Aniqlandi:
(F.I.O.) sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, “Xumo” ro‘znomasida
javobgar (F.I.O.)ning maqolasi chop etilib, unda keltirilgan faktlar asossiz ekanligini
va bu uning sha’ni, qadr-qimmatini kamsitishga sababchi bo‘lganligini ko‘rsatib,
O‘zbekiston Respublikasi FKning 99-100-moddalariga ko‘ra, suddan o‘z sha’ni,
qadr-qimmatini himoya qilishini so‘ragan.
Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining
2010-yil 15-avgustda chiqargan ajrimiga ko‘ra, ushbu fuqarolik ishi ko‘rilmasdan
qoldirilgan.
Ish apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rilmagan.
Ish bo‘yicha keltirilgan protestda sudning ajrimini bekor qilish to‘g‘risidagi
masala qo‘yilgan bo‘lib, bunga asos qilib da’vogarni sudga kelmaganlik sabablari
aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.
Sud Rayosati majlisi ish materiallarini atroflicha tekshirib, protestda keltirilgan
vajlarni tahlil qilib, Toshkent viloyati prokurorining fikrini eshitib, birinchi
instansiya sudining chiqargan ajrimi bekor qilinishi, ish qayta ko‘rishga yuborilishi
va protest qanoatlantirlishi lozim deb hisoblaydi.
Sudning fuqarolik ishini ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimida
da’vogarning sudga kelmaganligi asos qilib ko‘rsatilgan.
Ish materiallariga ko‘ra da’vogar (F.I.O.) sudga 16-mayda murojaat qilgan
bo‘lishiga qaramay, sud FPKning 131-moddasiga xilof ravishda, ishni 2010-yil 14-
iyulda ko‘rgan. Sud majlisida javobgar advokat yordamiga muhtojligini bildirgani
uchun ish ko‘rishni 2010-yil avgust oyining 15-kuniga qoldirgan.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
520
Ishni sudda ko‘rish asossiz ravishda kechiktirilib, 2010-yil 15-avgustga
tayinlangan. Sud da’vogarni sud majlisiga kelmagan deb, ishni ko‘rmasdan qoldirish
to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Lekin da’vogar (F.I.O.)ning 2010-yil 15-avgustda sudga
chaqirilganligi biror-bir hujjat bilan tasdiqlanmagan.
Sud bu harakatlari bilan FPKning 132–147-moddalariga xilof ish tutgan,
bundan tashqari, FPKning 174-moddasida ko‘rsatilganidek, ishda ishtirok etuvchi
shaxslar yoki ular vakillarining birortasi sudning chaqiruv xatini olgani to‘g‘risida
ma’lumot bo‘lmasa, ular sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishni ko‘rishni
keyinga qoldirishi lozimligi to‘g‘risidagi qoidaga rioya qilmagan va da’vogarning
2010-yil
15- avgustda sudga nima sababdan kelmaganligi to‘liq aniqlanmay, ushbu fuqarolik
ishini asossiz ravishda ko‘rmasdan qoldirgan deb hisoblab, sud Rayosati ajrimni
bekor qilishni lozim deb topadi.
Kelgusida ishni qayta mazmunan ko‘rishda, taraflarni ishga jalb qilgan holda,
ularning vajlarini qonun talablariga ko‘ra tekshirib, ishda to‘plangan dalillar va
hujjatlarga tayanib, nizoli ish hal etilmog‘i lozim.
Toshkent viloyati sudining Rayosati yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 361-
moddasiga asosan
Do'stlaringiz bilan baham: |