Aniqladi:
Da’vogar Mirobod tuman prokurori fuqarolar (F.I.O.), (F.I.O.)larning manfaatini
ko‘zlab, javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan moddiy zararni undirish to‘g‘risidagi
da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
Shuningdek, sudga da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan jinoyat
natijasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi
bilan murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2013-yil 3-maydagi
ajrimi bilan har ikkala fuqarolik ishi bitta ishga birlashtirilgan.
Sud majlisida Mirobod tuman prokurori yordamchisi (F.I.O.) da’voni quvvatlab,
javobgar (F.I.O.) 2012-yilning yanvar oylari boshida (F.I.O.)ning ishonchiga kirib,
aldab unga tegishli 12.825.000 so‘mlik mulkini sotib berishni va’da qilib, moddiy
boyliklarni qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga
ishlatib yuborib hamda (F.I.O.)ga tegishli 350.000 so‘mlik mulkini qo‘lga kiritib, sotib
berishni va’da qilib, va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib
yuborib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandida
ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligini, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani
sudining 2012-yil 3-yanvardagi ajrimiga asosan (F.I.O.)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan
jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi
Amnistiya to‘g‘risidagi qarorining 6-bandiga asosan tugatilganligi va taraflarga
yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish
huquqi tushuntirilganligini, ajrim qonuniy kuchda ekanligini bildirib, javobgar (F.I.O.)
dan (F.I.O.)ning foydasiga 12.825.000 so‘m va (F.I.O.)ning foydasiga 350.000 so‘m
miqdordagi moddiy zararni undirishni so‘radi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
321
Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) da’vo talablarini quvvatlab, (F.I.O.) uni aldab
unga tegishli bo‘lgan jami 12.825.000 so‘mlik mulkini sotib berishga va’da qilib
olganligini, va’dasini bajarmasdan pullarini ham, mulkini ham qaytarib
bermaganligini, umumiy zarardan 2.000.000 so‘mini qaytarib olganligini, qolgan
10.825.000 so‘mlik zarar qoplanmaganligini ko‘rsatib, ushbu summani undirib
berishni so‘radi.
Sudga mustaqil talab bilan arz qiluvchi 3-shaxs (F.I.O.) yozma ariza bilan
murojaat qilib, unda sog‘lig‘i sababli sud majlisida ishtirok eta olmasligini, fuqarolik
ishini o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishini so‘ragan. Ushbu holatda sud FPKning 174-
moddasiga asosan, fuqarolik ishini 3-shaxs (F.I.O.)ning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni
lozim topadi.
Oldingi sud majlislarida javobgar (F.I.O.) da’vo arizasini tan olmasdan, da’vogar
(F.I.O.) uning uyiga bir tanishi bilan fol ochirish uchun kelganini, shunda Turkiya
davlatiga borib narsa olib kelaman, deb aytganini, shundan keyin unga narsalaringiz
bo‘lsa sotib beraman deb aytganini, da’vogar (F.I.O.) uning uyiga taqinchoq va kiyim-
kechaklarlarni keltirib tashlaganini, kasalxonada yotgan paytida ham uyiga narsalarni
keltirib tashlaganini, lekin olgan narsalarning aksariyatini qaytarganini, qarzini
qaytarganini, qancha pulni qaytarganini bilmasligini, qarzlarini qaytarganini ko‘rsatib,
suddan da’voni rad qilishni so‘ragan.
Oxirgi sud majlisining joyi vaqti to‘g‘risida tegishli tartibda ogohlantirilgan
bo‘lishiga qaramasdan sudga kelmadi, kelmaslik sabablari haqida ma’lumot bermadi,
bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etmadi. Bunday holatda sud javobgarning
kelmaganlik sabablari haqida ma’lumot yo‘qligi sababli sud uning kelmaganlik
sabablarini uzrsiz deb topadi va javobgar ish yuritilishini qasddan cho‘zayotgan deb
hisoblaydi. Shu sababli sud ishni javobgarga nisbatan FPKning 174-moddasi talabiga
binoan ko‘rib chiqishni lozim deb topadi.
Sud da’vogarlarning da’vo yuzasidan bayonotlarini eshitib, fuqarolik ishi
hujjatlari bilan tanishib va ish materiallarini tahlil qilib, quyidagi asoslarga ko‘ra,
da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni lozim deb topadi.
FKning 985-moddasiga asosan, g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli
fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga
yetkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foyda zarar yetkazgan shaxs tomonidan
to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Aniqlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 2012-yil 3-
yanvardagi ajrimiga asosan, (F.I.O.)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-
moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi Amnistiya to‘g‘risidagi qarorining 6-
bandiga asosan tugatilgan va taraflarga yetkazilgan zararni undirish haqida fuqarolik
ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
322
FPKning 60-moddasi 2-, 3-qismlariga asosan, bir fuqarolik ishi bo‘yicha sudning
qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar o‘sha shaxslar ishtirok
etayotgan boshqa fuqarolik ishlarini ko‘rayotganda yangidan isbot qilinmaydi.
Jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm
etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib
chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va
ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilgan yoki etilmaganligi masalalari yuzasidangina
majburiydir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2007-yil 2-
oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandiga ko‘ra,
ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori hamda
jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi va sud ajrimida
qayd etilgan holatlar shu bilan bog‘liq fuqarolik ishi ko‘rib chiqilishida qayta
isbotlashni talab qilmaydi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, (F.I.O.) 2012-yilning yanvar oylari boshida (F.I.O.)ning
ishonchiga kirib, aldab unga tegishli 12.825.000 so‘mlik mulkini sotib berishni va’da
qilib, moddiy boyliklarni qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z
ehtiyojlariga ishlatib yuborib hamda (F.I.O.)ga tegishli 350.000 so‘mlik mulkini qo‘lga
kiritib, sotib berishni va’da qilib, va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun
ishlatib yuborib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandida
ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan.
Sud majlisi jarayonida aniqlanishicha, javobgar tergov va sud jarayonida
(F.I.O.)ga yetkazilgan moddiy zararning 2.000.000 so‘mini qoplagan va bugungi
kunda 10.825.000 so‘m miqdordagi zarar qoplanmagan.
Sud yuqoridagi qonun talablari va aniqlangan holatlardan kelib chiqib, moddiy
zararni undirish haqidagi Mirobod tuman prokurorining da’vo talablarini qisman va
da’vogar (F.I.O.)ning da’vo talabini qanoatlantirishni va javobgar (F.I.O.)dan da’vogar
(F.I.O.)ning foydasiga 10.825.000 so‘m, (F.I.O)ning foydasiga 350.000 so‘m
undirishni lozim topadi.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 1021-moddasi 1-qismi talabiga muvofiq,
ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi
tomonidan qoplanadi.
Mazkur moddaning 2-qismi 1-bandiga asosan, zarar fuqaroning hayoti va
sog‘lig‘iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo‘lsa, ma’naviy zarar uni
yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, qoplanadi.
Ushbu Kodeksning 1022-moddasining 2-qismiga ko‘ra, ma’naviy zararni qoplash
miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga,
shuningdek, ayb tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi
darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda
oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
323
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi
“Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 17-sonli qarori 2-bandining 1-qismida ko‘rsatilishicha, ma’naviy zarar
deganda jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik)
oqibatida u boshidan kechirgan (o‘tkazgan) ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy
og‘riq,
zarar ko‘rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi.
Sud yuqoridagi qonun talabi va Oliy Sud Plenumining tushuntirishlaridan kelib
chiqib, oqilonalik va adolatlilik tamoyillariga amal qilib, jismoniy va ma’naviy
azoblarning xususiyati, ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va
jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlarini aniqlab, javobgar (F.I.O.)ning jinoyat sodir
qilgani sud hukmi bilan o‘z tasdig‘ini topganligi sababli, ma’naviy zararni 300.000
so‘m deb baholab, uni javobgar (F.I.O.)dan da’vogar (F.I.O.)ning foydasiga undirishni
lozim topadi.
Sud da’vo talablarini qanoatlantirish bilan bir qatorda, FPKning 120-moddasi
talablari asosida javobgar (F.I.O.)dan davlat foydasiga moddiy zararni undirish
haqidagi talab yuzasidan 2.165.000 so‘m, ma’naviy zararni undirish haqidagi talab
yuzasidan 39800 so‘m -- jami 2.204.800 so‘m davlat boji undirishni lozim deb topadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, FKning 985-, 1021-1022-moddalari va FPKning
60-, 120-, 174-, 203–206-moddalariga asosan, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |