FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI
11
I BОB
FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHGA OID ASOSIY
TUSHUNCHA VA ATAMALAR
(Mavzular muhimligi hamda tartibi bo‘yicha berilgan)
Da’vo arizasi – fuqaroning o‘z huquqini yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilishni so‘rab yozilgan, sudga murojaat
qilingan hujjati.
Qarshi da’vo arizasi – javobgarning o‘z huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish maqsadida, sud hal qiluv qarori chiqqunga
qadar da’vogar talablariga qarshi taqdim etadigan arizasi.
Fuqarolik ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim – sudga taqdim etilgan
ariza, da’vo arizasi, shikoyat asosida sudya tomonidan chiqariladigan
protsessual hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |