Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash – fuqarolik protsessining mustaqil
bosqichi bo‘lib, fuqarolik ishlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri ko‘rib chiqish va hal
qilishni ta’minlash maqsadida, sud va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning
protsessual harakatlari majmuini o‘zida ifoda etadi.
Ishni sudda ko‘rishga tayinlash – sudya fuqarolik ishini yetarli
darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida ko‘rishga tayinlash
to‘g‘risida ajrim chiqaradi, taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga
ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida ma’lum qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |