MAKTABGACHA, UMUMIY O‘RTA, O‘RTA MAXSUS, PROFESSIONAL VA OLIY TA’LIM TIZIMLARIDA MATEMATIK TA’LIMNING
UZVIYLIGINI TA’MINLASH
K O N S YE P S I YA S I
MUNDARIJA
|
|
|
|
1-bob.
|
Umumiy qoidalar
|
…………………….
|
4
|
|
|
|
|
2-bob.
| Matematik ta’limning amaldagi joriy holati va mavjud muammola |
……………………….
|
6
|
|
|
|
|
3-bob.
|
Matematik ta’lim konsepsiyasining asosiy maqsadi va rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari
|
……………………….
|
10
|
|
|
|
|
1-§.
| Matematik ta’limning o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqishda uzviylikni ta’minlash |
………………………..
|
11
|
|
|
|
|
2-§.
| Matematik ta’lim tizimining moddiy-texnik ta’minotini mustahkam |
………………………..
|
13
|
|
|
|
|
3-§.
| Matematik taʼlimi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish |
……………………….
|
14
|
|
|
|
|
4-§.
| Matematik taʼlimini tashkil etishda maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim tizimlarining oʻzaro integratsiyasi |
………………………
|
16
|
|
|
|
|
5-§.
| Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish |
………………………
|
17
|
|
|
|
|
4-bob.
|
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
|
………………………
|
18
|
|
|
|
|
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarida matematika fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimining 2030-yilgacha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli Qarori, 2020-yil 7- maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli, 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” PF-5812-son Farmoni 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonlari, 2025-yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi 2020-yil 24-sentyabr kuni e’lon qilindi. Uning maqsadi fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashdan iborat. Qonundagi asosiy qismlar:
Ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim - o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tish;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta’lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
Ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga ko‘proq etibor qaratilgan:
ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;
pedagogik xodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar bo‘yicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.
Davlat ta’lim standartlari va talablari, o‘quv jarayoniga o‘quv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar tartibga solingan. O‘qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etilgan;
- Davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish – Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
Mazkur Konsepsiya maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarida matematik ta’limni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi, jumladan:
matematik ta’lim me’yoriy hujjatlarini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
matematik ta’lim bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini uzviyligini ta’minlash hamda amaliyotga tatbiq etish;
matematik ta’lim mazmuni va mohiyatini sifat jihatidan yangilash, shuningdek o‘qitishning yangi aspektdagi metodikasini ishlab chiqish, ta’lim- tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
matematik ta’lim mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan matematik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish;
matematik ta’limni tashkil etishning zamonaviy shakl, metod va vositalari asosida o‘quv modullarini ishlab chiqish;
ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bitiruvchilarni tarbiyalashning samarali metodikasini keng joriy etish;
matematik ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini ta’minlashda innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish;
matematik ta’limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini keng joriy qilishda o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash;
me’yoriy xujjatlarda nazarda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan baholash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
2-BOB. MATEMATIK TA’LIMNING AMALDAGI JORIY HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR
Hozirgi vaqtda matematik ta’limning amaldagi joriy holati va to‘plangan tajribalar tahlilidan quyidagilar ma’lum bo‘ladi.
Matematika fani insonning aqlini o‘stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o‘zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi, uning tafakkuri kengayadi. Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofimizdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda juda katta ahamiyatga egaki, matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning rivojlanishini tassavur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham matematik madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hozirgi kunda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish hamda innovatsion potensialni takomillashtirish mamlakat iqtisodiy o‘sishining eng muhim omillari hisoblanmoqda. Mazkur omillarni tadqiq yetish muammolari dunyoning ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlari uchun dolzarbdir. Shu munosabat bilan innovatsion rivojlanishning darajasini tezkor va ishonchli tahlil qilishga mo‘ljallangan baholash tizimi mavjudligi katta ahamiyatga ega. Bunday baholash tizimlari sifatida obro‘li xalqaro tashkilotlari tomonidan yaratilgan xalqaro baholash tizimlari qo‘llanilmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (inglizcha —Organisation for Economic Cooperation and Development, OECD) Xalqaro o‘quvchilarni baholash Dasturi (inglizcha - Programme for International Student Assessment, PISA) doirasida 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llay olish darajasini baholash tizimiga e’tibor qaratish lozim.
PISA xalqaro tadqiqoti tomonidan o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 3 ta asosiy yo‘nalish (o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi) bo‘yicha amalga oshirib kelinmoqda.
Bundan tashqari, ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi (IEA) tomonidan tashkil etilgan maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringini (inglizcha - Trends in Mathematics and Science Study, TIMSS) qayd etamiz. Ushbu tadqiqot 4-sinf va 8-sinf o‘quvchilarini turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlar bilimlarining darajasi va sifatini solishtirishga hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |