282
So‘roqning
birinchi qismida ayblanuvchining shaxsini aniqlash,
tergov jarayonida unga nisbatan qo‘llanadigan ehtiyot choralarini
tanlashga va turli hodisa-holatlarning oldini olishga yordam beradi.
Agar ayblanuvchi ochiqda bo‘lsa, uning hujjatlari tekshirilib
shaxsiga tegishli ma’lumotlari yuzasidan so‘roq qilinib, hujjatlardagi
ma’lumotlarga solishtirish zarur. Qamoqda bo‘lgan ayblanuvchi uning
shaxsiy hujjatlari jinoyat ishida bo‘ladi va tergovchi ularni oldindan
tekshirib chiqishga imkoni bor.
Anketa ma’lumotlari aniqlangandan so‘ng tergovchi ayblanuvchini
aybini e’lon qilish qarori bilan tanishtiradi va zarur bo‘lsa, aybining
mohiyati tushuntiriladi. SHuningdek, protsessual qonunga binoan
ayblanuvchining protsessual huquqlari ham tushuntiriladi.
So‘roqning ikkinchi qismi ayblanuvchining tushuntirishini
eshitishdir. Bu qismda quyidagi taktik qoidalar nazarda tutilishi darkor.
1) ayblanuvchining qanday bo‘lmasin sodir qilingan jinoyatga
iqror bo‘lishiga majbur qilmaslik lozim, aks holda u sudda aytgan
so‘zidan bosh tortadi va dastlabki tergovda uni majbur qilganliklarini
aytadi, natijada jinoyatni isbotlash qiyinlashadi va ish qayta tergovga
yuboriladi.
2) ayblanuvchining so‘zini savollar bilan yoki luqma tashlash bilan
bo‘lmasdan, uning ko‘rsatuvini oxirigacha tinglash zarur. Garchi
ayblanuvchi yolg‘on ko‘rsatuv berayotganligi sezilsa ham, unga so‘zini
oxirigacha etkazishga imkon berilmog‘i lozim. Ammo ayblanuvchi
ataylab jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan narsalar yuzasidan ma’lumot
bersa, tergovchi uni ishga tegishli bo‘lgan faktlar yuzasidan so‘zlashga
chorlashi zarur.
3) jinoyat ishi murakkab, bir necha epizoddan iborat bo‘lsa, so‘roq
har bir epizod yuzasidan alohida olib borilishi lozim. Bir epizod
yoritilgandan so‘ng ayblanuvchiga savol berib javobini eshitib, so‘ngra
ikkinchi epizod yuzasidan so‘roqqa o‘tish lozim.
283
So‘roqning
uchinchi qismi ayblanuvchiga savol berib, uning
javobini olish. Bu eng murakkab va mas’uliyatli masaladir. So‘roqning
bu bosqichi tergovchidan uning mutaxassislik mohiyatini, ilg‘or
tajribasini va boshqa ijobiy xususiyatlarini amalga oshirishini talab
qiladi.
So‘roq vaqtida ishlatiladigan dalillar tekshirilgan, aniqlangan va
ishonchli bo‘lishi lozim. Tergovchi o‘z ixtiyorida bor dalillarni
hammasini ayblanuvchiga ko‘rsatishi yoki bildirishi zarur emas, yolg‘on
so‘zlayotgan ayblanuvchining ko‘rsatuvini qanchalik haqiqatdan uzoq
ekanligini isbotlovchi faktlar, dalillarning har birini o‘z o‘rnida keltirib,
ayblanuvchini to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga majbur qilishi lozim.
Ba’zi ayblanuvchilar avvaldan so‘roq vaqtida gapiradigan
mavzularini o‘ylab tayyorlab qo‘yadi. Tergovchi savol-javob qilish
bosqichida unga kutilmagan savolni berib, ish bo‘yicha aniqlangan
ma’lum voqeani qanday tushuntirishini so‘raganda, ayblanuvchi darhol
javob berishga qiynalib qoladi va haqiqatni so‘zlashdan boshqa iloj
yo‘qligini anglaydi. Ba’zida, jinoyat ishining xarakteriga qarab
ayblanuvchining ruhiy xususiyatini nazarda tutib jinoyat hodisasi
qanday ro‘y bergan, nimalar topilgan, jinoyatning asosiy holatlari qay
yo‘sinda yuz berganligini ayblanuvchiga aytib berish mumkin, bu holda
so‘roq qilinuvchi tergovga hamma holat-vaziyatlar ma’lum ekanligiga
iqror bo‘lib, to‘g‘ri ma’lumot berishdan boshqa iloj yo‘qligiga ishonch
hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: