Miqdor, kattalik. Bolaga shartli oʼlchov yordamida buyumlarning kengligini, uzunligini oʼlchash va taqqoslashni oʼrgatishni davom ettirish.
Suyuq va toʼkiluvchi jismlarni shartli oʼlchov birligi bilan oʼlchashni va oʼlchash natijasini son bilan aytishni mashq qilish.
Turli narsalar (geometrik shakllar, mevalar, sabzavotlar v.b.)ni ikki (toʼrt) teng qismlarga boʼlishni, olingan qismlarni “yarim”, “ikkidan bir qism” (“chorak”, “4 dan bir qism”) deb atashga, butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini aniqlashni oʼrgatish.
Turli narsalar (geometrik shakllar, mevalar v.b.)ni sakkizta, oʼnta teng qismlarga boʼlishni mashq qilish.
Koʼz bilan chamalab oʼlchashni rivojlantirishni davom ettirish, oʼz chamasini oʼlchov birligi bilan oʼlchab koʼrib tekshirishga oʼrgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |