FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI
9
I BОB
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining
muhim bir yo‘nalishi – yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy
xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni
tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu esa o‘z navbatida, talabalarning
nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, o‘tilayotgan
ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini yanada
oshirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimining
faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarda mustaqil protsessual
hujjatlar yaratish ko‘nikmasini hosil qilish va shu orqali sohaga oid
qonun hujjatlarini o‘zlashtirishga ko‘maklashish, olib borilayotgan
ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini yanada yuksaltirish, eng muhimi,
nazariyotchi olimlar, yetuk pedagog va soha mutaxassislari bilan
hamkorlikda, talabalar uchun zamonaviy, yangi avlod uchun
mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlari tayyorlashni taqozo etadi.
Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil
28-iyundagi
“Yuridik
kadrlar
tayyorlash
tizimini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
PQ–1990-sonli
qarorida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, “Fuqarolik
ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar” modulidan tayyorlangan
Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar nomli o‘quv
qo‘llanmasi talabalarda fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar
haqida asosiy tushuncha, ko‘nikma va bilimlar hosil qilish, protsessual
hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun yetarli tajriba orttirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mazkur qo‘llanma hozirgi
zamon talablaridan kelib chiqib, talabalar tomonidan sohaga oid
nazariya va amaliyot materiallarini tizimli ravishda va o‘z vaqtida
o‘zlashtirilishini tashkil va tahlil etishga, talabalarda mustaqil ishlash
ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual
hujjatlarning umumiy qoidalariga oid asosiy tushunchalar, ularning
turlari va mazmuni to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar, mantiqiy
(muammoli) savollar, fuqarolik sud ishlarini yuritish bosqichlariga
doir, xususan, fuqarolik ishlarini qo‘zg‘atish, ishni sudda ko‘rishga
tayyorlash, ishni sudda ko‘rish jarayonida yuritiladigan protsessual
hujjatlar, birinchi instansiya sudi tomonidan chiqariladigan ajrimlar,