Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Vakillar instituti va ularning turlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250
1-§. Vakillar instituti va ularning turlari 
Jahon  saylov  tajribasida  vakillar  ishtiroki  yuridik  adabiyotlarda  uchralmaydi. 
Saylov  qonunlarida  ham  vakillar  to’g’risida  normalar  yo’q.  Shuning  uchun  vakil 


155 
 
institutini,  vakillarni  saylov  jarayonida  ishtirokini,  ularning  saylov  ishtirokchisi 
sifatidagi  maqomini,  O’zbekiston  saylov  tizimining  o’ziga  xos  xususiyati  deb 
hisoblash mumkin. 
Vakillar  nomzodlarning  vakili  va  siyosiy  partiyalarning  vakili  bo’ladi.  Ular 
tegishlicha  nomzodlarning  ishonchli  vakili  va  siyosiy  partiyalarning  vakolatli  vakili 
deb  yuritiladi.  Nomzodlarning  ishonchli  vakili  o’z  navbatida  Prezidentlikka 
nomzodlarning  ishonchli  vakili  va  deputatlarning  ishonchli  vakili  sifatida  namoyon 
bo’ladi.  Deputatlikka  nomzodlarning  vakillari  Qonunchilik  palatasi  deputatligiga 
nomzodlarning  va  xalq deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar,  Kengashlari  deputatligiga 
nomzodlarning ishonchli vakiliga bo’linadi. 
Prezidentlikka  nomzodlar,  Qonunchilik  palatasiga  nomzodlar,  mahalliy 
Kengash  deputatligiga  nomzodlar,  vujudga  kelishi  (rasmiylashtirilishi),  soni, 
vazifalarining qamroviga qarab bir biridan farq qiladi.  
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakili saylov tizimimizga keyingi paytda kirib 
kelgan va qonunchiligimizda mustahkamlangan institut hisoblanadi. 
Vakillarning  barcha  turlari  qonuniy  asosga  ega.  “O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunning  23-moddasi  “O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentligiga  nomzodlarning  ishonchli  vakillari”  –  deb  nomlangan,  unga  asosan, 
Prezidentlikka  nomzod  o’n  beshtagacha  ishonchli  vakilga  ega  bo’lishi  mumkin. 
Ishonchli  vakillar,  Prezidentlikka  nomzodlar  taqdimiga  ko’ra  Markaziy  saylov 
komissiyasi  tomonidan  ro’yxatga  olinadi  va  Markaziy  svylov  komissiyasi  ularga 
tegishli guvohnoma beradi. Demak, Prezidentlikka saylovda har bir nomzodning o’n 
beshtagacha  ishonchli  vakili  bo’lishi  mumkin.  Vakillarning  vujudga  kelishida 
Prezidentlikka nomzod va Markaziy saylov komissiyasi ishtirok etadi. 
Ishonchli  vakil  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  ro’yxatga  olinib, 
tegishli guvohnomaga ega bo’lgach, rasman saylov ishtirokchisiga aylanadi. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 28-
moddasi  “Ishonchli  vakillar”  –  deb  atalgan.  Unga  ko’ra,  Qonunchilik  palatasi 
deputatligiga  nomzod  o’ntagacha  ishonchli  vakilga  ega  bo’lishi  mumkin. 
Deputatlikka nomzod ro’yxatga olingach, o’z ishonchli vakillarini o’zi belgilaydi va 
bu  haqda  okrug  saylov  komissiyasiga  xabar  qiladi.  Okrug  saylov  komissiyasi 
ishonchli  vakillarni  ro’yxatga  olib,  ularga  tegishli  guvohnoma  beradi.  Qonunchilik 
palatasiga  deputatlikka  nomzodlarning  ishonchli  vakillarini  vujudga  keltirishda 
deputatlikka nomzod va okrug saylov komissiyasi ishtirok etadi. 
“Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashlariga  saylov  to’g’risidagi 
qonunning 26-moddasi “Ishonchli vakillar” – deb nomlangan. Unga asosan, viloyat, 
tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga 
ega bo’lishi mumkin. Deputatlikka nomzod ro’yxatga olingach o’z ishonchli vakilini 
o’zi belgilaydi va bu  haqda okrug saylov komissiyasiga xabar qiladi. Okrug saylov 
komissiyasi ishonchli vakilni ro’yxatga olib, ularga tegishli guvohnoma beradi. 
Oliy  Majlisga  saylov,  mahalliy  Kengash  deputatlari  saylovi  to’g’risidagi 
qonunlarda  deputatlikka  nomzodlar  saylov  komissiyalariga  ma’lum  qilgan  holda 
saylovga qadar o’z ishonchli vakilini har qanday vaqtda vakolatidan mahrum qilishi 
va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. 


156 
 
Vakillar  tizimida  yana  bir  turdagi  vakil  –  bu  siyosiy  partiyalarning  vakolatli 
vakilidir. 
“O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida”gi  va  “Xalq 
deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  qonunlarning 
17
1
-moddasi  “Siyosiy  partiyaning  vakolatli  vakili”  –  deb  nomlanadi.  Ularga  asosan 
deputatlikka  nomzodlik  ko’rsatgan  siyosiy  partiyalar,  saylov  uchastkasida  ovozlarni 
sanab  chiqishda  ishtirok  etish  uchun  Markaiy  saylov  komissiyasi  tomonidan 
belgalangan tartibda o’z a’zolari orasidan vakolatli vakil tayinlashi mumkin. 
2009-yil 17-sentyabrda Markaziy saylov komissiyasi “Siyosiy partiya vakolatli 
vakilining  saylov  uchastkalarida  ovozlarni  sanab  chiqishda  ishtirok  etish  tartibi”ni 
tasdiqlagan. 
Unga  asosan  siyosiy  partiyalarning  vakolatli  vakillari  partiyaning  tegishli 
hududiy organi tomonidan saylov uchastkalari tuzilganidan so’ng tayinlanadi. Partiya 
hududiy organining rahbari saylov kunidan kamida o’n besh kun oldin tegishli okrug 
saylov komissiyasiga siyosiy partiyaning vakolatoli vakillari ro’yхatini taqdim etadi. 
Unda vakolatli vakil haqida to’liq ma’lumot va u qaysi saylov uchastkasida ishtirok 
etishi  ko’rsatiladi.  Okrug  saylov  komissiyasi  ro’yхat  kelib  tushgan  kundan  boshlab 
uni ro’yхatga oladi va ularga guvohnomalar beradi. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish