Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori – ish sirtdan ish yuritish tartibida
ko‘rilganida, sud ishda mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanib, ishda
ishtirok etuvchi shaxslarning vaj va iltimoslarini e’tiborga olib, tegishli
tartibda xabardor qilingan javobgar kelmasa ham, da’vogarning roziligi
asosida ishni ko‘rib chiqaradigan hal qiluv qarori.
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining qonuniy kuchi – agar
uning ustidan shikoyat berilmagan yoki protest keltirilmagan bo‘lsa,
apellyatsiya shikoyatini berish va protest keltirish muddati o‘tganidan keyin
qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati
berilgan yoki apellyatsiya protesti keltirilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar
u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni yuqori instansiya sudi ko‘rib chiqqanidan
keyin qonuniy kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |