247
jinoyatchilar pul, boyliklar, hujjatlar, qurolni yashirish uchun
xufyadonlar yasaydilar va ba’zan ularni kutilmagan joylarga
o‘rnatadilar. Ularni topish va ochish qo‘shimcha qiyinchiliklar
tug‘diradi.
Xufyadonlar amalda har qanday joyda bo‘lishi mumkin. Pol ostida
ular odatda devorlar yaqinida yoki mebel, gilam, poyandoz tagida
bo‘ladi. Xufyadon mebel predmetlarida tashkil etilgan bo‘lishi mumkin,
shu sababli tintuv paytida ularning ham ochiq, ham yashirin qismlarini
tekshirish zarur. Mayda yassi narsalarni qidirayotganda kitoblar,
albomlar, jurnallarni ayniqsa sinchiklab tekshirish tavsiya etiladi. Ularni
qoqish, varaqlash, muqovalarning qalinligini o‘lchash, ularning holatini
tekshirishga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: