3. Joyda tintuv o‘tkazish tekshirilayotgan hudud (bog‘, dala
hovli, tomorqa, chorbog‘)ning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda,
hudud kvadratlar, sektorlarga bo‘linadi, ularning chegarasi bo‘lib tabiiy
sarhadlar xizmat qilishi mumkin. Har bir uchastka tergov-tezkor
guruhining bir a’zosiga biriktiriladi. Tintuv jarayonida gul ekilgan
joylar, egatlar, daraxtlar ostidagi erlar, pichan g‘aramlari, axlat uyumlari
shchuplar va metall izlagichlar bilan tekshiriladi. Qurilish materiallari va
o‘tin taxlamlari ochib ko‘riladi. Agar qidirilayotgan narsalar erga
ko‘milishi mumkin bo‘lsa, erning chopilgan qismlariga, o‘t payhon
bo‘lgan joylarga e’tiborni qaratish zarur. YAqinda asfaltlangan yoki
betonlangan, trotuar plitkasi qoplangan, shag‘al to‘kilgan joylar ham
nazardan chetda qolmasligi kerak. Ayrim hollarda xizmat itlaridan
foydalanish ham samara berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |