4-BOB
Jarima tariqasidagi
jazoni ijro etish
Jarima miqdori:
Ixtiyoriy ravishda
to’lash muddati:
jarimani to’lashdan bo’yin
tovlansa, quyidagi jazolar
bilan almashtiriladi:
Eng kam
oylik ish
haqining
besh
barovaridan
olti yuz
baravarigach
a
Voyaga
etganlar
ga
nisbatan
Voyaga
etmagan
ga
nisbatan
Bir oy
Olti oy
ahloq tuzatish ishlari
yoki xizmat bo’yicha
cheklash yohud
ozodlikdan mahrum
qilishning har bir oyi
eng kam oylik ish
haqining o’n olti
baravari miqdoridagi
jarimaga
tenglashtirilib, uch
yildan ko’p
bo’lmagan muddatga
tayinlanadi.
Voyaga
yetmaganl
arga
nisbatan
eng kam
oylik ish
haqining
ikki
barovarida
n yigirma
baravariga
cha
59
hukmida tayinlangan jarima miqdori davlat daromadi hisobiga to’lanalishi
lozim.
Mazkur jazo eng avvalo aybdor shaxsning moddiy ahvoliga ta’sir
ko’rsatadi. Ayni shu sababli u eng samarali jazo hisoblanadi va muayyan
hollarda aybdorni jamiyatdan ajratmaslik imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Respublikasi JKning 44-moddasiga muvofiq, jarima eng
kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda va
faqat asosiy jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Sudlar tomonidan
jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida” 2006-yil 3 fevraldagi 1-
son qarorida jarima tariqasidagi jazoni qo’llash bo’yicha tavsiyalar berilgan
bo’lib, jumladan, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda hukmning qaror
qismida jarima miqdori bilan bir qatorda uning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi
eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblangan, pul birligida
ifodalangan jami summasi ham ko’rsatilishi lozim.
E’tiblorli tomoni jarima tariqasidagi jazoni tayinlash va miqdorini
belgilashda sud, odatda, uning amalda to’lana olinishi imkoniyatidan kelib
chiqishi lozim. Bunda, chunonchi, sudlanuvchining moddiy ahvoli,
shuningdek qaramog’ida voyaga yetmaganlar farzandlari, keksa ota-onasi
borligi va hokazolar inobatga olinishi lozim [O’zbekiston Respublikasi Oliy
sudi plenumi qarorlari to’plami. 1991-2006. T.2. – T.: Adolat, 2006. – B.
227].
Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan voyaga yetgan shaxs jarimani
hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida,
voyaga yetmagan shaxs esa olti oy ichida ixtiyoriy ravishda to’lashi shart.
Jarima jazosini ijro etishda sud mahkumni jarimani to’lash tartib-qoidalari
bilan tanishtiradi, to’lash muddatlarini tushuntiradi, to’lov shakli va
to’lashdan bo’yin tovlaganlik oqibatlarini to’g’risida ogohlantiradi. Agarda
mahkum qonunda belgilangan muddat mobaynida jarimani ixtiyoriy ravishda
to’lamasa, unda jarima sud ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib
olinadi.
O’zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan va
2002-yil 1-yanvardan kuchga kirgan “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi qonunining 30-moddasiga muvofiq “ijro
harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi
uchun belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran ko’pi bilan ikki oy
muddat ichida sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi
60
kerak”. Demak, mazkur normaga ko’ra jarima jazosini majburiy ijro etish
muddati ikki oydan oshmasligi lozim.
E’tiborli tomoni shundaki, yuqoridagi ikki oylik muddatga ijro hujjati
ijrosini kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib ijro qilish, ijro harakatlarini keyinga
qoldirish, ijro ishi yuritishni to’xtatib turish, mutaxassis tayinlash haqidagi
qaror mutaxassisga yuborilgan kundan to uning xulosasi yoki ish natijalari
to’g’risidagi boshqa hujjat sud ijrochisiga kelib tushgunigacha bo’lgan va
mol-mulk realizatsiya qilishga to’shirilgan kundan to bu mol-mulkni
realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag’lari Sud departamenti organining
de’ozit hisobvarag’iga kelib tushgunigacha bo’lgan vaqt kirmaydi.
O’n sakkiz yoshga to’lmasdan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi
jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan ushbu jazo majburiy undirilmaydi.
JIKning 19-moddasi 3-qismiga muvofiq, agar belgilangan muddatda
jarimani to’liq miqdorda to’lashga mahkumning imkoni bo’lmasa, sud uning
iltimosnomasiga ko’ra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining
533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani bo’lib-bo’lib
to’lashga ruxsat berishi mumkin.
JPKning 533-moddasi 2-qismiga muvofiq, “hukmning jarima solish,
fuqaroviy da’voni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qo’lash qismining
ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki to’lovlarni bo’lib-bo’lib to’lash
masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy
ahvolini e’tiborga olib hal qiladi”.
O’zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi qonunining 32
1
-moddasiga muvofiq, agar
hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish
uchun belgilangan muddatlarda to’lashdan bo’yin tovlasa yoxud qarzdorda
undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli
majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani
undirishning imkoni bo’lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati
tugaganidan keyin jarima to’lanmagan yoki jarimani bo’lib-bo’lib to’lash
shartlari buzilgan taqdirda, sud ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning
boshqa turi bilan almashtirish to’g’risidagi taqdimnoma bilan sudga o’n
kunlik muddat ichida murojaat qiladi.
JIKning 20-moddasiga muvofiq, mahkumning jarimani to’lashdan
bo’yin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining 44 va 82-moddalarida nazarda
tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab bo’ladi.
JKning 44-moddasiga ko’ra, agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida
tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda
to’lashdan bo’yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin
61
bo’lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun
belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni bo’lmasa,
xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima
to’lanmagan yoki jarimani bo’lib-bo’lib to’lash shartlari buzilgan taqdirda,
sud jarimaning to’lanmagan miqdorini axloq tuzatish ishlari, xizmat bo’yicha
cheklash, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.
Bunday holda axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo’yicha cheklash yoxud
ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi eng kam oylik ish haqining o’n olti
baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko’p bo’lmagan
muddatga tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |