Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirilmasdan



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet756/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   752   753   754   755   756   757   758   759   ...   790
Bog'liq
9-1

 

Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirilmasdan 

qoldirilishi to‘g‘risida javob xati namunasi 

 

 



FUQAROLIK ISHLARI 

BO‘YICHA TOSHKENT 

SHAHAR SUDI 

 

 



 

 

THE CIVIL COURT 



OF TASHKENT CITY 

100170,  Toshkent  Ziyolilar 

ko



chasi 26-uy. tel.: 269-14-46 



 

26, Ziyolilar street Tashkent 100170 

tel.: 269-14-46 

 

2014-yil «   » aprel 



№05-245/14 

 

 

Toshkent 

shahar 


Shayxontohur 

tumani  Oqsoy  2-tor  ko‘chasi  18-uyda 

yashovchi (F.I.O.) va boshqalarga  

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudi  tomonidan  sizlarning  nazorat 

tartibida yozgan shikoyatingiz ko‘rib chiqildi.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

515 


 

Aniqlanishicha,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Shayxontohur  tumanlararo  sudining 

2013-yil 5-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va 

(F.I.O.)larning javobgar siz va (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) hamda (F.I.O.)larga nisbatan 

uyga  kiritish,  xonalarni  bo‘shatib  berish,  turar-joyga  oid  hujjatlarni  mulkdorga 

qaytarish majburiyatini yuklatish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilgan. 

Da’vogarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  Toshkent  shahar 

Shayxontohur  tumani  Oqsoy  2-tor  ko‘chasi  18-uy  manzilidagi  turar-joyning  liter  B 

harfi  bilan  belgilangan  qurilmaning  1-,  2-sonli  xonalari,  liter  V,  V1,  V2,  G,  D,  Ye 

harflari  bilan  belgilangan  1  ta  yashash  xonasi,  soyabon-bolaxona,  3  ta  soyabon, 

omborxonadan iborat qismiga kiritib qo‘yilganlar. 

Javobgarlar (F.I.O.) , (F.I.O.) , (F.I.O.) , (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar 

Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy manzilidagi turar-joyning liter A, 

A1, A2, A3 harflari bilan belgilangan, liter B harfi bilan belgilangan qurilmaning 3, 4-

sonli  xonalariga  ko‘chirilganlar  va  ularning  zimmasiga  liter  B,  V1,  V2,  G,  D,  Ye 

harflari bilan belgilangan qismini bo‘shatib berish, turar-joyga oid kadastr hujjatlari va 

uy daftarini qaytarib berish majburiyati yuklatilgan. 

Sizlarning javobgarlar (F.I.O.) va Shayxontohur tumani 1-sonli Davlat notarial 

idorasiga nisbatan qonun bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnomani haqiqiy emas deb 

topish,  o‘zingizni  merosxo‘r  deb  topish  to‘g‘risidagi  qarshi  da’vo  arizalaringizni 

qanoatlantirish rad etilgan. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiya  sudining 

2014-yil 14-martdagi ajrimi bilan mazkur hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.  

Sizlar  nazorat  tartibidagi  shikoyatingizda  mazkur  sud  qarorlarini  bekor  qilish 

haqida protest keltirishni so‘ragansizlar. 

Aniqlangan  holatlarga  qaraganda,  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  1959-yil  21-sentabrda 

qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganlar.  Ularning  birgalikdagi  turmushlaridan  4 

nafar,  ya’ni  1960-yil  5-martda  tug‘ilgan  (F.I.O.),  1961-yil  3-oktabrda 

tug‘ilgan(F.I.O.),  1962-yil  1-dekabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  1964-yil  21-iyulda 

tug‘ilgan  (F.I.O.) ismli farzandlari bor. 

(F.I.O.) 2011-yil 22-fevralda vafot etgan.  

Shayxontohur  tuman  1-sonli  davlat  notarial  idorasi  tomonidan  2011-yil  6-

dekabrda  3-1332-reestr  raqami  bilan  rasmiylashtirilgan  qonun  bo‘yicha  vorislik 

haqidagi guvohnomaga asosan, marhum (F.I.O.)ga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar 

Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uyga Toshkent shahar Shayxontohur 

tuman  hokimining  2005-yil15-iyundagi    R-000817-09  sonli  qaroriga  asosan  davlat 

ro‘yxatidan  o‘tkazilgan  “OYBEK-OTABEK”  xususiy  korxonasidagi  100% 

ulushidan iborat 4.850.000 so‘mlik aktivlari va Toshkent shahri Shayxontohur tumani 

Uyg‘ur ko‘chasi 5 “a”-uy manzilida joylashgan binoga nisbatan uning o‘g‘li (F.I.O.) 

merosxo‘r deb topilgan.  




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

516 


 

Mazkur  vorislik  guvohnomasini  rasmiylashtirishda  marhumning  turmush 

o‘rtog‘i  (F.I.O.)  o‘z  ulushi  va  meros  ulushidan,  shuningdek,  sizlar  ham  o‘z  meros 

ulushlaringizdan (F.I.O.)ning foydasiga voz kechgansizlar. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  116-moddasiga  ko‘ra,  qonun  hujjatlarining 

talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki 

axloq  me’yorlariga  atayin  qarshi  maqsadda  tuzilgan  bitim  o‘z-o‘zidan  haqiqiy 

emasdir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  1134-moddasiga  asosan  qonun  bo‘yicha 

merosxo‘rlar vorislikka ushbu Kodeksning 1135-1141-moddalarida nazarda tutilgan 

navbat tartibida chaqiriladilar. 

Mazkur kodeksning 1135-moddasiga ko‘ra, meros qoldiruvchining bolalari (shu 

jumladan  farzandlikka  olingan  bolalari),  eri  (xotini)  va  ota-onasi  (farzandlikka 

oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega 

bo‘ladilar.  Meros  qoldiruvchining  vafotidan  keyin  tug‘ilgan  bolalari  ham  birinchi 

navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. 

Nizoga  sabab  bo‘lgan  mulklardan  “OYBEK-OTABEK”  xususiy  korxonasi  va 

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy marhum (F.I.O.) 

va (F.I.O.)larning birgalikdagi nikohlari davrida orttirilgan umumiy mulk hisoblanadi. 

Qonun talablariga asosan, marhum (F.I.O.)ning mulkiga uning turmush o‘rtog‘i 

(F.I.O.)  ,  farzandlari  sifatida  sizlar  va  (F.I.O.)  qonun  bo‘yicha  birinchi  navbatdagi 

merosxo‘rlar hisoblanasizlar. 

Merosxo‘rlardan (F.I.O.)  2012-yil 12-oktabrda vafot etgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  1147-moddasiga  ko‘ra,  merosxo‘r  meros 

ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli. 

Yuqorida  qayd  qilinganidek,  (F.I.O.)  nizoli  xonadonga  nisbatan  meros 

rasmiylashtirilganda, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-24-moddalariga 

asosan,  ushbu  mulklarning  1/2  qismiga  nisbatan  egalik  huquqini  olish  xohishini 

bildirmagan va meros ulushidan o‘g‘li (F.I.O.) foydasiga voz kechgan.  

Notarius  tomonidan  (F.I.O.)ga  Oila  kodeksining  23-24-moddalari  talablari 

tushuntirilgan  bo‘lsa-da,  u  umumiy  mol-mulkidagi  ulushga  bo‘lgan  mulk  huquqi 

to‘g‘risida guvohnoma berish haqida yozma ariza bilan murojaat qilmagan, hayotlik 

davrida mulkka nisbatan biror-bir e’tiroz bildirmagan.  

Shunga ko‘ra, da’vogar (F.I.O.)ga yagona merosxo‘r sifatida meros mulklar, shu 

jumladan,  Toshkent  shahri  Shayxontohur  tumani  Oqsoy  2-tor  ko‘chasi  18-uyga 

nisbatan ham vorislik guvohnomasi rasmiylashtirilgan. 

Sizlar o‘z qarshi da’vo talablaringizda da’vogar (F.I.O.) sizlarni aldab merosdan 

uning  foydasiga  voz  kechish  haqidagi  arizaga  imzo  qo‘ydirib  olganligini,  notarius 

ham  meros  mulk  bosh  farzandning  nomiga  o‘tishi  lozimligi  haqida  aytganligini 

keltirgan  bo‘lsangiz-da,  FPKning  57-moddasiga  asosan,  ushbu  vajlarni  tasdiqlovchi 

dalillarni sudga taqdim etmagansizlar.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

517 


 

Birinchi  instansiya  sudi  qayd  etilgan  holatlarni  inobatga  olib,  sizlarning qonun 

bo‘yicha vorislik guvohnomasini haqiqiy emas deb topish, o‘zingizni merosxo‘r deb 

topish  haqidagi  qarshi  da’vo  talablaringizni  rad  qilish  haqidagi  xulosaga  kelgan. 

Kassatsiya  instansiyasi  ushbu  xulosalar  bilan  kelishish  bilan  bir  qatorda,  hal  qiluv 

qarorini quyidagi qonun normalari bilan to‘ldirishni lozim topgan.  

O‘zbekiston  Respublikasining  “Notariat  to‘g‘risida”gi  Qonunining  59-

moddasiga  ko‘ra,  merosga  bo‘lgan  huquq  to‘g‘risidagi  guvohnoma  merosni  qabul 

qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi. 

Merosga  bo‘lgan  huquq  to‘g‘risidagi  guvohnoma  barcha  merosxo‘rlarga 

birgalikda  yoki  ularning  xohishiga  bog‘liq  ravishda  har  biriga  alohida  berilishi 

mumkin.  

Mazkur qonunning 62-moddasiga ko‘ra, notarius er-xotinning yozma arizasiga 

muvofiq  ulardan  biriga  yoki  har  ikkisiga  nikoh  davomida  orttirilgan  umumiy  mol-

mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi. 

Mazkur  qonunning  63-moddasiga  ko‘ra,  er-xotindan  biri  vafot  etgan  taqdirda, 

er-xotinning  umumiy  mol-mulkidagi  ulushga  bo‘lgan  mulk  huquqi  to‘g‘risidagi 

guvohnoma  marhum  erdan  (xotindan)  keyin  xotinning  (erning)  yozma  arizasiga 

ko‘ra, meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan 

merosxo‘rlar bu xususda xabardor qilinadi. 

Kassatsiya  instansiyasi  birinchi  instansiya  sudining  xulosalari  bilan  asosli 

ravishda kelishgan.  

O‘zbekiston Respublikasi FKning 182-moddasiga muvofiq, mulk huquqi mol-

mulkni  yaratish,  ko‘paytirish,  bitimlar  asosida  qo‘lga  kiritish,  meros  qilib  olish, 

xususiylashtirish va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslarga ko‘ra vujudga 

keladi. 


Mazkur  kodeksning  164-moddasiga  asosan,  mulk  huquqi  shaxsning  o‘ziga 

qarashli  mol-mulkka  o‘z  xohishi  bilan  va  o‘z  manfaatlarini  ko‘zlab  egalik  qilish, 

undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish,  shuningdek,  o‘zining  mulk  huquqini,  kim 

tomonidan  bo‘lmasin,  har  qanday  buzishni  bartaraf  etishni  talab  qilish  huquqidan 

iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  32-moddasiga  muvofiq  uy, 

kvartira  mulkdorining  oila  a’zolari,  shuningdek,  u  bilan  doimiy  yashayotgan 

fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan 

bo‘lmasa,  uydagi,  kvartiradagi  xonalardan  mulkdor  bilan  teng  foydalanishga 

haqlidirlar.  Ular  mulkdor  bergan  turar  joyga  o‘zlarining  voyaga  yetmagan 

farzandlarini ko‘chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a’zolarini esa uy, kvartira 

mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin. 

Turar  joy  mulkdorining  oila  a’zolari  deb,  u  bilan  doimiy  birga  yashayotgan 

xotini  (eri)  va  ularning  farzandlari  tan  olinadi.  Er-xotinning  ota-onasi,  shuningdek, 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

518 


 

mulkdor  bilan  doimiy  yashayotgan  oilali  farzandlari,  agar  ilgari  bu  huquqqa  ega 

bo‘lmagan bo‘lsalar, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zosi deb tan 

olinishlari mumkin. 

Nizoli  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumani  Oqsoy  2-tor  ko‘chasi  18-uy 

da’vogar  (F.I.O.)ga  qonun  bo‘yicha  vorislik  haqidagi  guvohnomaga  asosan  tegishli 

bo‘lib,  u  mulkdor  sifatida  o‘ziga  tegishli  mol-mulkdan  foydalanish  va  uni  tasarruf 

etish, ushbu xonadonga kirib yashash va oila a’zolarini ko‘chirib kiritish, shuningdek, 

o‘zining  mulk  huquqini,  kim  tomonidan  bo‘lmasin,  har  qanday  buzishni  bartaraf 

etishni talab qilish huquqiga ega. 

Ammo  sizlar  da’vogar  (F.I.O.)  va  uning  oila  a’zolariga  xonalarni  bo‘shatib 

bermasdan, nizoli xonadonga kirib yashashiga to‘sqinlik qilgansizlar va turar-joyning 

hujjatlarini mulkdorga qaytarib berishdan bosh tortgansizlar. 

Nizoli  turar-joyning,  umumiy  yer  maydoni  582,0  m

2

,  foydalanish  maydoni 



160,66 m

2

, yashash maydoni 122,61 m



bo‘lib, bu yerda liter A, A1, A2, AZ, B, B1, 

V, V1, V2, G, D, Ye harflari bilan belgilangan 8 ta yashash xonasi, 2 ta dahliz, ayvon, 

hammom,  yerto‘la,  ochiq  ayvon,  soyabon-bolaxona,  4  ta  soyabon,  omborxona, 

darvoza joylashgan.  

Birinchi  instansiya  sudi  ushbu  holatlardan  kelib  chiqqan  holda,  da’vo  arizani 

qanoatlantirish  haqidagi  xulosaga  kelgan  va  kassatsiya  instansiya      sudi  ushbu 

xulosalar bilan asosli ravishda kelishgan.  

Nazorat shikoyatingizda keltirilgan vajlar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan 

tekshirilgan va ushbu vajlar sud qarorlarini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi.   

Nazorat  shikoyatingizda  nizoga  sabab  bo‘lgan  turar  joy,  ya’ni  Shayxontohur 

tuman  Oqsoy  2-tor  ko‘cha  18-uy  (F.I.O.)ga  tegishli  ekanligi  haqida  kadastr 

guvohnomasi mavjudligi haqida vaj keltirgansiz.  

Mazkur  guvohnomada  ko‘rsatilishicha,  ushbu  mulk  2011-yil  6-dekabrda  3-

1332-son  reestr  bilan  qonun  bo‘yicha  tasdiqlangan  vorislik  guvohnomasiga  asosan, 

davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan.  Biroq  aynan  2011-yil  6-dekabrda  3-1332-son  reestr 

bilan  qonun  bo‘yicha  tasdiqlangan  vorislik  guvohnomasi  da’vogar  (F.I.O.)ning 

nomiga  berilgan  va  sudlar  tomonidan  mulk  aynan  (F.I.O.)ga  tegishli  ekanligi 

aniqlangan. 

Yuqoridagilarga 

ko‘ra, 

sizlarning 

nazorat 

tartibidagi 

shikoyatingiz 

qanoatlantirilmasdan qoldirilganligi ma’lum qilinadi.  

 

Ilova: hujjatlar __ varaqdan iborat.  



 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha 



Toshkent shahar sudi raisi:  

 

imzo                        (F.I.O.)  



 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   752   753   754   755   756   757   758   759   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish