Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Kuzatuvchilarning huquq va burchlari, faoliyatining kafolatlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   250
4-§. Kuzatuvchilarning huquq va burchlari, faoliyatining kafolatlari 
“O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi,  “O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman, 


160 
 
shahar  Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  qonunlarning  tegishli  moddalarida 
kuzatuvchilarning  huquq  va  burchlari  belgilangan.“O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 5-moddasiga asosan kuzatuvchilar asosan 
quyidagi huquqlarga ega: 

prezidentlikka  nomzod  ko’rsatishga  bag’ishlangan  yig’ilishlarda,  okrug  va 
uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo’lish; 

saylov  uchastkalarida  hozir  bo’lish  hamda  tayyorgarlik  ishlarini  borishini 
ovoz  berish  uchun  saylov  qutilarining  joylashtirilishi  va  muhrlanishini,  fuqarolarga 
saylov byulletenlarini berilishini kuzatish; 

ovozlarni 
sanab 
chiqishda 
va 
uchastka 
saylov 
komissiyasining 
bayonnomasini tuzishda hozir bo’lish; 

saylov  natijalari  to’g’risidagi  hujjatlarning  tegishli  saylov  komissiyasi 
tomonidan tasdiqlangan nusхalarini so’rash va ularni olish; 

saylov  uchastkasida  ushbu  qonunning  buzilishiga  yo’l  qo’yilgan  deb 
hisoblashga  asos  bo’lsa,  o’z  kuzatuvlari  to’g’risida  yuqori  komissiyalarga  ma’lum 
qilish. 
Kuzatuvchilarning  хuddi  shunday  huquqlarga  egaligi  deputatlar  saylovi 
to’g’risidagi qonunlarning 6-moddasida ham ko’rsatib qo’yilgan.  
Tegishli  qonun  moddalarida  kuzatuvchilar  qilishi  mumkin  bo’lmagan 
xarakatlar ham belgilangan. Ularga asosan kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi: 

saylovchi saylov byulleteniga o’z belgisini qo’yayotgan paytda yashirin ovoz 
berish kabinasida yoki xonada hozir bo’lishga; 

saylovchilarga ta’sir ko’rsatish, biron-bir tashviqot materiallari yoki adabiyot 
tarqatishga; 

saylovlarda  kimni  yoqlab  ovoz  berganini  surishtirish  yoki  saylovchilarga 
saylov byulleteniga belgi qo’yishda biron-bir tarzda yordam ko’rsatishga; 

uchastka  saylov  komissiyasi  faoliyatiga,  shu  jumladan  saylov  qutilarini 
muhrlashga, ochishga, ovozlarni sanab chiqishda aralashish. 
Хuddi  shunday  kuzatuvchilar  qilishi  mumkin  bo’lmagan  holatlar  ro’yхati 
deputatlar  saylovi  to’g’risidagi  qonunlarda  ham  ko’zda  tutilgan.  Agar  bu  taqiqlarni 
mazmunini  ko’radigan  bo’lsak,  ular  saylovlarni  tenglik,  saylovchilarni  xohish-
irodasini erkin bildirishni ta’minlashni nazarda tutadi. 
Xorijiy  kuzatuvchilarning  huquqlari,  ular  uchun  taqiqlangan  ishlar  ro’yхati, 
Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  tasdiqlangan  “O’zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasiga  saylovda  boshqa  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar 
va  harakatlardan  qatnashadigan  kuzatuvchilar  to’g’risida  nizom”da  ham  ko’rsatib 
qo’yilgan.  Nizomda  xalqaro  ko’rsatilgan  kuzatuvchilarning  huquqlari  qonunlarda 
ko’rsatilgan  huquqlarga  o’xshash  bo’lib,  faqat  Nizomda  xorijiy  kuzatuvchilarning 
Ekoharakatning  Qonunchilik  palatasiga  nomzodlar  ko’rsatish  va  ularni  saylash 
bo’yicha Konfrensiyasida ishtirok etish huquqi ham belgilangan. 
Nizomda  xalqaro  kuzatuvchilar  uchun  taqiqlangan  ishlar  ro’yхati  ko’rsatilgan 
bo’lib, saylov qonunlarida ko’rsatilgan taqiqlangan ishlardan farq qilmaydi. 
Shuningdek,  Nizomda  xorijiy  kuzatuvchilarning  burchlari  ham  aniq 
belgilangan, unga asosan, xorijiy kuzatuvchilar: 


161 
 

o’z  faoliyatida  O’zbekiston  Konstitusiyasiga,  qonunlariga,  Markaziy 
saylov  komissiyasining  qarorlariga,  saylovni  tashkil  etish  va  o’tkazish  borasidagi 
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalariga amal qilishlari; 

Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  berilgan  mandatni  olib 
yurishlari hamda saylov tashkilotlari talabiga muvofiq uni ko’rsatishlari; 

saylov  ustidan  xalqaro  kuzatuvni  amalga  oshirish  borasidagi  o’z 
vazifalarini  xolislik,  siyosiy  betaraflik  prinsiplariga  amal  qilgan  holda  bajarishlari, 
saylov  komissiyalari,  davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar,  saylov  jarayoni 
ishtirokchilariga  nisbatan  qanday  bo’lmasin  biron-bir  tarzda  afzallik  berishdan  voz 
kechishlari; 

saylov jarayoniga aralashmasliklari; 

O’z  xulosalarini  o’tkazilgan  kuzatuv  va  haqqoniy  materiallarga 
asoslantirishi lozim. 
Xorijiy  kuzatuvchi  qonun  hujjat  talablarini,  xalqora  huquqni  umum  e’tirof 
etilgan  qoidalari  va  normalarini  buzsa,  Markaziy  saylov  komissiyasi  kuzatuvchilar 
vakolatlarini muddatidan oldin tugatishi mumkin. 
Kuzatuvchilar  o’z  vazifalarini  erkin,  hech  qanday  moneliksiz  bajarishlari 
uchun, ularning faoliyati huquqiy jihatdan kafolatlanadi. 
Kuzatuvchilar  o’z  faoliyatlarini  mustaqil  ravishda  amalga  oshiradilar.  Bunday 
imkoniyat  xorijiy  kuzatuvchilar  uchun  ham  ta’minlanadi.  Xorijiy  kuzatuvchilarning 
moddiy-maishiy  ta’minoti  ularni  vakil  sifatida  yuborgan  davlatlar,  xalqaro 
tashkilotlar va harakatlar mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, 
bu ularning mustaqilligini, xolisligini, hech kimga qaram bo’lmasligini ta’minlovchi 
asosiy garovdir. 
Xorijiy  kuzatuvchilar,  O’zbekiston  hududida  bo’lib  turgan  vaqtida, 
O’zbekiston  himoyasi  ostida  bo’ladi.  Bu  ularga  hech  qanday  kuch  ta’sir  o’tkaza 
olmasligini muhim kafolatidir. 
Xorijiy  kuzatuvchilarni  faoliyatiga  to’sqinlik  qilgan,  ularning  huquqlarini  har 
qanday  yo’l  bilan  buzgan  shaxslar  qonunlarda  belgilangan  tartibda  javobgarlikka 
tortiladilar. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish