Tintuv o‘tkazishning taktik usullari
Tintuv o‘tkaziladigan joyga borish shunday rejalashtirilishi
zarurki, u erda tintuv qilinuvchi yoki uning balog‘atga etgan oila a’zolari
bo‘lsin. Ammo, shuning bilan birga, tintuv qilinuvchi shaxs tintuv eriga
tezkor xodimlar tomonidan tintuv boshlanishi vaqtida olib kelinishi ham
ehtimoldan xoli emas. Agarda tintuv erida tintuv qilinuvchi yoki uning
balog‘atga etgan oila a’zolari bo‘lmasa, tintuv faqat ob’ektiv sabablarga
ko‘ra ularning ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Tergovchi tintuv eriga etib kelib, tintuv qilinuvchiga tintuv
maqsadlarini e’lon qiladi hamda bu to‘g‘ridagi qarorni ko‘rsatadi.
Tintuv qilinuvchiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va bu
haqda tintuv bayonnomasiga tegishlicha qayd qiladi. Bundan tashqari,
tintuv qilinuvchiga ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyum va
hujjatlarni o‘z xohishiga ko‘ra topshirishni taklif qiladi. Agar ular tintuv
qilinuvchining o‘z xohishiga ko‘ra topshirilsa, tintuv tergovchida
hamma hujjat yoki buyumlar topshirilmaganligi haqidagi asoslar bo‘lgan
holdagina o‘tkaziladi.
Qidiruv harakatlarini amalga oshirishdan avval tergovchi tintuv
joyi bilan tanishishi, qidiruv harakatlari hajmini aniqlashi, alohida
e’tiborga molik joylarni belgilashi, ish hududini tergov guruhi xodimlari
o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashi lozim.
Tintuvning to‘g‘ri va samarali o‘tishi hamda dalillarni yo‘q qilish
249
ehtimolligining oldini olish maqsadida tintuv qilinuvchi va u bilan birga
hozir bo‘lgan shaxslar bir xonada jamlanishi mumkin, ular telefonda
gaplashishlari, tintuv tugaguncha tintuv erini tark etishlari taqiqlab
qo‘yilishi mumkin. Voyaga etmaganlar, ayniqsa, bolalar qoida tariqasida
tintuv o‘tkazilayotgan joydan chiqarib yuborilishlari lozim.
Agar tergovchi tintuv erida hozir bo‘lgan shaxs o‘zida biror narsa
yashirayotganiga asoslari bo‘lsa, u holda ushbu shaxsni shaxsiy tintuv
qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi mumkin.
Tintuv erida noma’lum shaxslar paydo bo‘lsa, ular tergovchi
tomonidan tintuv oxirigacha vaqtinchalik ushlab turilishlari mumkin.
Agar ushbu shaxslar tintuv eriga o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun
kelgan bo‘lsalar (shifokor, pochta xodimi, santexnik va boshqalar),
ularning shaxsi, kelish maqsadlari aniqlanishi zarur. Ularning kelish
maqsadlari tintuv qilinuvchining jinoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasa,
tergovchi ularga javob berib yuborishi kerak. Zaruriy hollarda ular tintuv
faktini sir saqlash to‘g‘risida ogohlantiriladilar.
Tintuvni amalga oshirish muntazamlik va sinchkovlikni talab
qiladi. Tergovchi yoki boshqa tintuv ishtirokchisi biror-bir predmetni tez
ko‘zdan kechirib, uni qiziqtirgan boshqa ob’ektga o‘tishiga yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Albatta, qidiriladigan ob’ektlar jismoniy va boshqa
xususiyatlariga ko‘ra berkitilishi mumkin bo‘lmagan predmetlarni
sinchkovlik bilan tekshirish ehtiyoji yo‘q. Tintuv eridagi hamma boshqa
predmetlar har tomonlama o‘rganilishi lozim.
Predmet va hujjatlarni yashirin joylarda saqlashdan tashqari
jinoyatchilar tergovchining avvalambor yashirin joylarni qidirish inson
ruhiyatiga asoslanib qidirilayotgan hujjat va predmetlarni tergovchi
e’tibor bermaydi deya hammaning ko‘z o‘ngida qoldirishi mumkin
(masalan, daliliy hujjatlarni yozuv stolida boshqa qog‘ozlar bilan birga
qoldirish). Ba’zan, tintuv qilinuvchilar yashirin joy sifatida bu maqsadlar
uchun mo‘ljallanmagan predmetlarni ishlatadilar (murabboli bankalar,
tilla va qimmatbaho narsalarni saqlash, kitoblar esa, qurol-yarog‘larni
saqlash uchun va hokazo). SHuning uchun tergovchi, tintuv eridagi uy
jihozlari, kiyim, oyoq kiyim, maishiy texnika, kitoblar, bolalar
o‘yinchoqlari, idish-tovoq, oshxona jihozlari, oziq-ovqatlar va
boshqalarni diqqat bilan o‘rganishi zarur.
Imoratda, shuningdek, hovli inshootlarida, tomorqa va boshqa
joylarda tintuv o‘tkazganda tergovchi har doim bir yo‘nalish bo‘ylab
harakatlanadi, masalan, spiral bo‘yicha, soat mili bo‘yicha, narsalarni
birin-ketin tekshirib, so‘ng – xona markazi, devorlar, pol, keyin esa
250
boshqa xonaga yoki imoratga o‘tadi.
Qidiruv vaqtida tergovchi biror-bir joyda yashirin joy borligiga
asos bo‘luvchi turli xil salbiy holatlarni, izlarni e’tibordan qochirmasligi
zarur. Masalan, yam-yashil o‘tlar orasida sarg‘aygan o‘tli hudud,
tomorqadagi yangi qazilgan joy, devorning yangi gulqog‘oz
yopishtirilgan qismi, pol taxtalarining biridagi mixlarning yangi
yaltillovchi qalpog‘i va boshqalar tergovchining e’tiborini o‘ziga jalb
etishi hamda mazkur ob’ekt yoki hudud qismini sinchkovlik bilan
tekshirish uchun asos bo‘lishi zarur. Murda ko‘milgan joyni uy
hayvonlari va parrandalarning o‘zlarini besaranjom tutishlari ham
ko‘rsatishi mumkin.
Paydo bo‘lgan shubhalarni tekshirish uchun tergovchi щup yoki
boshqa ingichka predmet yordamida yumshoq mebelni, o‘rin-to‘shakni,
erni va boshqalarni tekshirib ko‘rishi mumkin. Bu narsa etarli bo‘lmagan
holatlarda murakkabroq asbob-uskunalar qo‘llaniladi: murda va mina
qidiruvchi, portativ rentgen uskunasi va boshqa qidiruv vositalari.
Zaruriyat tug‘ilganda uning ortida yashirin joy borligi taxmin
qilinayotgan to‘siq buzib tashlanishi, uy-jihoz texnikasi va agregatlar esa
qismlarga bo‘lib tashlanishi mumkin.
Agar qidiruv harakatlari davomida yopiq joylar aniqlansa,
tergovchi qulf, eshik va boshqa predmetlarni buzib, mulkka zarar
etkazilishining oldini olish maqsadida, dastlab undan yopiq joyni
ochishni so‘rashi lozim. Tergovchi tomonidan yopiq joyni ochish usuli
tintuv bayonnomasida qayd etilishi zarur.
Tintuv vaqtida topilgan bir qator bir xil predmetlar orasidan jinoiy
ishga aloqadorlarini aniqlash maqsadida sodda analitik namunalar olish
mumkin. Masalan, giyohvand moddalarni tintuv qilinuvchida mavjud
boshqa dorilardan, qon izlari va boshqa biologik izlarni ajratish uchun
tintuv erida tegishli mutaxassis tomonidan ekspress-usullarni qo‘llab,
dastlabki o‘rganishlarni o‘tkazish mumkin.
Qidiruvni amalga oshirishda tergovchi uning tasarrufidagi tintuv
qilinayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni e’tiborga olishi shart.
CHunki bu kabi ma’lumotlarning hisoboti tintuv o‘tkazishning to‘g‘ri
taktikasini tanlash va mazkur tergov harakatini samarali o‘tkazish
imkonini beradi.
Ko‘pinchalik tintuv qilinuvchilar ashyoviy dalillarni kir
kiyimlarda, bolalar buyumlarida, o‘yinchoqlarda va boshqalarda
saqlaydilar. Ba’zan ularni ayblovchi hujjatlarni tergovchining bir xil
ishni uzoq vaqt bajarishidan hosil bo‘ladigan charchoq va e’tiborini
251
susayishiga mo‘ljallab, uy kutubxonasidagi kitoblar orasiga joylaydilar.
Bu kabi vaziyatlarda tergovchining qat’iylik, keskinlik, sabotlilik kabi
fazilatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tintuv uzoq vaqt davom etganda
dam olish uchun qisqa tanaffuslar qilish tavsiya qilinadi.
Tintuv vaqtida tergovchi ba’zan tintuv qilinuvchining shaxsiy
hayotiga oid holatlar bilan to‘qnash keladi. Masalan, qidiruv vaqtida u
tintuv qilinuvchining shaxsiy yozishmalariga, shaxsiy hayotiga taalluqli
va tergov qilinayotgan hodisaga aloqasi bo‘lmagan hujjat va
predmetlariga duch kelishi mumkin. Qonun fuqarolar manfaatini
ko‘zlab, tergovchi bu kabi holatlar ovoza bo‘lmasligi uchun bor
imkoniyatlarini ishga solishini ko‘rsatadi. SHuning uchun qidiruv
harakatlari davomida tergovchi xolislar va tintuvning boshqa
ishtirokchilari e’tiborini bu narsalarga, agar ularning ishga aloqasi
bo‘lmasa, katta urg‘u berib qaratmasligi lozim. Agar bu holatlar tergov
qilinayotgan ishga aloqador bo‘lib, xolislar va tintuvning boshqa
ishtirokchilari ular bilan tanishishlari shart bo‘lsalar, tergovchi ularni bu
holatlarni ovoza qilmasliklari to‘g‘risida ogohlantirib, ulardan tilxat
olishi zarur.
SHuningdek, tintuv vaqtida ishga aloqador hujjat va predmetlardan
tashqari tintuv qilinuvchi tomonidan sodir etilgan boshqa jinoyatga
aloqador predmetlar, ro‘yxatga olinmagan qurol-yarog‘ va fuqarolik
muomalasidan chiqarilgan boshqa predmetlar ham olib qo‘yiladi.
Alohida hollarda ba’zi bir fuqarolar qaytadan tintuv qilinishlari
mumkin. Qayta tintuvga ehtiyoj, birinchi tintuv ma’lum sabablarga ko‘ra
yuzaki o‘tkazilgan bo‘lsa yoki tergov davomida, tintuv qilinuvchida
uning jinoiy faoliyatining aniqlangan yangi epizodlariga taalluqli
predmetlar borligi haqidagi yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgan bo‘lsa
yuzaga keladi. Bundan tashqari, avval tintuv qilingan shaxs turar joyiga
tergovchi endi e’tibor bermaydi deb hisoblab, birinchi tintuvda topilishi
va aniqlanishi lozim bo‘lgan ob’ektlarni o‘z turar joyiga olib kelishi kabi
hollar ham qayta tintuvga asos bo‘lishi mumkin.
SHaxsiy tintuv, tintuvning boshqa turlari kabi prokuror sanksiyasi
bilan tergovchining asoslangan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
SHaxsiy tintuv faqat bir jinsdagi shaxs tomonidan ushbu jinsdagi
xolislar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun alohida xona
ajratiladi va undan begonalar chiqarib yuboriladi. Iloji bo‘lsa, tintuv
qilinuvchi tintuv vaqtida qarshilik ko‘rsatmasligi uchun tintuv ikki
xodim tomonidan amalga oshirilishi ma’qul. Tintuv qilinuvchining
avvalo cho‘ntaklari tekshiriladi, quroli olib qo‘yiladi, shuningdek,
252
qarshilik ko‘rsatishi uchun qo‘l keladigan har qanday predmetlar olib
qo‘yiladi. CHo‘ntaklar, sumkalar va tintuv qilinuvchining boshqa
buyumlari e’tibor bilan tekshiriladi. Agar shaxsiy tintuvni o‘tkazish
inson tanasini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lsa, tintuv o‘tkazish uchun
shifokorni taklif qilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |