Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirilmasdan
qoldirilishi to‘g‘risida javob xati namunasi
FUQAROLIK ISHLARI
BO‘YICHA TOSHKENT
SHAHAR SUDI
THE CIVIL COURT
OF TASHKENT CITY
100170, Toshkent Ziyolilar
ko
chasi 26-uy. tel.: 269-14-46
26, Ziyolilar street Tashkent 100170
tel.: 269-14-46
2014-yil « » aprel
№05-245/14
Toshkent
shahar
Shayxontohur
tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uyda
yashovchi (F.I.O.) va boshqalarga
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi tomonidan sizlarning nazorat
tartibida yozgan shikoyatingiz ko‘rib chiqildi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
515
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining
2013-yil 5-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va
(F.I.O.)larning javobgar siz va (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) hamda (F.I.O.)larga nisbatan
uyga kiritish, xonalarni bo‘shatib berish, turar-joyga oid hujjatlarni mulkdorga
qaytarish majburiyatini yuklatish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilgan.
Da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar
Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy manzilidagi turar-joyning liter B
harfi bilan belgilangan qurilmaning 1-, 2-sonli xonalari, liter V, V1, V2, G, D, Ye
harflari bilan belgilangan 1 ta yashash xonasi, soyabon-bolaxona, 3 ta soyabon,
omborxonadan iborat qismiga kiritib qo‘yilganlar.
Javobgarlar (F.I.O.) , (F.I.O.) , (F.I.O.) , (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar
Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy manzilidagi turar-joyning liter A,
A1, A2, A3 harflari bilan belgilangan, liter B harfi bilan belgilangan qurilmaning 3, 4-
sonli xonalariga ko‘chirilganlar va ularning zimmasiga liter B, V1, V2, G, D, Ye
harflari bilan belgilangan qismini bo‘shatib berish, turar-joyga oid kadastr hujjatlari va
uy daftarini qaytarib berish majburiyati yuklatilgan.
Sizlarning javobgarlar (F.I.O.) va Shayxontohur tumani 1-sonli Davlat notarial
idorasiga nisbatan qonun bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnomani haqiqiy emas deb
topish, o‘zingizni merosxo‘r deb topish to‘g‘risidagi qarshi da’vo arizalaringizni
qanoatlantirish rad etilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiya sudining
2014-yil 14-martdagi ajrimi bilan mazkur hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Sizlar nazorat tartibidagi shikoyatingizda mazkur sud qarorlarini bekor qilish
haqida protest keltirishni so‘ragansizlar.
Aniqlangan holatlarga qaraganda, (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 1959-yil 21-sentabrda
qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganlar. Ularning birgalikdagi turmushlaridan 4
nafar, ya’ni 1960-yil 5-martda tug‘ilgan (F.I.O.), 1961-yil 3-oktabrda
tug‘ilgan(F.I.O.), 1962-yil 1-dekabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va 1964-yil 21-iyulda
tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bor.
(F.I.O.) 2011-yil 22-fevralda vafot etgan.
Shayxontohur tuman 1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan 2011-yil 6-
dekabrda 3-1332-reestr raqami bilan rasmiylashtirilgan qonun bo‘yicha vorislik
haqidagi guvohnomaga asosan, marhum (F.I.O.)ga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar
Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uyga Toshkent shahar Shayxontohur
tuman hokimining 2005-yil15-iyundagi R-000817-09 sonli qaroriga asosan davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan “OYBEK-OTABEK” xususiy korxonasidagi 100%
ulushidan iborat 4.850.000 so‘mlik aktivlari va Toshkent shahri Shayxontohur tumani
Uyg‘ur ko‘chasi 5 “a”-uy manzilida joylashgan binoga nisbatan uning o‘g‘li (F.I.O.)
merosxo‘r deb topilgan.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
516
Mazkur vorislik guvohnomasini rasmiylashtirishda marhumning turmush
o‘rtog‘i (F.I.O.) o‘z ulushi va meros ulushidan, shuningdek, sizlar ham o‘z meros
ulushlaringizdan (F.I.O.)ning foydasiga voz kechgansizlar.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 116-moddasiga ko‘ra, qonun hujjatlarining
talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki
axloq me’yorlariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy
emasdir.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 1134-moddasiga asosan qonun bo‘yicha
merosxo‘rlar vorislikka ushbu Kodeksning 1135-1141-moddalarida nazarda tutilgan
navbat tartibida chaqiriladilar.
Mazkur kodeksning 1135-moddasiga ko‘ra, meros qoldiruvchining bolalari (shu
jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka
oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega
bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolalari ham birinchi
navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.
Nizoga sabab bo‘lgan mulklardan “OYBEK-OTABEK” xususiy korxonasi va
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy marhum (F.I.O.)
va (F.I.O.)larning birgalikdagi nikohlari davrida orttirilgan umumiy mulk hisoblanadi.
Qonun talablariga asosan, marhum (F.I.O.)ning mulkiga uning turmush o‘rtog‘i
(F.I.O.) , farzandlari sifatida sizlar va (F.I.O.) qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi
merosxo‘rlar hisoblanasizlar.
Merosxo‘rlardan (F.I.O.) 2012-yil 12-oktabrda vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 1147-moddasiga ko‘ra, merosxo‘r meros
ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.
Yuqorida qayd qilinganidek, (F.I.O.) nizoli xonadonga nisbatan meros
rasmiylashtirilganda, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-24-moddalariga
asosan, ushbu mulklarning 1/2 qismiga nisbatan egalik huquqini olish xohishini
bildirmagan va meros ulushidan o‘g‘li (F.I.O.) foydasiga voz kechgan.
Notarius tomonidan (F.I.O.)ga Oila kodeksining 23-24-moddalari talablari
tushuntirilgan bo‘lsa-da, u umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi
to‘g‘risida guvohnoma berish haqida yozma ariza bilan murojaat qilmagan, hayotlik
davrida mulkka nisbatan biror-bir e’tiroz bildirmagan.
Shunga ko‘ra, da’vogar (F.I.O.)ga yagona merosxo‘r sifatida meros mulklar, shu
jumladan, Toshkent shahri Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uyga
nisbatan ham vorislik guvohnomasi rasmiylashtirilgan.
Sizlar o‘z qarshi da’vo talablaringizda da’vogar (F.I.O.) sizlarni aldab merosdan
uning foydasiga voz kechish haqidagi arizaga imzo qo‘ydirib olganligini, notarius
ham meros mulk bosh farzandning nomiga o‘tishi lozimligi haqida aytganligini
keltirgan bo‘lsangiz-da, FPKning 57-moddasiga asosan, ushbu vajlarni tasdiqlovchi
dalillarni sudga taqdim etmagansizlar.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
517
Birinchi instansiya sudi qayd etilgan holatlarni inobatga olib, sizlarning qonun
bo‘yicha vorislik guvohnomasini haqiqiy emas deb topish, o‘zingizni merosxo‘r deb
topish haqidagi qarshi da’vo talablaringizni rad qilish haqidagi xulosaga kelgan.
Kassatsiya instansiyasi ushbu xulosalar bilan kelishish bilan bir qatorda, hal qiluv
qarorini quyidagi qonun normalari bilan to‘ldirishni lozim topgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 59-
moddasiga ko‘ra, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul
qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma barcha merosxo‘rlarga
birgalikda yoki ularning xohishiga bog‘liq ravishda har biriga alohida berilishi
mumkin.
Mazkur qonunning 62-moddasiga ko‘ra, notarius er-xotinning yozma arizasiga
muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-
mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Mazkur qonunning 63-moddasiga ko‘ra, er-xotindan biri vafot etgan taqdirda,
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi
guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga
ko‘ra, meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan
merosxo‘rlar bu xususda xabardor qilinadi.
Kassatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudining xulosalari bilan asosli
ravishda kelishgan.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 182-moddasiga muvofiq, mulk huquqi mol-
mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish, meros qilib olish,
xususiylashtirish va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslarga ko‘ra vujudga
keladi.
Mazkur kodeksning 164-moddasiga asosan, mulk huquqi shaxsning o‘ziga
qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish,
undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, o‘zining mulk huquqini, kim
tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan
iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga muvofiq uy,
kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek, u bilan doimiy yashayotgan
fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan
bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga
haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan
farzandlarini ko‘chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a’zolarini esa uy, kvartira
mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin.
Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb, u bilan doimiy birga yashayotgan
xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek,
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
518
mulkdor bilan doimiy yashayotgan oilali farzandlari, agar ilgari bu huquqqa ega
bo‘lmagan bo‘lsalar, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zosi deb tan
olinishlari mumkin.
Nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy
da’vogar (F.I.O.)ga qonun bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnomaga asosan tegishli
bo‘lib, u mulkdor sifatida o‘ziga tegishli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf
etish, ushbu xonadonga kirib yashash va oila a’zolarini ko‘chirib kiritish, shuningdek,
o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf
etishni talab qilish huquqiga ega.
Ammo sizlar da’vogar (F.I.O.) va uning oila a’zolariga xonalarni bo‘shatib
bermasdan, nizoli xonadonga kirib yashashiga to‘sqinlik qilgansizlar va turar-joyning
hujjatlarini mulkdorga qaytarib berishdan bosh tortgansizlar.
Nizoli turar-joyning, umumiy yer maydoni 582,0 m
2
, foydalanish maydoni
160,66 m
2
, yashash maydoni 122,61 m
2
bo‘lib, bu yerda liter A, A1, A2, AZ, B, B1,
V, V1, V2, G, D, Ye harflari bilan belgilangan 8 ta yashash xonasi, 2 ta dahliz, ayvon,
hammom, yerto‘la, ochiq ayvon, soyabon-bolaxona, 4 ta soyabon, omborxona,
darvoza joylashgan.
Birinchi instansiya sudi ushbu holatlardan kelib chiqqan holda, da’vo arizani
qanoatlantirish haqidagi xulosaga kelgan va kassatsiya instansiya sudi ushbu
xulosalar bilan asosli ravishda kelishgan.
Nazorat shikoyatingizda keltirilgan vajlar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan
tekshirilgan va ushbu vajlar sud qarorlarini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi.
Nazorat shikoyatingizda nizoga sabab bo‘lgan turar joy, ya’ni Shayxontohur
tuman Oqsoy 2-tor ko‘cha 18-uy (F.I.O.)ga tegishli ekanligi haqida kadastr
guvohnomasi mavjudligi haqida vaj keltirgansiz.
Mazkur guvohnomada ko‘rsatilishicha, ushbu mulk 2011-yil 6-dekabrda 3-
1332-son reestr bilan qonun bo‘yicha tasdiqlangan vorislik guvohnomasiga asosan,
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Biroq aynan 2011-yil 6-dekabrda 3-1332-son reestr
bilan qonun bo‘yicha tasdiqlangan vorislik guvohnomasi da’vogar (F.I.O.)ning
nomiga berilgan va sudlar tomonidan mulk aynan (F.I.O.)ga tegishli ekanligi
aniqlangan.
Yuqoridagilarga
ko‘ra,
sizlarning
nazorat
tartibidagi
shikoyatingiz
qanoatlantirilmasdan qoldirilganligi ma’lum qilinadi.
Ilova: hujjatlar __ varaqdan iborat.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Toshkent shahar sudi raisi:
imzo (F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |