Nizoli vaziyatda so‘roq qilinuvchiga bor gapini aytishi uchun
imkon berish va ayni vaqtda u bilan psixologik aloqa o‘rnatishga harakat
qilish, uning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish, tergovni qiziqtirayotgan
barcha holatlar bo‘yicha mumkin qadar to‘liq ko‘rsatuvlar olish lozim.
Bunday vaziyat gumon qilinuvchini birinchi marta so‘roq qilishga xos
bo‘lib, bunda u sodir etilgan jinoyatga o‘zining daxldorligini odatda rad
etadi. Tergovchi esa bu davrda gumon qilinuvchining aybdorligini uzil-
kesil tasdiqlaydigan dalillar yig‘indisiga odatda ega bo‘lmaydi. Gumon
qilinuvchi aynan o‘sha jinoyat sodir etgan odam ekanligiga uning
ishonchi komil bo‘lmaydi. SHu sababli birinchi so‘roq shu jumladan
razvedka xususiyatiga ega bo‘ladi, gumon qilinuvchining shaxsiy
xususiyatlarini, uning nuqtai nazari va dalillarini aniqlashga, u
tergovchiga xabar qilmoqchi bo‘lgan ma’lumotlarni olishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |