lib, ularni yuqorida ko’rib o’tdik. 
Xorijiy  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar  va  harakatlardan  kuzatuvchilarning 
(xalqaro  kuzatuvchilar)  rasmiylashtirish  tartiblarida  o’ziga  xos  xususiyatlar  mavjud 
bo’lib,  bular  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  tasdiqlanagn  Nizomda 
belgilangan. 
Nizom  qoidalariga  asosan  xalqaro  kuzatuvchilar  O’zbekistonga  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  keladi.  Ularning  vakolat  muddati  ularga  Markaziy 
saylov  komissiyasi  tomonidan  mandat  berilgandan  boshlanib,  saylov  yakunlari 
rasman e’lon qilingan kunda tugaydi. 
Xalqaro  kuzatuvchilarni  ro’yхatdan  o’tkazish  taklifini  Markaziy  saylov 
komissiyasiga Respublika Tashqi ishlar vazirligi kiritadi va taklifda ular haqida to’liq 
ma’lumot beriladi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  taklifni  ko’rib  chiqib,  kuzatuvchilarga 
belgilangan namunadagi mandat beradi. 
Milliy kuzatuvchilarning ham, xalqaro kuzatuvchilarning ham  vazifasi deyarli 
bir  xil,  ya’ni  ular  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uni  o’tkazishga  doir  barcha 
tadbirlarda, jumladan ovoz berish jarayonida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish 
bilan,  saylovlarning  oshkora,  qonunga,  xalqaro  talablarga  mos  va  adolatli 
o’tkazilishni nazorat kiladilar. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish