64
asosiy jazo muddatining tugashiga 20 kun qolganda, jazodan muddatidan
ilgari shartli ravishda ozod etilganda yoki jazo yengilroq jazo bilan
almashtirilganda ozod etish kuni u yashagan turar joydagi ichki ishlar
bo’limiga hukmning nusxasini yuboradi. Ozod etilganligi to’g’risidagi
ma’lumotnomada ham qo’shimcha jazo mavjudligi ko’rsatilishi shart.
Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlariga quyidagilar
kiradi:
- muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni ro’yxatga oladi;
- mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga va
(yoki) muayyan faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun berilgan
ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish
to’g’risida
xabarnoma yuboradi;
- mahkumning hukmda ko’rsatilgan taqiqlarga
rioya etishini tekshiradi;
- mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati,
shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun berilgan
ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari
qanday bajarilayotganligini tekshiradi.
- mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan
taqdirda inspeksiya hukmning nusxasini mudofaa ishlari bo’limiga yoki
mahkum xizmatni o’tayotgan joyga yuboradi;
- hukm talablarining bajarilmayotganligi aniqlangan hollarda
aybdorlarga nisbatan amaldagi qonunchilikka asosan tegishli choralar
ko’radi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi IIB HOOB jazoni ijro etish
inspeksiyalari tomonidan mahkumni hisobga olinishi uchun asos hisoblanadi.
Suddan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelib tushgan hukm
nusxasi IIBda ro’yxatiga olinib, rahbariyatning yozma ko’rsatmasiga binoan
jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimiga to’shiriladi.
Shu kunning o’zida mahkumlarni Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 17-
noyabrdagi 298-sonli «Axloq tuzatish ishlari, muayyan huquqdan mahrum
qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish va shartli hukm qilinganlarni nazorat
qilish tartibiga oid yo’riqnoma»siga muvofiq hisobga olish jurnalida qayd
qilinib, unga nisbatan yig’ma jild ochiladi. Hukm chiqargan sudga
mahkumning hisobga olinganligi to’g’risida zudlik bilan xabarnoma
yuboriladi.
Ichki ishlar bo’limining pasport bo’limiga mahkumlarning turar joyini
o’zgartirish hollarini nazorat qilib turish uchun qo’riqchi varaqasi to’lg’azib
yuboriladi. Bunda pasport bo’limi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
65
a) mahkum turar joyini o’zgartirmoqchi bo’lganida bu haqda jazoni ijro
etish inspeksiyasiga darhol xabar qiladi hamda nazorat varaqasiga tegishli
yozuv kiritadi;
b) ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelgan mahkumlarni ro’yxatga
olish davrida ularning ma’lumotnomasida muayyan huquqdan mahrum qilish
tariqasidagi qo’shimcha jazo to’g’risidagi belgi bo’ladigan bo’lsa, bu haqda
ham jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimiga darhol xabar berishi kerak.
Inspeksiya xodimi bu xabarni olishi bilan uning hukmini so’rab u jazo
o’tagan joyga so’rovnoma yuboradi.
JIKning 23-moddasida mahkum ishlaydigan korxona, muassasa,
tashkilot ma’muriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari
belgilangan bo’lib, unga ko’ra korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati
jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch
kun ichida quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
- mahkum egallash va shug’ullanish huquqidan mahrum etilgan
lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni
ozod qilish;
- jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablari ijro etilganligi
to’g’risida, tegishli hujjatlarni
ilova etgan holda, xabar yo’llash;
- mahkum boshqa ishga o’tkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish
inspeksiyasiga xabar qilish.
Shu bilan bir qatorda muayyan faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun
berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli bo’lgan organ ham jazolarni
ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida
mahkum shug’ullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan
ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qo’yishga va bu haqda
inspeksiyaga xabar yo’llashga majbur.
JIKning 25-moddasiga muvofiq, muayyan huquqdan mahrum qilish
tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga,
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mazkur jazoni o’tash bilan bog’liq
hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi o’zgarishlar yoki mehnat
shartnomasi bekor qilinganligi haqida inspeksiyani xabardor qilishga,
chaqiruvga binoan inspeksiyada hozir bo’lishga majbur. Mahkum hozir
bo’lmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: