Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet555/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   551   552   553   554   555   556   557   558   ...   790
Bog'liq
9-1

 

 

 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

318 


 

Davlat boshqaruvi organlarining xulosasi namunasi 

 

Toshkent shahar Shayhontohur tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini 

metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi 

 

2014-yil 25-avgust   



 

 

                             Toshkent shahar  



10/600-sonli 

 

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Tinchlik ko‘chasi 12-uyda vaqtincha 



yashovchi (F.I.O.) hamda Shayxontohur tumani Navro‘z ko‘chasi 14-uyda vaqtincha 

yashovchi fuqaro (F.I.O.)larning yashash sharoitlarini o‘rganish yuzasidan tuzilgan 

dalolatnoma va xulosa 

 

Toshkent  shahar  Shayhontohur  tumani  Xalq  ta’limi  muassasalari  faoliyati 



metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha 

mutaxassisi (F.I.O.) tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo 

sudining ajrimiga asosan, Shayxontohur tumani Tinchlik ko‘chasi 12-uyda vaqtincha 

yashovchi (F.I.O.) hamda Shayxontohur tumani Navro‘z ko‘chasi 14-uyda vaqtincha 

yashovchi  fuqaro  (F.I.O.)larning  yashash  sharoitlari  o‘rganildi  va  quyidagilar 

aniqlandi: 

(F.I.O.)  kelinoyisining  nomiga  rasmiylashtirilgan  3  sotixli  5  xonali  xonadonda 

kelinoyisi, uning turmush o‘rtog‘i va bir nafar voyaga yetmagan farzandi (F.I.O.) bilan 

birgalikda  istiqomat  qiladi.  Turmush  o‘rtog‘i  bilan  nikohdan  ajrashmoqchi  bo‘lib 

sudga da’vo arizasi berganligini, uning da’vo arizasi rad etilganligini, o‘rtalarida ikki 

nafar farzandi borligini katta farzandi voyaga yetmagan (F.I.O.)ni oxirgi bir yil ichida 

umuman  ko‘rsatishmaganligini,  shu  sababli  suddan  bolalarini  o‘zining  yashash  joyi 

bo‘yicha belgilashini suddan so‘raganligini ma’lum qildi. Hozirda u restoranda idish 

yuvuvchi  bo‘lib  ishlab  kelayotganligini,  uyda  bolalar  uchun  barcha  shart-sharoitlar 

mavjudligini  ta’kidladi.  Xonadon  issiq  suv,  elektr  energiyasi  va  gaz  bilan 

ta’minlangan. 

(F.I.O.)  tanishi  (F.I.O.)  nomiga  rasmiylashtirilgan  bir  xonalik  xonadonda  o‘zi, 

singlisi va bir nafar voyaga yetmagan farzandi (F.I.O.) bilan birga yashab kelmoqda. 

Xonadonda DVD apparati, muzlatgich, televizor mavjud bo‘lib, bolalar uchun boshqa 

shart-sharoitlar  yaratilgan.  Xonadon  issiq  suv,  elektr  energiyasi  va  gaz  bilan 

ta’minlangan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  75-moddasida:  “Ota-onalik  huquqi 

bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas. Bolalar manfaatlarini 

ta’minlash ota-ona g‘amxo‘rligining asosini tashkil qilishi lozim. 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

319 


 

Ota-onalik  huquqini  amalga  oshirishda  ota-ona  bolalarining  jismoniy  va  ruhiy 

sog‘lig‘iga,  axloqiy  kamolotiga  zarar  yetkazishga  haqli  emas.  Bolalarni  tarbiyalash 

usullari mensimaslik, shafqatsizlik, qo‘pollikdan, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi 

muomaladan, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan xoli bo‘lishi kerak. 

O‘z ota-onalik huquqini bolalarining huquq va manfaatlariga zid tarzda amalga 

oshirayotgan ota-ona qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 

Bolalarning  ta’lim-tarbiyasiga  taalluqli  barcha  masalalar  bolalar  manfaatidan 

kelib  chiqqan  va  ularning  fikrini  hisobga  olgan  holda,,,  ota-ona  tomonidan  o‘zaro 

kelishuv asosida hal etiladi. Agar ota-ona o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, 

ular  (ulardan  biri)  bu  kelishmovchiliklarni  hal  qilish  uchun  vasiylik  va  homiylik 

organiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir. 

Ota-ona  alohida  yashaganda  bolalarning  qayerda  yashashi  ota-onaning 

kelishuviga  binoan  belgilanadi.  Ota-ona  o‘rtasida  kelishuv  bo‘lmasa,  nizo  sud 

tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal 

etiladi.  Bunda  sud,  bolaning  ota-onadan,  aka-uka,  opa-singillaridan  qaysi  biriga 

bog‘lanib  qolganligini,  bolaning  yoshini,  ota-onasining  axloqiy  va  boshqa  shaxsiy 

fazilatlarini,  ota-onaning  har  biri  bilan  bola  o‘rtasidagi  munosabatlarni,  bolani 

tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining mashg‘ulot turi, ish 

tartibi,  moddiy  hamda  oilaviy  ahvoli  va  boshqalar)  yaratish  imkoniyatini  hisobga 

olidi”, – deb belgilangan. 

Yuqoridagi  ma’lumotlarga  asoslangan  holda,  2008-yil  15-yanvarda  tug‘ilgan 

voyaga yetmagan farzandi (F.I.O.) va 2010-yil 15-fevralda tug‘ilgan voyaga yetmagan 

farzandi (F.I.O.)larning yashash joyini belgilash to‘g‘risidagi da’vo arizasini hal etishda 

ota-onalarning  o‘rtasida  o‘zaro  nizo  borligi  sababli  ularning  yashash  joyini  belgilash 

masalasini sudga havola etishlik maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

 

Shayxontohur tumani XTMFMTTE  



bo‘limi mudiri:                                                     imzo                              (F.I.O.)  

 

Bolalarni ijtimoiy himoya  



qilish bo‘yicha mutaxassi:                                               imzo                (F.I.O.)  


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   551   552   553   554   555   556   557   558   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish