E’tibor qiling! So‘roq qilinuvchi bergan ma’lumotlarning
ishonchliligini tekshirish jarayonida: 1) u tergovga ma’lum
bo‘lmagan, lekin tergov qilinayotgan jinoyatni amalda sodir etgan
shaxs bilishi kerak bo‘lgan faktlar va tafsilotlarni xabar qilganini; 2)
so‘roqda xabar qilingan faktlar tergovchi qo‘lga kiritgan boshqa
dalillar bilan tasdiqlanishi yoki tasdiqlanmasligini aniqlash zarur. O’z-
o‘ziga tuhmat qilishni fosh etishda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan
joyda tekshirish, olingan ko‘rsatuvlarni boshqa dalillar bilan
sinchiklab solishtirish katta rol o‘ynashi mumkin.
278
Gumon qilinuvchiga qarama-qarshi ruhiy kechinmalar xos
ekanligini hisobga olish lozim. Bir tomondan, u tergov o‘zining
aybdorligini tasdiqlovchi dalillarga ega emasligini o‘ylab, qilmish uchun
jinoiy javobgarlikdan qutulib qolishga umid qiladi, boshqa tomondan
esa – ushlanganlik va qo‘qqisdan so‘roqqa chaqirilganlik uning jinoyat
fosh etilmay qolishiga bo‘lgan umidlarini chippakka chiqaradi, qilmish
uchun javobgarlik va jazoning muqarrar ekanligi haqidagi o‘ylarini
junbushga keltiradi. Bu ruhiy kechinmalar gumon qilinuvchi yuzaga
kelgan vaziyatga to‘g‘ri baho berishini qiyinlashtiradi, u noto‘g‘ri
qarorlar qabul qilishiga olib keladi va tergovchi bundan foydalanishi
lozim.
Gumon qilinuvchini so‘roq qilish taktikasi ehtiyotkorlikka
asoslanishi lozim, chunki mazkur sub’ektga nisbatan gumon favqulodda
vaziyat, tuhmat, yanglishish yoki xato qilish natijasida yuzaga kelgan
bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ushlanganlik va qamoqqa olinganlikning
o‘ziyoq irodasi bo‘sh, ta’sirchan odamni, hatto u qilmishda aybdor
bo‘lmasa ham, o‘z-o‘ziga tuhmat qilishga olib kelishi mumkin. SHu
sababli so‘roq qilinuvchining tergov qilinayotgan jinoyatga daxldorligini
sinchiklab tekshirish, undan faqat jinoyatni shaxsan sodir etgan
odamgina biladigan ma’lumotlarni olish juda muhimdir.
So‘roq qilinuvchining tergov qilinayotgan qilmishga daxldorligidan
u ma’lum faktlarni (masalan, jabrlanuvchi bilan tanishligini)
yashirayotgani, shuningdek u sodir etilgan jinoyat holatlaridan xabardor
ekanligiga ishora qiluvchi (masalan, jabrlanuvchining alohida belgilari
to‘g‘risidagi) ma’lumotlarni beixtiyor xabar qilgani dalolat berishi
mumkin.
Gumon qilinuvchilarni so‘roq qilish jarayonida ular ba’zan alibiga
havola qiladilar. Bunday alibi tekshirilishi lozim. Atroflicha so‘roq
qilish gumon qilinuvchi u tergov qilinayotgan jinoyatni sodir etgan
bo‘lishi mumkin emasligini bildirayotib ko‘rsatgan vaqtda muayyan
joyda bo‘lishga yo‘ldosh holatlar va tafsilotlarni bilmasligini namoyish
etishi mumkin. Masalan, ko‘rsatilgan vaqtda mazkur kinoxonada boshqa
film namoyish etilgani, diskotekada go‘yoki u erda bo‘lgan so‘roq
qilinuvchi bilmaydigan favqulodda hodisa sodir bo‘lgani aniqlanadi.
So‘roq qilish jarayonida gumon qilinuvchining jinoyat sodir
etilgandan keyingi harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ham
foydalanish zarur. Masalan, ayrim jinoyatchilar o‘zlari ushlangunga
qadar tergov jarayoni va uning natijalariga qiziqish bildiradilar, hodisa
sodir bo‘lgan joyda nima topilganini surishtiradilar, jabrlanuvchi
279
sog‘lig‘ining holatini aniqlashga harakat qiladilar va h.k. Boshqa
hollarda
mazkur
sub’ektning yuz bergan voqeaga nisbatan
namoyishkorona befarqligi atrofdagilar ko‘ziga yaqqol tashlanadi yoki u
aybsiz jazoga tortilishi mumkinligi haqida gapirib tahlikaga tushadi.
So‘roq qilish jarayonida dalillarni ko‘rsatish va gumon qilinuvchini
uning sodir etilgan jinoyat xususidagi ruhiy iztiroblarini kuchaytiradigan
usullarni qo‘llashdan uyg‘unlikda foydalanish maqsadga muvofiq.
Qilmish va uning og‘ir oqibatlari ta’sirida gumon qilinuvchining vijdon
azobini kuchaytirish, javobgarlikni engillashtiradigan holatlarni unga
tushuntirish orqali so‘roq qilinuvchi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishiga
erishish mumkin.
Ayblanuvchini so‘roq qilish tergovchi ayblov e’lon qilish va so‘roq
qilinuvchi jinoyatni sodir etishda aybdorligini fosh qilish uchun etarli
dalillarga ega bo‘lganda o‘tkaziladi. To‘plangan dalillar tizimida
bo‘shliqlar va ziddiyatlar mavjud bo‘lgan holda tergovchining ahvoli
og‘irlashadi. Bu holda so‘roqni avval dalillarni ko‘rsatmasdan o‘tkazish,
mazmuni sodir etilgan jinoyat holatlari va tafsilotlarini tergovchi
bilishidan dalolat beruvchi savollarni qo‘yish taktik jihatdan to‘g‘ri
bo‘ladi. Bunday xabardorlik hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoit tahlili,
shohidlar, jabrlanuvchilar, guvohlarning ko‘rsatuvlariga, shuningdek
ayblanuvchining jinoyat sodir etilishidan oldingi va keyingi xulq-atvori
xususiyatlarini tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslanadi.
So‘roq qilish jarayonida ayrim dalillarning ta’sirlantiradigan
kuchidan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda ular
shunday ko‘rsatilishi lozimki, so‘roq qilinuvchida tergovchi uning
barcha xatti-harakatlaridan xabardor ekanligiga, aybi uzil-kesil fosh
qilinishi muqarrar ekanligiga ishonch paydo bo‘lishi lozim.
Jinoyatchilarga ko‘pincha aybini qisman bo‘yniga olish yoki
mutlaqo iqror bo‘lmasdan jinoiy javobgarlikdan qutilishga harakat qilish
xosdir. Tergovchining vazifasi har bir ayblanuvchining ruhiy
xususiyatiga mos holda taktik usullarni qo‘llab, to‘g‘ri va to‘la ko‘rsatuv
olishdir.
Ayblanuvchini so‘roq qilishdan avval jinoyat ishini yana bir bor
ko‘rib chiqib, kerakli joylaridan - hujjatlaridan alohida yozma izohlar
olish lozim chunki, so‘roq vaqtida ular zarur bo‘lib qolishi mumkin.
Ayblanuvchiga qo‘yiladigan savollarni tuzishda esa ayblanuvchining
javobini va uning turli xillarini taxminan bo‘lsa ham nazarda tutgan
holda tayyorgarlik ko‘riladi.
280
Tergovchi so‘roq o‘tkazish vaqtida yuqorida ko‘rsatilgan to‘rt
holatning qaysi biri bilan to‘qnash kelganini bila olmaydi. SHuning
uchun ayblanuvchilarni so‘roq qilish paytida ikki muhim qoidani
nazarda tutishi lozim: birinchidan, ayblanuvchining aybiga iqror bo‘lish
yoki bo‘lmaslikdan qat’i nazar, uning ko‘rsatuvini tekshirish zarur va
ikkinchidan, tergovda aybini bo‘yniga olmagan ayblanuvchilarning
ko‘rsatuvi ”albatta yolg‘on bo‘ladi” degan xulosa hosil bo‘lmasligi
lozim.
So‘roq o‘tkazish ayblanuvchiga ayb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror
bilan tanishgandan so‘ng o‘tkaziladi. Jinoyat ishining xususiyatiga va
alomatlariga qarab aybini e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorida ayblash
uchun umumiy yuridik asoslarni keltirish kifoyadir, ba’zida esa dalil
manbaini ham ko‘rsatish mumkin, lekin, ayrim faktlarni, ashyoviy-
dalillarni ma’lum qilishga shoshilmaslik kerak, chunki ular so‘roqning
keyingi bosqichlarida zarur bo‘lib qoladi.
So‘roq yaxshi natijalar berishi, uni muvaffaqiyatli o‘tishi uchun
tayyorgarlik ko‘rish vaqtida tergovchi ayblanuvchining shaxsini
o‘rganishi va aniqlashi lozim.
Ayblanuvchining shaxsini belgilovchi xususiyatlar: uning xizmat
sohasi, turmushi, atrofidagi tanish-bilishlari bilan aloqasi va boshqa
tergovga kerak bo‘lgan ma’lumotlardir. Ularni tezkor harakatlar va
guvohlarni so‘roq qilish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Bu ma’lumotlar
so‘roq vaqtida ayblanuvchining yolg‘on ko‘rsatuvini ochib tashlashga
yordam beradi. So‘roq takroriy o‘tkazilganda ham tayyorgarlik
ko‘rishga to‘g‘ri keladi chunki, birinchi so‘roqdan olingan ko‘rsatuvni
Do'stlaringiz bilan baham: |