da’vogar (F.I.O.)ning javobgar Malaka oshirish markaziga nisbatan buyruqni
g‘ayriqonuniy deb topish, ishga tiklash, majburiy progul vaqti uchun ish haqi undirish
haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-4123/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib
Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha FPKning 199-moddasiga asosan quyidagi fikrlarni
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasi 2-bandiga binoan,
intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab
qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir
qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Shuningdek,
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
317
mazkur moddaning 5-bandida intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat
aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal
yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi
deb belgilangan bo‘lib, (F.I.O.)ga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilishida ushbu qonun
talablari qo‘pol ravishda buzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi MKning 111-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi
g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa
ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ
tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.
Nizoni ko‘rish vaqtida ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish yoki
xodimni boshqa ishga o‘tkazishning asosliligini isbotlab berish mas’uliyati yuklatiladi.
Mazkur holatlardan ko‘rinishicha, Malaka oshirish markazi direktorining 2014-yil
25-iyundagi 374-K sonli buyrug‘i berilgan paytda (F.I.O.) mehnatga qobiliyatsizlik
davrida bo‘lganligi sababli da’vogar bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi
talablariga zid ravishda bekor qilingan.
Ko‘rsatilgan qonun talablari va aniqlangan holatlardan kelib chiqqan holda
da’vogar (F.I.O.)ning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqni
g‘ayriqonuniy deb topish va bekor qilish, ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo talablarini
qanoatlantirishni, Malaka oshirish markazi direktorining 25-iyun 2014-yildagi 374-K-
sonli buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topishni va bekor qilishni, (F.I.O.)ni ishga tiklashni
lozim deb hisoblayman.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 112-moddasiga
ko‘ra, ishga tiklanganida ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zararni qoplash
majburiyati yuklatiladi. Zararni qoplash: majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash
shartligidan, mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga
o‘tkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar, ma’naviy
zarar uchun kompensatsiya to‘lashdan iboratdir.
Da’vogar (F.I.O.)ning ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo talablari qanoatlantirilsa,
uning majburiy progul uchun ish haqi undirish haqidagi da’vo talablarini ham
qanoatlantirish lozim deb hisoblayman.
Olmazor tumani prokurori:
imzo
(F.I.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: