PROTEST
(Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining da’vogar (F.I.O.) bilan
javobgar (F.I.O.)lar o‘rtasida tuzilgan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizasi
bo‘yicha ko‘rilgan fuqarolik ishi yuzasidan 2010- yil 24-martda chiqarilgan ajrimiga
nisbatan)
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) bilan o‘rtalaridagi tuzilgan nikohni bekor
qilishni so‘rab, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2010-
yil 24-mart kuni chiqargan ajrimiga asosan, da’vo ariza ko‘rilmasdan qoldirilgan.
Ish bo‘yicha chiqarilgan ajrimni noto‘g‘ri hisoblab, uni quyidagi asoslarga ko‘ra
bekor qilinishi, ish esa mazmunan qayta ko‘rish uchun yuborilishi lozim deb
hisoblayman.
Sud ajrimida arizani ko‘rmasdan qoldirishga asos qilib, taraflarning uzrsiz
sabablarga ko‘ra bir necha bor sudga kelmaganlik holatlari ko‘rsatilgan.
Sudning bu fikri bilan kelishib bo‘lmaydi. FPKning 97-moddasi 5-bandiga
asosan, “agar taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrsiz sabablarga ko‘ra sudga
kelmasalar va sud ishni ko‘rib hal qilish mumkin emas deb hisoblasa, arizani ko‘rmay
qoldirishi mumkin”.
Ish materiallariga qaraganda, ish ko‘rish vaqti bir necha marta tayinlangan
bo‘lishi va taraflar kelmaganligi sababli boshqa kunga (qoldirilgan bo‘lishi va taraflar
kelmaganligi sababli boshqa kunga) qoldirilgan bo‘lishi talab etiladi. Biroq javobgar
(F.I.O.)ni, FPKning 132-140-moddalariga xilof ravishda, biror marta ham sudga
chaqirtirilmaganligi ishda to‘plangan materiallardan ko‘rinib turibdi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
514
Da’vogar (F.I.O.) nazorat tartibida protest keltirishni so‘rab yozgan arizasida bu
holatni asoslab, ajrim chiqarilgan kuni, ya’ni 2010-yil 24-martda sudga
chaqirilmaganligini va chaqiruv qog‘ozini olmaganligini bayon etadi.
Bunday holatda sudning mazkur ishi bo‘yicha da’vo arizasini ko‘rmasdan
qoldirish haqidagi ajrimini asosli deb bo‘lmaydi.
Ishni mazmunan qayta ko‘rishda FPKning 132-140-moddalariga rioya qilish
asosida taraflar tegishli tarzda xabardor qilinmog‘i va ishni ularning ishtirokida hal
qilish choralarini ko‘rmoqlik lozim bo‘ladi.
Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 349-moddasiga asosan,
SO‘RAYMAN:
Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining
da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo
arizasi bo‘yicha ko‘rilgan fuqarolik ishi yuzasidan 2010-yil 24-martda chiqarilgan
ajrimi bekor qilinishini.
Toshkent shahar fuqarolik
ishlari bo‘yicha sudining raisi:
imzo
(F.I.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |